Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
 
XV BOB. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ 
XO„JALIK SUBYEKTLARINI KREDITLASH 
 
1-§. Qishloq xo„jaligi subyektlarini kreditlashni
tashkil qilish asoslari 
 
Mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektorini, jumladan, qishloq 
xo‗jaligini rivojlantirishga katta e‘tibor berib kelinmoqda. Bu borada 
qishloq xo‗jaligi korxonalari va subyektlarining moliyaviy barqaror 
faoliyatini ta‘minlashda tijorat banklari kreditlaridan foydalanish muhim 
ahamiyatga ega. O‗z navbatida, tijorat banklari qishloq xo‗jaligi sohasi 
vakillarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash va ularning ishonchli 
hamkoriga aylanishga alohida e‘tibor bermoqda. Tijorat banklari 
tomonidan mijozlarga qishloq xo‗jaligini rivojlantirish maqsadida 
quyidagi kredit turlari taklif etilmoqda: 
- uzum, meva-sabzavotchilikka hamda poliz ekinlari yetishtirishni 
ko‗paytirish maqsadida shaxsiy-yordamchi, dehqon va fermer 
xo‗jaliklariga urug‗lik, ko‗chat, mineral o‗g‗it va o‗simliklarni himoya 
qilish bo‗yicha turli vositalarni sotib olish uchun mikrokreditlar; 
- sabzavot, kartoshka, poliz, meva va uzum mahsulotlarini xarid 
qilish, saqlash, ulgurji sotish va qayta ishlashga ixtisoslashgan tayyorlov 
tashkilotlari, shu jumladan, agrofirmalarga shaxsiy yordamchi, dehqon 
va fermer xo‗jaliklari bilan tuzilgan shartnoma qiymatining 30 foizi 
miqdorida bo‗nak mablag‗lar ajratish uchun kredit; 
- hududlarda tovuqxonalar va muqobil yoqilg‗ilar asosida 
ishlaydigan issiqxonalar tashkil etishga, baliqchilik va asalarichilikni 
rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar; 
- chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‗paytirish 
maqsadida chorva mollari sonini hamda ularning mahsuldorligini 
oshirishga yo‗naltirilgan loyiha va tashabbuslarni moliyalashtirish uchun 
kreditlar; 
- qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‗yicha investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar; 
- joylarda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 
tomchilab sug‗orish texnologiyalarini joriy etishni moliyalashtirishga 
ajratiladigan kreditlar; 


482
- Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan parametrlarga 
binoan fermer va dehqon xo‗jaliklari tomonidan xo‗jalik uchun qishloq 
xo‗jaligi texnikalarini sotib olish kreditlar va qishloq xo‗jaligi 
korxonalarining ehtiyojidan kelib chiqib boshqa turdagi kreditlar 
berilitshi mumkin. Undan tashqari, tijorat banklari tomonidan qishloq 
xo‗jaligi korxonalariga meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini 
qayta ishlash bo‗yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar 
sotib olish uchun fermer xo‗jaliklariga imtiyozli kreditlar ajratiladi va 
lizing xizmatlari ko‗rsatiladi.
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‗jaliklarini kreditlashda fermer 
xo‗jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil etgan dehqon 
xo‗jaliklariga qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishini tashkil etishga oborot 
mablag‗larini to‗ldirish uchun kreditlar kamida 2 yil muddatga beriladi, 
kichik biznesning barcha subyektlariga, shu jumladan, yuridik shaxsni 
tashkil etgan fermer va dehqon xo‗jaliklariga investitsiya loyihalarini 
moliyalash uchun kreditlar to‗lash muddatini uzaytirish huquqisiz 5 
yilgacha muddatga berilishi mumkin. 
Qishloq xo‗jalik faoliyati bilan bog‗lanmagan fermer va dehqon 
xo‗jaliklarining oborot mablag‗larini to‗ldirishga berilgan boshqa 
kreditlar bo‗yicha bu muddatni uzaytirish hisobga olingan holda ulardan 
foydalanishning eng ko‗p muddati 12 oy qilib belgilanadi. 
Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo‗ljallangan 
aylanma mablag‗larni to‗ldirish uchun dehqon va fermer xo‗jaliklariga 
berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish 
muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 30 oydan oshishi mumkin 
emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon 
xo‗jaliklarining qishloq xo‗jaligi faoliyati bilan bog‗liq bo‗lmagan 
aylanma mablag‗lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo‗yicha ulardan 
foydalanish muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan 
holda, 12 oy etib belgilanadi. Imtiyozli kreditlar berish jamg‗armasi 
mablag‗lari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot yetishtirish 
(tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan 
bog‗liq bo‗lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va 
quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 
rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi: 
a) ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va 
rekonstruktsiya qilish; 
b) mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug‗lik, mol 
va parrandalar sotib olish; 
495
bo‗yicha foiz stavkalari moliya bozorlaridagi foiz stavkalardan juda past 
miqdorda bo‗ladi. Bunday kreditlar olish uchun: 
- fermer moliyaviy holati to‗g‗risida to‗liq va ishonchli ma‘lumot 
taqdim etishi; 
- olinadigan kredit va u bo‗yicha foizlarni shartnomada kelishilgan 
muddatda va summada qaytarib to‗lashi mumkinligini asoslashi lozim. 
61-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling