Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
kishidan kam
bo„lgan shaharlarda ochilayotgan tijorat banklari uchun Chet el kapitali ishtirokida ochilayotgan banklar uchun Xususiy banklar uchun 1998-yil 1- yanvaridan 1,5 mln AQSh dollari ekvivalentida 0,75 mln AQSh dollari ekvivalentida 5 mln AQSh dollari ekvivalentida 0,3 mln AQSh dollari ekvivalentida 1999-yil 1- yanvaridan 2,0 mln AQSh dollari ekvivalentida 1,0 mln AQSh dollari ekvivalentida 5 mln AQSh dollari ekvivalentida 0,3 mln AQSh dollari ekvivalentida 2000-yil 1- yanvaridan 2,5 mln AQSh dollari ekvivalentida 1,25 mln AQSh dollari ekvivalentida 5 mln AQSh dollari ekvivalentida 0,3 mln AQSh dollari ekvivalentida 2002-yil 1- yanvaridan 2,5 mln AQSh dollari ekvivalentida 1,25 mln AQSh dollari ekvivalentida 5 mln AQSh dollari ekvivalentida 1,25 mln AQSh dol-lari ekvivalentida 2006-yil 1- yanvaridan 4 mln AQSh dollari ekvivalentida 5 mln AQSh dollari ekvivalentida 2,0 mln AQSh dollari ekvivalentida 2007-yil 1- yanvaridan 5 mln AQSh dollari ekvivalentida 5 mln AQSh dollari ekvivalentida 2,5 mln AQSh dollari ekvivalentida 2008-yil 1- yanvaridan 5 mln yevro ekvivalentida 5 mln yevro ekvivalentida 2,5 mln yevro ekvivalentida 2011-yil 1- yanvaridan 10 mln yevro ekvivalentida 5 mln yevro ekvivalentida 5 mln yevro ekvivalentida Yangi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorining hisob-kitobi Markaziy bank tomonidan valyuta operatsiyalari bo‗yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun e‘lon qilingan yevro kursining muassislar 88 tomonidan bank tashkil etish to‗g‗risidagi qaror qabul qilingan (ta‘sis yig‗ilishi o‗tkazilgan) kundagi kursidan kelib chiqqan holda milliy valyutada amalga oshiriladi. Buni quyidagi jadvalda ko‗ramiz: Respublikamizda tijorat banklari ustav kapitalining bosqichma- bosqich oshirilib borishi ijobiy holat. Chunki ustav kapitali yuqorida ta‘kidlangandek, bank kapitalining eng yuqori barqaror manbayi hisoblanadi. Markaziy bank chet el kapitali ishtirokidagi banklar oldiga qo‗shimcha talablar qo‗yishi, shu jumladan, chet davlatlar banklaridan ular o‗zlari joylashgan va ro‗yxatga olingan yerdagi tekshiruv organi nazorati ostida ekanliklarining tasdiqnomasini talab qilish huquqiga ega. Chet el banklariga litsenziyalar, basharti, chet davlat banki o‗z mamlakatida qaytarib berish sharti bilan pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga ega bo‗lsagina beriladi. Markaziy bank quyidagilarga asoslanib, bankni ro‗yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin: – bankni ro‗yxatga olish uchun zarur bo‗lgan hujjatlar topshirilmaganligi; – ta‘sis hujjatlarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligi; – bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi; – muassislar moliyaviy mablag‗larining manbalari e‘lon qilinmaganligi; – bankni ro‗yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‗lanmaganligi; – bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga nomuvofiqligi. Bugungi kunda O‗zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari davlat aksiyadorlik, tijorat, xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarga bo‗linadi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 12-oktyabrdagi 18-1 sonli qaroriga asosan ―Banklarni ro‗yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‗g‗risida‖gi nizomga kiritilgan o‗zgartishlar va qo‗shimchalar bo‗yicha xususiy bank – ustav kapitalida muassislar (aksiyadorlar) bo‗lgan jismoniy shaxslarning ulushi kamida ellik foizni tashkil etishi lozim bo‗lgan bankdir. Bank o‗z ustav kapitalini qonun hujjatlariga muvofiq shakllantira olmasligi sababli, o‗z maqomini xususiy bankka o‗zgartirishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 89 Bankni ro‗yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‗g‗risidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari ko‗rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bankni ro‗yxatga olish va unga litsenziya berish to‗g‗risidagi arizani takroran ko‗rib chiqish ariza qabul qilingan kundan e‘tiboran o‗n besh kundan ko‗p bo‗lmagan muddatda amalga oshiriladi. Markaziy bank talablarining bajarilmasligi, ta‘sis hujjatlarining mavjud qonun talablariga muvofiq emasligi, bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoniqarsiz ekanligi, muassis jinoiy shaxs bo‗lganida o‗z mablag‗larining manbayi haqidagi ma‘lumot bermaganligi, biznes reja va moliyaviy reja puxta tuzilmaganligi, bankni ro‗yxatdan o‗tkazish paytida eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi, bank rahbar xodimlari va bosh buxgalterning o‗z kasbiga noloyiqligi, tashkiliy-texnikaviy tadbirlarning bajarilmasligi, Markaziy bank tomonidan bank tashkil qilish uchun berilgan dastlabki ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganligi litsenziya berish va bankni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish to‗g‗risidagi arizaning rad etilishiga asos bo‗ladi. Bank ro‗yxatidan o‗tkazilganidan keyin o‗n kunlik muddat ichida moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur. Bank ustaviga qo‗shimcha va o‗zgartishlar kiritish uchun bank aksiyadorlar yig‗ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi hujjatlar: - ustavga o‗zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma; - bank aksiyadorlarining ustaviga o‗zgarish va qo‗shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3 nusxada); - bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o‗zgarish va qo‗shimchalar ro‗yxati (3 nusxada) taqdim etiladi. O‗zgarishlar va qo‗shimchalar Markaziy bankda ro‗yxatdan o‗tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. O‗zbekiston Respublikasi FKning 49-moddasiga ko‗ra, bank muassasasini qayta tashkil etish (qo‗shib yuborish, qo‗shib olish, bo‗lish, ajratib chiqarish, o‗zgartirish), uning muassislari yoki ta‘sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. 112 Ustav fondini oshirish uchun bank ustaviga o‗zgartirishlar kiritish to‗g‗risida ta‘sischilar qaror qabul qiladilar. Qo‗shimcha aksiyalarni chiqarish yoki aksiyalar nominal qiymatini oshirish uchun tijorat banklari Markaziy bankning tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentiga quyidagi hujjatlarni topshiradi: qo‗shimcha aksiyalarni joylashtirish yoki aksiyalar nominal qiymatini oshirish to‗g‗risida bank vakolatli organining qarori; agar aksiya ochiq obuna yo‗li bilan tarqatilsa, bank vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan emissiya prospekti; aksiya yopiq holda taqsimlansa, aksiyalarni chiqarish to‗g‗risida axborot beriladi; bank kengashi raisi imzolagan ustav kapitalini oshirish va aksiyalar emissiyasiga rozilik berish to‗g‗risida Markaziy bank nomiga berilgan iltimosnoma. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‗rib chiqish va rozilik berish bir oy muddat ichida amalga oshiriladi. Bank ustav kapitali aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yoki aksiyalar umumiy sonini qisqartirish, jumladan, keyinchalik ularni to‗lash sharti bilan sotib olish orqali kamaytirilishi mumkin. Agar bank ustavida ko‗zda tutilgan bo‗lsa, aksiyalarning bir qismini sotib olish va ularni to‗lash yo‗li bilan bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat beriladi. Agar kamaytirish natijasida ustav kapitalining eng kam miqdoridan kamayib ketsa, bank ustav kapitali miqdorini kamaytirishga ruxsat berilmaydi. Aksiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda, aksiya narxi va yangi nominal qiymat o‗rtasidagi farq aksiyadorlarga qaytariladi. Ustav kapitalini kamaytirish uchun tijorat banklar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentiga iltimosnoma va ustav kapitalini kamaytirish to‗g‗risida aksiyadorlar umumiy yig‗ilishining qarori topshiriladi. Rozilik bir oy muddatda beriladi. Ustav kapitalining kamaytirilishi yoki oshirilishi omonatchilar manfaatlariga va bank moliyaviy ahvoliga xavf solsa yoki bir aksiyador ulushi belgilangan normadan oshib ketsa, Markaziy bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat bermaydi. Shuni aytish kerakki, bank kapitalining asosiy maqsadi – riskni kamaytirish va kapitalning moliyaviy resurslar bozoriga kirish yo‗lini ta‘minlashdir. 97 Shuningdek, vasiy: a) muvaqqat ma‘muriyat uchun bank xodimlari ichidan, bank nazorati, faoliyatining huquqiy asoslarini, audit va buxgalteriya hisobini mukammal biluvchi mutaxassislarni yollashi; b) bankning moliyaviy holatidan kelib chiqib xodimlar uchun ish haqi miqdorini belgilashi; d) mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq bank xodimlarini ishdan ozod qilishi; e) bankning filiallari yopish to‗g‗risida qarorlar qabul qilishi va ularni yopish; f) bankning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha dividendlar to‗lashni to‗xtatishi, shuningdek, xodimlarni rag‗batlantirishi; g) bankning investitsiyalash va kreditlashga oid shartnomalariga o‗zgartishlar kiritishi; h) bank aktivlari va passivlarini sotishi, sudda bankning nomidan ish ko‗rishi mumkin. Vasiyning yozma roziligisiz bankning nomidan va mablag‗lari hisobidan ish ko‗rish haqiqiy emas deb hisoblanadi. Markaziy bank tomonidan vasiy tayinlangan kundan boshlab bank aktivlari ustidan nazorat o‗rnatish vasiyning zimmasida bo‗ladi. Bu borada vasiy bankning mol-mulki, asbob-uskunalari, moliyaviy va moddiy mablag‗lari, barcha qimmatliklar, jumladan, naqd pullar, qimmatli qog‗ozlar, transport vositalari va boshqalarni saqlash, xavfsizlik tizimini ta‘minlashi lozim. Shuningdek, vasiy vakillik raqamlarining holati bo‗yicha hisobotni taqqoslab boradi, pul mablag‗lari va valyuta mablag‗larining hisobini yuritadi, bank mulkini inventarizatsiyadan o‗tkazadi, bankning balansi va kredit portfelini tekshiradi, bank aktivlarini baholaydi va Markaziy bankka ma‘lumotnoma tayyorlaydi. Vasiylik muddati tugagandan keyin vasiy bankning moliyaviy holati va kelajakdagi faoliyat rejasi to‗g‗risida yozma hisobot taqdim etadi. Agar bankning moliyaviy ahvoli barqarorlashgan bo‗lsa - bankning aksionerlari, bank boshqaruvi va kengashining vakolatlarini tiklash yoki vasiylik muddatini uzaytirish, bankning aktiv-passivlarini sotish yoki bankni qayta tashkil etish yoki bankning litsenziyasini qaytib olish va bankni tugatish to‗g‗risida o‗z xulosasini beradi. Vasiylik muddati davomida Markaziy bank vasiy ustidan nazorat olib boradi. Zarur hollarda vasiylik faolliyati bo‗yicha tavsiyalar va 98 yo‗nalishlar beradi, bank faoliyatiga oid ma‘lumotlar va hisobotlarni talab qiladi va tekshirib boradi, vasiy tomondan bajarilgan ishlar bo‗yicha uning hisobotini eshitib boradi, lozim bo‗lsa yana olti oygacha vasiylik muddatini uzaytirishi, bankka tayinlangan vasiylikni to‗xtatishi, bankni tugatishi mumkin. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling