Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Byudjetdan tashqari jamg„armalar kredit liniyalari hisobidan
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Byudjetdan tashqari jamg„armalar kredit liniyalari hisobidan
yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan dehqon xo‗jaliklariga mikrokreditlar eng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‗rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 1000 baravaridan ko‗p bo‗lmagan miqdorida beriladi. Byudjetdan tashqari jamg‗armalar mablag‗lari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun kichik biznes subyektlarini mikrokreditlash bank marjasi qo‗shib hisoblanadigan imtiyozli foiz stavkasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu mikrokreditlarga doir imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasiga nisbatan qat‘iy foizlarda belgilanadi. Ushbu mikrokreditlar uchun imtiyozli foiz stavkasi 493 AQShda qishloq xo‗jaligi sohasiga operatsion xarajatlar uchun qisqa muddatli kreditlar – chorva mollari, mineral o‗g‗itlar, urug‗lik va boshqalar uchun 1 yildan 5 yilgacha muddatga, 5-5,5 foiz bilan, texnika sotib olishga 7 yilgacha, yer sotib olishga 40 yilgacha, o‗rtacha 6-6,5 foiz stavkasi bilan ajratiladi. Uzoq muddatli kreditlashda fermerlarning moliyaviy ahvoli doimiy ravishda monitoring qilib boriladi va uning ahvolidan kelib chiqib kredit bo‗yicha foiz stavkalar qayta ko‗rib chiqiladi. Agar uning moliyaviy ahvoli yaxshilanadigan bo‗lsa, u kreditlashning odatdagi tizimiga o‗tkaziladi. AQSh va qator rivojlangan davlatlarda agrar sohani davlat tomonidan boshqarishning muhim dastagi – imtiyozli kreditlash hisoblanadi. Imtiyozli kreditlarni ajratish davlat dasturlari va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Imtiyozli kreditlashning asosiy tamoyili kreditning amaldagi foiz stavkasini yoki uning bir qismini byudjet mablag‗lari hisobidan qoplab berishdan iborat. Davlat iqtisodiyotning joriy talablaridan kelib chiqib istiqbolli tarmoqlar va ustivor yo‗nalishlar rivojlanishini rag‗batlantirnish uchun imtiyozli kreditlash mexanizmidan foydalanadi. Bunday mexanizm qishloq xo‗jaligining barcha sohalarini qamrab olishi bilan birgalikda ularning rivojlanishiga sharoit yaratadi va tarmoq rivojini rag‗batlantiradi. AQSh davlati iqtisodiy siyosatning joriy holatidan kelib chiqib imtiyozli kreditlash shartlarini o‗zgartirib boradi. Kooperativ tashkilotlar, yangi texnika, texnologiyalar, ixtirolarni qo‗llaydigan xo‗jaliklar, yosh fermerlarga juda ko‗p imtiyozlar asosida kreditlar beriladi. Bunday kreditlarni oluvchi xo‗jaliklar davlat tomonidan qo‗yilgan talablar va mezonlarga javob bera olishi lozim. Masalan, fermer xo‗jaligining faoliyat ko‗lami, qiymati, daromadlilik darajasi, imtiyozli kredit olishga talabgorning yoshi, uning kasbiy malakasi va tayyorgarligi va boshqalarga e‘tibor qaratiladi. Fermer krediti federal tizimi AQShda fermer xo‗jaliklarini kreditlashtiruvchi asosiy bo‗g‗inlardan bo‗lib qolmoqda. Qator vositachilar orqali fermerlarga kreditlar berish va boshqa moliyaviy xizmatlarni ko‗rsatish amalga oshirilmoqda. Bular: · aholi mablag‗larini depozit shaklida akkumulyasiya qiluvchi tijorat banklari; · pul bozorining bo‗sh pul fondlarini jalb qiluvchi, qishloq xo‗jalik kredit kooperatsiyalari; 492 AQShda qishloq xo‗jaligi subyektlariga kreditlar turli muddatlarga beriladi. Masalan, fermalar uchun bino-inshootlar sotib olishga 20 yilga, yem-xashaklarni saqlash joylarini olish uchun 15 yilga, texnika- texnologiyalar uchun 10 yilga, omborxonalar uchun 8 yilga kreditlar ajratiladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham AQSh banklari qishloq xo‗jaligi sub‘ektlarini kreditlash masalalariga ustuvorlik berilishi va kreditlar bo‗yicha foiz stavkalarining oshirilmaganligining sababi, qishloq xo‗jaligida iste‘mol tovarlarining asosiy qismining yaratilishida. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozigacha Amerika banklari tomonidan qishloq xo‗jaligi subyektlari, fermerlarga berilgan kreditlar bo‗yicha o‗rtacha foiz stavkalar yillik 8 foizni tashkil etgan. Qishloq xo‗jaligi subyektlari faoliyatiga inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tijorat banklari Federal rezerv tizimidan pul mablag‗larini iqtisodiyotga yo‗naltirish sharti bilan foizsiz qarzlar olib, ularning aksariyat qismini fermer xo‗jaliklari faoliyatini qo‗llab- quvvatlashga yo‗naltirdi. Shu bois, 2011-yildan boshlab kreditlar bo‗yicha foiz stavkalari 4 foizni tashkil qilmoqda. AQShda 1916-yildan boshlab qishloq xo‗jaligini kreditlashni muvofiqlashtirish masalalariga davlat siyosatining bir qismi sifatida e‘tibor berila boshlangan. Shu vaqtdan boshlab AQSh Kongressi fermerlarni kreditlar tizimining asosi bo‗lgan federal yerlar banklari tizimi (Federal Land Banks - FLBs)ni tashkil etgan.1923-yildan boshlab o‗rta muddatli kreditlash bo‗yicha federal banklar tashkil etilgan.1933- yilda qishloq xo‗jaligi kooperativlarini kreditlash sohasida banklar tashkil etilgan. Qishloq xo‗jalik sohasiga davlatning aralashuvi past foizlarda kreditlar berish yoki fermerlar faoliyatini rivojlantirishga grantlar ajratishda namoyon bo‗lgan. AQSh Qishloq xo‗jaligi vazirligi tarkibida tashkil etilgan Fermerlar faoliyati bo‗yicha ma‘muriyat (FFM) va Tovar- kredit kooperatsiyasi qishloq xo‗jaligiga kreditlar ajratuvchi nobank tashkilot bo‗lib, kredit olish imkoniyatiga ega bo‗lmagan, faoliyatini endi boshlagan, moliyaviy ahvoli nobarqaror bo‗lgan fermerlarga kreditlar berish bilan shug‗ullanadi. Fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun maqsadli dasturlarga kongress har yili fermerlar oladigan kreditlarning 8-10 foizi miqdorida resurslar ajratadi. Kreditlar fermerlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta‘minlashga, ko‗p bolali oilalarni qo‗llab-quvvatlashga, qishloq joylarida uy-joylar qurishga, fermerlarning ba‘zi majburiyatlarini to‗lashga yo‗naltiriladi. 485 kreditlanayotgan investitsiya loyihalarining yo‗nalishidan kelib chiqqan holda quyidagi miqdorlarda belgilanadi: - dehqon va fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo‗jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan dehqon xo‗jaliklariga eng kam oylik ish haqining 200 baravariga va yuridik shaxs maqomiga ega dehqon va fermer xo‗jaliklariga eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorida, Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi (bugungi kunda yillik 4,67 foiz) bilan 3 yilgacha bo‗lgan muddatga; - mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan hamda mikrofirma va kichik korxonalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdorida, qayta moliyalash stavkasining 40 foizi (bugungi kunda yillik 5,6 foiz) bilan 3 yilgacha bo‗lgan muddatga; - xizmatlar ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga, jumladan, aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik- ekskursiya va mehmonxona xizmati ko‗rsatish, avtomobillar va boshqa texnika ta‘miri bo‗yicha xizmat ko‗rsatish, transport xizmati ko‗rsatishni rivojlantirish uchun eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan, mikrofirma va kichik korxonalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan ko‗p bo‗lmagan miqdorda, Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi, 3 yilgacha bo‗lgan muddatga ajratiladi. - byudjetdan tashqari jamg‗armalar kredit liniyalari hisobidan berilayotgan ushbu mikrokreditlar bo‗yicha bank marjasi imtiyozli foiz stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. - yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‗jaliklariga eng kam ish haqining 200 baravaridan ko‗p bo‗lmagan miqdorda beriladigan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga berishga ruxsat etiladi. - yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan dehqon xo‗jaliklari va fermer xo‗jaliklariga qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va 486 rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 1000 baravari miqdorigacha milliy valyutada ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga faqat chorva mollari, parranda, ko‗chat, urug‗lik va yem-xashakni aholidan sotib olish uchun berilishiga ruxsat etiladi. Naqd pul bilan berilgan mikrokreditlarni qaytarish va ularning naqd pulda berilgan qismiga hisoblangan foizlar to‗lovi faqat naqd pulda amalga oshiriladi. - bunda sanoat yo‗li bilan qayta ishlash asosida tayyorlangan chorva ozuqalarini sotib olish uchun mikrokredit hisobidan naqd pul berilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. - kichik biznesning boshqa subyektlariga mikrokreditlar naqd pulsiz shaklda beriladi. Imtiyozli kreditlash jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan dehqon va fermer xo‗jaliklarini Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan (yillik 7 foiz) yuqori bo‗lmagan foiz stavkasi bilan: - xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma mablag‗larni to‗ldirishga 1 yil muddatgacha; - qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‗larni to‗ldirishga kamida 2 yil muddatga; - investitsiya loyihalarini mablag‗ bilan ta‘minlash uchun 5 yil muddatga ajratiladi. Kredit ta‘minlanganlik sharti asosida - mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi, bank yoki sug‗urta tashkilotining kafolati, uchinchi shaxslar kafilligi, qarz oluvchining kreditni so‗ndirmasligi xavfi sug‗urtalangani to‗g‗risida sug‗urta kompaniyasining sug‗urta polisi va boshqa qonunchilik hujjatlarida ko‗zda tutilgan ta‘minot turlari garovi ostida beriladi. Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar qaytarilishini ta‘minlash sifatida kredit shartnomasi bo‗yicha sotib olinadigan mini- texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar ular qiymatining 80 foizi miqdorida garov uchun qabul qilinishi mumkin. Imtiyozli kreditning mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar garovi bilan qoplanmagan qismi uchun qarz oluvchi ta‘minlashning yuqorida keltirilgan turlaridan foydalanishi mumkin. 491 to‗g‗ri va maqsadli ishlatilishi ustidan fermer xo‗jaliklariga borib, ko‗zdan kechirish orqali nazorat olib boradilar. Banklar tomonidan fermerlar, ayniqsa, yangi faoliyat boshlayotgan fermerlar uchun o‗quvlar maslahat xizmatlari tashkil etiladi. AQShda qishloq xo‗jaligini kreditlashga jamiyat rivojlanishiga hissa qo‗shish tariqasida qaraladi, chunki agrobiznesning rivojlanishi kichik shahar va hududlar infratuzilmasining rivojlanishiga, agrofirmalar, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning paydo bo‗lishiga olib keladi. AQShda banklar tomonidan qishloq xo‗jaligi subyektlariga berilgan kreditlar bo‗yicha muddati o‗tgan kreditlar salmog‗i 0,5 foizni tashkil qiladi. Amerika banklaridan kredit olish uchun fermer bankka quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim: - federal soliqni to‗laganligini tasdiqlovchi hujjat va biznes reja; - sotib olinayotgan texnika yoki mulk bo‗yicha boshlang‗ich badal. Boshlang‗ich badal miqdori olinayotgan kredit summasi va maqsadiga bog‗liq (masalan, ko‗chmas mulk uchun 20 %, qora mollar uchun 25 % ni tashkil etadi) ; - kredit tarixi; - daromadlari to‗g‗risida deklaratsiya; - ta‘minotning mavjudligi v.b. - taqdim qilingan hujjatlar asosida banklar mijozlarning moliyaviy holatini, ularning kreditga va to‗lovga layoqatliligini tekshirib chiq- qandan keyin mijoz bilan kredit shartnomasi imzolanadi. AQSh shtatlari va okruglarida banklar va ularning assotsiatsiyalari oborotdagi bo‗sh mablag‗larni 3-5 foiz stavkada jalb qilib, 6-9 foiz bilan kreditlashga yo‗naltiradi. AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarda kredit tashkilotlari qishloq xo‗jaligi sohasiga o‗zgarmas va o‗zgaruvchan foiz stavkalarda, o‗zgaruvchan foiz stavka o‗zgarmas muddat bo‗yicha yoki aralash foiz stavka (o‗zgaruvchan va o‗zgarmas)da kreditlar ajratadi. Kreditlarni o‗zgarmas foiz stavkalarida taqdim etganda, kredit bo‗yicha foiz stavkalariga inflyatsiya darajasi va boshqa omillar ta‘sir ko‗rsatmaydi. O‗zgaruvchan foiz stavkada beriladigan kreditlar bo‗yicha foiz stavkasi moliya bozorining holatidan kelib chiqib o‗zgarishi mumkin. Odatda, uzoq muddatli kreditlar bo‗yicha o‗zgaruvchan foiz stavkalar o‗rnatiladi. Kredit va uning foiziga oid munosabatlar qishloq xo‗jaligi korxonasi va kredit tashkiloti o‗rtasida tuzilgan shartnomada aks ettiriladi. 490 asosan mikrokredit shartnomada ko‗rsatilgan summada pul o‗tkazish yo‗li bilan yoki naqd pul berish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Shaxsiy yordamchi xo‗jaligi yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan mikrokreditlar va ularga hisoblangan foizlar bank kassasiga naqd pul topshirish yoki qarz oluvchining omonat hisob varag‗idan pul o‗tkazib berish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Dehqon xo‗jaligi mikrokreditning naqd pulda olingan qismi va unga hisoblangan foizlar to‗lovini bank kassasiga naqd pul topshirish yo‗li bilan amalga oshiradi. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchining mikrokreditdan samarali hamda maqsadli foydalanayotganligi monitoring qilib boriladi. Agarda farz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditlar maqsadsiz ishlatilgan yoki shartnoma shartlaridan chetga chiqishlar aniqlansa bank tomonidan maqsadsiz ishlatilgan kredit summasi va u bo‗yicha foizlar muddatidan oldin undirib olinadi. Bunda, birinchi navbatda, mikrokreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi. Qarz oluvchi mikrokredit va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarmagan taqdirda bank undiruvni ta‘minotga qaratadi va belgilangan tartibda kreditni undirib oladi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling