Regress huquqi bilan faktoring (recourse factoring)da bank yoki
faktoring kompaniya o‗z mijozining debitor qarzini regress huquqi bilan
sotib olish bo‗yicha shartnoma tuzadi. Buning mohiyati shundaki, agar
bank (faktor) mol sotib oluvchidan tovar hujjatlari bo‗yicha to‗lovni
undira olmasa, u mol yetkazib beruvchiga bank to‗lab bergan mablag‗
(qarz)ni qaytarib bankka to‗lash to‗g‗risida talabnoma qo‗yishi
to‗g‗risida kelishib oladi. Faktoringning bu turi bank riskini kamaytirishi
bilan bir qatorda mol yetkazib beruvchi faoliyatida yuzaga keluvchi
kredit riskni oshiradi. Regress huquqisiz faktoring (non recourse
factoring)da bunday imkoniyat bo‗lmaydi. Faktoringning bu turida mol
sotib oluvchi mol yetkazib beruvchining talablari bo‗yicha to‗lamagan
taqdirda ham barcha xarajatlarni bank qoplab berishi lozim bo‗ladi. Shu
sabab faktoringning bu turi xalqaro amaliyotda juda kam hollarda,
qachonki, mol sotib oluvchining moliyaviy holati barqaror, to‗lovga
507
Faktoring mol yetkazib beruvchi uchun foydalidir. Birinchidan, u
umumiy summaning asosiy qismini shu vaqtda oladi va o‗zining
xamkorlari, mol yetkazib beruvchilari, xodimlari bilan hisob-kitoblarni
tezkor amalga oshiradi, uning mablag‗i tejaladi, xarajatlari kamayadi.
Ikkinchidan, bank to‗lanmagan majburiyatlarni o‗zi zimmasiga olishi
bilan birga mol yetkazib beruvchining to‗lamaslik riskini ham o‗z
zimmasiga oladi. Uchinchidan, mol yetkazib beruvchi kredit riskidan
himoyalanadi. U o‗z faoliyati bo‗yicha aniq muddatlarni belgilab, o‗z
rejalarini amalga oshirishi mumkin. To‗rtinchidan, bank mijozga to‗liq
summani to‗laguncha boshqa xil xizmatlarni ham ko‗rsatadi: mijoz bank
xizmatlari bo‗yicha turli axborot, audit, sug‗urta, statistika ma‘lumotlar
va boshqalardan xabardor bo‗lish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Faktoring xizmatlari kichik biznes korxonalari faoliyatini olib
borishda qulay keladi, chunki ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati
bo‗la turib, ular mol sotib oluvchilardan mablag‗larni o‗z vaqtida ola
olmasligi oqibatida moliyaviy qiyinchiliklarga uchraydilar. Faktoring
esa mana shunday moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf qilishga zamin
yaratadi.
Ammo
barcha
mol
yetkazib
beruvchilar
ham
faktoring
operatsiyalari subyekti bo‗la olmaydilar.
Debitorlari juda ko‗p bo‗lgan subyektlar, kreditga va to‗lovga
qobiliyatsiz deb topilganda, jismoniy shaxslardan va bankning boshqa
moliyaviy talablariga javob beraolmaydigan subyektlar faktoring
operatsiyalarini o‗tkaza olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |