Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo‗lishi mumkin: ixtiyoriy 
tugatish yoki majburiy tugatish.
Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida 
majburiyatlar bajarilishini ta‘minlash imkoniga ega bo‗lgan bank 
aksiyadorlari umumiy yig‗ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda 
tugatish to‗g‗risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi 
mumkin. 
Majburiy tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga 
oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini olish to‗g‗risidagi qaroriga 
asosan amalga oshriladi. 
Markaziy bank quyidagi hollarda: 
a) bankning passivlari aktivlaridan oshib ketganda va bank to‗lovga 
layoqatsiz holga kelganda;  
b) litsenziya berish haqiqiy bo‗lmagan ma‘lumotlarga asoslangan 
bo‗lsa; 
d) bank o‗z omonotchilari va boshqa kreditorlari oldida o‗z 
majburiyatlarini bajara olmay qolganda; 
e) hisobotlarda doimiy ravishda xatolarga yo‗l qo‗yilganda; 
f) bank faoliyati va operatsiyalarini amalga oshirishda qonun 
talablari buzilganda; 
85
Aksiyadorlar umumiy yig„ilishi bankning yuqori boshqaruv 
organi hisoblanadi. Bank aksiyalariga ega bo‗lgan va bank aksiyadorlari 
reyestiriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar bankning aksiyadorlari 
hisoblanadi. 
Bankning aksiyadorlari bank aksiyadorlarining reyestriga kiritilishi, 
depozitlaridagi depo hisob varag‗idan o‗ziga taalluqli ko‗chirma olish, 
bank foydasidan dividend olish, bank tugatilgan taqdirda o‗ziga tegishli 
ulush olish, aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishida va ovoz berish orqali 
bank boshqaruvida ishtirok etish, bankning moliya xo‗jalik faoliyati 
to‗g‗risida axborot olish, o‗ziga yetkazilgan zararning qoplashini talab 
qilish, o‗ziga tegishli bo‗lgan aksiyalarni boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslarga sotish yo‗li bilan aksiyadorlar tarkibidan chiqish va boshqa 
huquqlarga ega. 
Odatda, 
har 
moliya 
yili 
tugagandan 
keyin 
olti 
oydan 
kechiktirmasdan bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‗ilishi 
o‗tkazilishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishiini o‗tkazish 
tartibi, vaqti, joyi aksiyadorlarga beriladigan materiallar bank kengashi 
tomonidan belgilanadi va aksiyadorlarga yig‗ilish to‗g‗risida xabar 
beriladi. 
Bank ustaviga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish yoki bankning 
yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash, bankni qayta tashkil etish, bankni 
tugatish, tugatuv komissiyasini tayinlash, oraliq va yakuniy tugatish 
balanslarini tasdiqlash, bank kengashi va aksiyadorlar qo‗mitasining son 
tarkibini belgilash, ularning a‘zolarini saylash va vakolatlarini 
muddatidan oldin tugatish, e‘lon qilingan aksiyalarning eng ko‗p 
miqdorini belgilash, bankning ustav kapitalini kamaytirish yoki 
ko‗paytirish, bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, Bank kengashi 
tomonidan 
tayinlangan 
bank 
boshqaruv 
raisini 
tasdiqlash 
aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishining vakolatlariga kiradi. 
Shuningdek, bankning taftish komissiyasi bilan bog‗liq masalalarni 
muvofiqlashtirish va uning xulosasini eshitish, yillik hisobotini 
tasdiqlash, foyda va zararni taqsimlash, aksiyalar, aksiyadorlar bilan 
bog‗liq boshqa masalalarni ko‗rib chiqish va qaror qabul qilish huquqiga 
ega. 
Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishi vakolatidagi masalalar bank 
kengashi va bank boshqaruvi tomonidan hal qilinishi mumkin emas. 
Agar ovoz berish huquqiga ega bo‗lgan aksiyadorlarning 50%dan 
ko‗prog‗i ro‗yxatdan o‗tgan bo‗lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi 


86
vakolatli 
(kvorumga 
ega) 
bo‗ladi. 
Agar 
kvorum 
bo‗lmasa, 
aksiyadorlarning takroriy yig‗ilishini o‗tkazish sanasi belgilanadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling