Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Moliyalashtiriladigan faktoringda mijoz, ya‘ni MYB MSOdan 
muddati kelganda, olishi lozim bo‗lgan to‗lovlarni undirish huquqini 
bank (faktor)ga beradi. Faktoringning moliyalashtiriladigan turida 
faktoring kompaniyasi oldindan to‗lash sharti bilan yuklab jo‗natilgan 
tovarlar, ba‘zi hollarda hali jo‗natilmagan tovarlar bo‗yicha tomonlar 
o‗rtasida tuzilgan shartnoma asosida MYBning tovar hujjatlari 
qiymatining 60–70 foizini tezlik bilan to‗lash sharti asosida mijozdan 
tovar hujjatlari (schyot-fakturalar)ni sotib oladi. Ayrim hollarda MYB 
yuborgan tovarlari yoki ko‗rsatgan xizmatlari qiymatining 80–90 %ini 
bankdan oladi, ya‘ni bank o‗z mijozining tovar va xizmatlar bo‗yicha 
debitor qarzini to‗lab berish yo‗li bilan uning faoliyatini yuritishga 
kredit beradi. Jo‗natilgan tovar yoki xizmatlar qiymatining 10–20 %i 
mijozga MSOdan mablag‗ undirilgandan keyin, komission to‗lovlar va 
foizlarni chegirgan holda to‗lab berilishi mumkin. Xalqaro amaliyotda 
bunday operatsiya uchun faktor – vositachi, odatda, shartnoma 
summasidan 0,75 %dan 3 %gacha komission to‗lov va MYB bergan 
krediti uchun foiz stavkasini undirib oladi. Kredit MYB tovar 
hujjatlarini bankka bergan kunidan to bank tomonidan MSOdan pul 
mablag‗larini undirib olgungacha bo‗lgan muddatga beriladi va xalqaro 
amaliyotda bu kreditning foiz stavkasi hisob stavkasidan 1–2 punktga 
yuqori bo‗lishi mumkin.
Moliyalashtirilmaydigan 
faktoring 
bank-faktor 
tomonidan 
MYBning 
debitor 
qarzdorligini 
inkassatsiya 
qilishdan 
iborat. 
Faktoringning bu turida MYB jo‗natilgan tovarlarning hujjatlarini bank-
faktor orqali MSOga yetkazadi. Bank o‗z navbati MYB va MSO 
o‗rtasida tuzilgan, xo‗jalik shartnomasida ko‗rsatilgan muddatlarda va 
summada MSOdan mablag‗ni MYB hisobiga undirish vazifasini 
bajaradi. Bunda bank MYBga undan sotib olgan tovar hujjatlarini 
ma‘lum bir sanalarda to‗lab berish bo‗yicha majburiyat olishi mumkin. 
Agar mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi, shuningdek, 
faktoring kompaniyasi bir mamlakat hududida joylashgan bo‗lsa, 
bunday faktoring ichki faktoring (domestic factoring) deyiladi. 
Eksportyor va importyor va bank yoki faktor turli mamlakatlarda bo‗lib,
mamlakatlararo faktoring munosabatlari yuzaga kelsa, bu xalqaro 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling