Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-§. Xorijiy mamlakatlarda qishloq
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo„jaliklarga qishloq xo„jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi
4-§. Xorijiy mamlakatlarda qishloq
xo„jaligini kreditlash tajribasi Qishloq xo‗jaligini kreditlash sohasida AQSh tajribasiga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, banklar tomonidan qishloq xo‗jalik subyektlariga turli xil kreditlar ajratiladi. Kreditlash jarayonida bank xodimlari nafaqat bank faoliyatini, balki qishloq xo‗jaligi xususiyatlarini, bu sohada maxsus marketing tayyorgarlikka ega bo‗lishi, fermer xo‗jaliklari faoliyatini, uning mavsumiylik bilan bog‗liqligini va boshqa jihatlarini har tomonlama mukammal bilishlari, muomala madaniyati yuqori bo‗lishi asosiy shartlardan hisoblanadi. Barcha banklar yalpi aktivlarining 1 foizga yaqini qishloq xo‗jaligiga ajratilgan kreditlarga to‗g‗ri kelsada, ushbu sohaga kreditlar ajratish AQSh mayda banklarining ustivor yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Kichik bank (100 mln dollardan ortiq aktivga ega bo‗lgan bank)lar tomonidan berilgan kreditlarning 50 foizdan ortig‗i qishloq xo‗jaligi kreditlari hisoblanadi. AQShda qishloq xo‗jaligini kreditlash banklar va nobank tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Banklar odatda bergan kreditlarining 487 2-§. Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo„jaliklarga qishloq xo„jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo‗jaliklarga qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish hamda ixcham issiqxonalar tashkil etish uchun mikrokreditlar beriladi. Aholi o‗z tomorqasida oila a‘zolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishi hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shug‗ullanib, oilasini daromad bmilan ta‘minlashi mumkin. Oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqishni kengaytirish va ichki bozorni to‗ldirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oilaviy xo‗jalik faoliyatini rivojlantirish, bu borada tijorat banklari imkoniyatlaridan foydalangan holda shaxsiy yordamchi xo‗jaliklar faoliyatini moliyaviy qo‗llab-quvvatlashga e‘tibor berilmoqda. Shundan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo‗jaliklarga qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish hamda ixcham issiqxonalar qurish uchun mikrokreditlar ajratmoqda. Tijorat banklarining shaxsiy yordamchi xo‗jaliklari faoliyatiga yo‗naltiriladigan kreditlari qaytarishlik, to‗lovlilik, ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun shaxsiy yordamchi xo‗jaliklariga eng kam ish haqining 100 baravarigacha bo‗lgan miqdorda mikrokreditlar ajratiladi. Mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz: mevali daraxtlar va uzum ko‗chatlari sotib olish uchun bir yillik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‗lgan muddatga; urug‗liklar, mineral o‗g‗itlar va o‗simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha bo‗lgan muddatga beriladi. Tijorat banki shaxsiy yordamchi xo‗jaliklariga ajratgan kreditlarining to‗lovlari bo‗yicha imtiyozli davrni belgilashi mumkin. Imtiyozli davr o‗rnatilgan holda berilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarzni to‗lash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davrda kredit bo‗yicha foizlar hisoblanadi va undiriladi. Bunda foizlar 488 qarz oluvchiga kredit bo‗yicha qarzdorlikning amaldagi qoldig‗iga kunlik hisoblab boriladi va har oyda bir marta undiriladi. Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‗lmagan miqdorda foiz stavkasi belgilanadi. Shaxsiy yordamchi xo‗jalik yurituvchi jismoniy shaxslarga o‗zlari istiqomat qiladigan joydagi tijorat banklari filiallaridan mikrokredit berilishi mumkin. Mikrokredit olish uchun shaxsiy yordamchi xo‗jalik yurituvchi jismoniy shaxs tijorat bankiga mikrokredit berish to‗g‗risida ariza, mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yig‗ini Kengashi raisi tomonidan imzolangan, belgilangan tartibda berilgan sanasi va raqami qayd etilgan hamda gerbli muhr bilan tasdiqlangan tavsiyanoma va mikrokredit oluvchi shaxsiy yordamchi xo‗jalik yurituvchi jismoniy shaxsda tomorqa uchastkasi mavjudligi hamda uning maydoni ko‗rsatilgan ma‘lumotnomani taqdim etadi. Mijozning kredit hujjatlari tijorat bank tomonidan 3 ish kunida ko‗rib chiqib mijozga bank kreditini ajratish yoki ajratmasligi to‗g‗risida kredit qo‗mitasining qarori qabul qilinishi lozim. Agarda mijozning kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlari yoki kredit hujjatlarida kamchiliklar mavjud bo‗lib unga mikrokredit ajratish imkoniyati mavjud bo‗lmasa, tijorat banki kredit hujjatlar ko‗rib chiqilgan kunning ertasigayoq mijozga bu haqda yozma shaklda ma‘lum qilishi shart. Tijorat banki mikrokredit berish to‗g‗risida ijobiy qaror qabul qilganda bank va qarz oluvchi o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. Kredit shartnomada kreditning summasi, muddati, kredit uchun foiz stavkasi miqdori, kreditning maqsadi, kredit ta‘minotiga oid ma‘lumotlar, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi boshqa shartlar ko‗rsatiladi. Kredit shartnomasi bilan birgalikda kreditning ta‘minoti bo‗yicha hujjatlar ham rasmiylashtiriladi. Mijozga kredit berish uchun belgilangan tartibda ssuda hisobvarag‗i ochiladi. Mikrokreditlar qarz oluvchining ssuda hisob varag‗idan uning to‗lov topshiriqnomasiga asosan, kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisob varag‗iga pul o‗tkazish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Olingan mikrokredit va u bo‗yicha foizlar shaxsiy yordamchi xo‗jalikni yurituvchi jismoniy shaxs bankka naqd pul topshirish, plastik kartochka orqali yoki bankdagi omonot hisob varag‗idan pul o‗tkazib berish yo‗li bilan amalga oshirilishi mumkin. Tijorat banki berilgan mikrokreditdan foydalanish, uning maqsadli yo‗naltirilishini, kredit foizi 489 va asosiy summasini shartnoma shartlariga asosan to‗lab borish jarayonlarini monitoring qilib boradi. Kreditdan foydalanishda va uning to‗lovlari bo‗yicha mijoz tomonidan shartnoma shartlari buzilgan hollarda, tijorat banki kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega. Tijorat banki, birinchi navbatda, mijozdan mikrokredit bo‗yicha foizlarni, keyin esa asosiy qarz summasini undirib oladi. Mijoz olgan mikrokreditini kredit shartnomada belgilangan muddatlarda qaytarmasa, bank undiruvni mikrokreditning ta‘minotiga qaratadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling