Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Bank kengashi – bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga 
oshiradi (aksiyadorlar umumiy yig‗ilishining vakolatidagi masalalar 
bundan mustasno). 
Kengash o‗z faoliyatini amalga oshirish uchun bank boshqaruviga 
malakali kadrlarni jalb qilish kengash a‘zolarini tayinlash va yollash, 
boshqaruv bilan maslahatlashgan holda, bankning uzoq va qisqa 
muddatli faoliyati biznes-rejasini o‗rganish, bank faoliyati strategiyasi, 
xavfsizligi, operatsion siyosatini qabul qilish, bank nazorati va 
siyosatiga asosan bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini 
nazorat qilish, bankning tezkor faoliyatini kuzatib borish huquqiga ega.
Bank kengashi a‘zolari aksiyadorlar umumiy yig‗ilishida bir yilga 
saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Bank boshqaruvi a‘zolari va 
boshqaruv raisi bank kengashiga saylanishi mumkin emas. Bank 
kengashi 
bank 
faoliyatining 
ustuvor 
yo‗nalishlarini 
belgilash, 
aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishiga oid masalalarni tayyorlash va 
tashkil etish, bankning yillik biznes-rejasini tayinlash, ichki audit 
xizmatini tashkil etish, qimmatli qog‗ozlar, bank aksiya obligatsiyalarini 
sotish, sotib olish, ularning hosilalarini chiqarish va boshqa qator 
vazifalarni amalga oshiradi. 
Bank boshqaruvi – bank ijroiya organi hisoblanib, bankning 
kundalik faoliyati uchun javobgar hisoblanadi va uni amalga oshiradi. 
Bank boshqaruvi odatda 7 kishidan yoki toq sondagi a‘zolardan iborat 
bo‗ladi. Bank organini tuzish yoki uni tugatish bank kengashi qarori 
asosida amalga oshiriladi. Bank boshqaruvi aksiyadorlar, umumiy 
yig‗ilishining va bank kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi. 
Buning uchun bank boshqaruvi raisi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki bilan kelishilgan holda bank kengashi qarori bilan lavozimga 
tavsiya etiladi va aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishida tasdiqlanadi. 
Boshqaruv raisi bankning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga 
javobgar hisoblanadi. 
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to‗lagan 
pul mablag‗laridan tashkil topadi. Alohida hollarda qonun hujjatlariga 
muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet 
mablag‗laridan foydalanilishi mumkin. Banklar ustav kapitalining eng 
kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. 
Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni ro‗yxatga 
olish paytigacha to‗lanishi kerak. Ustav kapitali uchun to‗lanadigan 
91
- bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof 
tarzda amalga oshirilganida; 
- litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank 
operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida; 
- O‗zbekiston Respublikasida shu‘ba bank ochgan xorijiy bank 
litsenziyasining o‗z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. 
Litsenziyaning bekor qilinishi tijorat bankining sudga murojaat 
qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‗ladi. Buni 
Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga 
oshiradi. 
Bank quyidagi hollarda o‗z faoliyatini to‗xtatadi:
aksiyadorlar yig‗ilishining qaroriga ko‗ra;
Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida;
bankrot deb e‘lon qilinganida.
O‗z faoliyatini to‗xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni 
davlat ro‗yxatiga olish daftaridan chiqariladi va bu haqidagi xabar 
matbuotda e‘lon qilinadi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling