4-§. Lizing operatsiyalari bilan bog„liq risklari va ularni
boshqarishning ahamiyati
Lizing operatsiyalari boshqa bank operatsiyalari kabi riskli oper-
atsiya hisoblanadi. Lizing risklari turlari bo‗yicha ularni quyidagi
turlarga ajratish mumkin.
Marketing riski – jami jihozlarga lizingga oluvchi topa olmaslik
riski. U asosan operativ lizingga xos risk hisoblanadi. Bu riskning oldini
olishda sug‗urtalash usuli qo‗llash, shartnoma uchun ommabop jihozlar
va boshqa texnika turini ishlatish, lizing shartnomasining muddati tuga-
gandan so‗ng obyektning bozor konyunkturasini hisobga olgan holda
mavjud obyektlarni sotish choralarini ko‗rish lozim.
Baho riski - foydani yo‗qotilish riski. Bu risk lizing shartnomasi
muddatida lizing obyektining bahosi o‗zgarishi, uning arzonlashuvi na-
tijasida yuzaga keladi. Bunda lizing bo‗yicha riskning minimal darajasi
har bir lizing to‗lovini amalga oshirishda (o‗zgarmaydigan) belgilangan
summada o‗rnatish, lizing to‗lovlarining summasini shartnoma tuzila-
517
yuqorida ta‘kidlaganimizdek, sotuvchi, lizing beruvchi va lizing oluvchi
ishtirok etadi.
2. Kredit munosabatlarining obyekti, asosiy vositasi pul mablag‗lari
hisoblansa, lizingning obyekti – asosiy vosita, texnika-texnologiyalar va
boshqalar hisoblanadi.
3. Obyektga egalik huquqi bo‗yicha - kreditga sotib olingan mulkka
egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqi kredit oluvchiga
tegishli, lizingda esa lizing qiymati to‗liq to‗lanmaguncha mulk egaligi
lizing beruvchi ixtiyorida bo‗ladi, bu davrda lizing oluvchi faqatgina
ushbu obyektdan foydalanish huquqiga ega.
4. Garov ta‘minoti bo‗yicha – kredit bo‗yicha ta‘minotning qiymati
bank tomonidan belgilanadi (odatda kredit qiymatining 125 %i
hisobida), lizingda esa garov ta‘minotining qiymatini har bir lizing
kompaniyasi mustaqil ravishda o‗rnatishi mumkin.
5. Muddati bo‗yicha – kredit qisqa va uzoq muddatlarga beriladi,
lizing esa asosan uzoq muddatlarga beriladi.
6. Lizing obyekti narxi lizing beruvchi tomonidan to‗liq qoplanadi,
kredit oluvchi esa kredit munosabatiga kirishishi uchun o‗z
mablag‗lariga ega bo‗lishi lozim.
7. Kreditda foizlarning to‗lanishi har oyda ma‘lum bir belgilangan
stavkada amalga oshiriladi. Lizingda har oy yoki har chorakda amalga
oshiriladi. Lizing to‗lovlari lizing oluvchining daromadiga qarab bir-
biridan farq qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |