502
- moliyalashtiriladigan va moliyalashtirilmaydigan;
- ichki (domestic factoring) va xalqaro faktoring (international
factoring) va boshqalar.
Bank ishi rivojlanishning ilk davrlarida faktoringning 2 ko‗rinishi
shakllangan. Bular
ochiq yoki konventsion (disclosed faktoring) va
yopiq, cheklangan (undisclosed faktoring) faktoringlardir. Tarixan,
birinchi marta ochiq faktoring vujudga kelgan.
Zamonaviy sharoitlarda ochiq faktoring mijozlarga moliyaviy
xizmat
ko‗rsatishning
mukammal
shakli
hisoblanadi
.
Ochiq
faktoringda debitor, ya‘ni MYB (tovar hujjatlarida ko‗rsatish orqali)
to‗lovni amalga oshirishda bank-faktor qatnashishi to‗g‗risida MSOni
ogohlantiradi va tovar pulini undirishga oid barcha hujjatlar (debitor
qarz hujjatlari) bankka ishlab berish uchun topshiradi.
Yopiq
faktoringda hisob-kitoblarda
bank ishtirok etishi, debitorning bank
bilan faktoring xizmat ko‗rsatish to‗g‗risida shartnomasi mavjudligi, mol
yetkazib beruvchining to‗lov hujjatlari
faktoring kompaniyasiga
o‗tkazilishi to‗g‗risida MSOga xabar berilmaydi. MSO olgan tovar va
xizmatlar uchun to‗lovlarni MYBning hisob varag‗iga amalga
oshiraveradi. MYB esa jo‗natilgan tovar va xizmatlari uchun kelib
tushgan to‗lovlarni bank yoki faktor hisobiga olgan kreditini to‗lash
uchun o‗tkazib boradi. Faktoringning
bu turi bank uchun xatarli
hisoblanadi. Chunki mol sotib oluvchining ma‘lum sabablar bilan
to‗lovni o‗z vaqtida amalga oshirmasligi bilan bog‗liq
risk bankning
zimmasiga tushadi. Yopiq faktoringning risklilik darajasi yuqori
bo‗lganligi uchun uning narxi ochiq faktoringga nisbatan yuqori bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: