Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Hisob-kitob uylari. Angliya banklarining keyingi turi hisob-kitob 
uylari bo‗lib, hozirgi paytda London shahrida bir nechta yirik hisob 
uylari va kichik ixtisoslashgan makler-firmalar faoliyat ko‗rsatadi. 
Hisob-kitob uylari kafolatlangan muddatsiz depozitlar orqali banklar-
ning likvid fondlari realizatsiyasini amalga oshiradi. Bu fondlar turli xil 
aktivlarni (shu bilan birga, xazina obligatsiyalarini, tijorat veksellarini) 
sotib olish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, hisob uylar bu, veksel-
larning oldi-sotdi bozoridir. Ular Angliya Banki va butun Britaniya bank 
tizimi orasidagi vositachilik vazifasini bajarib, hisob-kitob uylari orqali 
Angliya Banki Britaniya bank tizimini moliyaviy resurslar bilan 
ta‘minlaydi. Veksellarning qayta hisobga olish (diksontlash) orqali qarz 
vositalari bilan ta‘minlash hamda portfel investitsiyalari sifatida turli 
shakldagi qisqa muddatli qo‗yilmalarni taklif qilish hisob uylarining 
asosiy vazifalari hisoblanadi. 
Chet el banklari (Foreign Banks) Angliyadagi yirik bank guruhlari 
hisoblanib, Londonda Nyu-York shahriga nisbatan ikki barobar ko‗p 
chet el banklari filiallari joylashgan.
Angliyaning keyingi bank guruhiga konsorsial banklar kirib, bu 
shunday moliyaviy institutlarki, ularda kamida ikkita davlat qatnashib, 
ulardan hech biri kontrol paketga ega emas. Mazkur banklar rivojlangan
davlatlar kapitali asosida tuzilganligi sababli, ular Evropa bozorida yirik 
miqdordagi mablag‗larni uzoq muddatga jalb qila oladilar. Bundan 
tashqari Buyuk Britaniyada banklarga o‗xshagan ixtisoslashgan kredit-
moliya institutlari ham mavjud bo‗lib, ular quyidagilardan iborat: 
73
jamg‗arma institutlari (ishonchli jamqarma banklari, milliy 
jamg‗arma banki, qurilish jamoalari); 
sug‗urta kompaniyalari va nafaqa fondlari; 
investitsion trestlar; 
badalli ishonch fondlar; 
moliyaviy korporatsiyalar; 
venchurli moliyalashtirish firmalari. 
Angliya banklari faoliyatining xususiyatlaridan biri korxonalarni 
qisqa muddatli kreditlashda overdraftni keng qo‗llashidadir. Overdraft 
mijozning joriy hisob raqami bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, mijozga 
hisob raqamidagi kredit qoldig‗i doirasida o‗rnatilgan limitlar asosida 
chek olish huquqini beradi. Mijozning xarajatlari hisob raqamiga 
tushadigan mablag‗lardan vaqtinchalik ortib ketsa (masalan, korxona 
oborot 
kapitalini 
moliyalashtirishda), 
kreditning 
bu 
turidan 
foydalaniladi. Buyuk Britaniyada overdraft muddatlari bir necha oydan 
tortib, to bir necha yilgacha belgilanishi mumkin, ammo yilda bir marta 
kreditni to‗liq qaytarish talab qilinadi. To‗lanmagan qoldiq bo‗yicha foiz 
har kuni hisoblab boriladi. Kreditning bu turi mijoz uchun eng arzon 
hisoblanadi, chunki bu yerda u faqat ishlatilgan mablag‗lar uchun pul 
to‗laydi. 
Ssuda hisob raqami bo„yicha kredit kreditlashning boshqa 
an‘anaviy turi hisoblanadi. Overdraftdan farqli ravishda mijozga alohida 
ssuda hisob raqami ochilib, uning debetiga bank tomonidan berilgan 
kredit summasi, kreditda esa shu mablag‗lardan foydalanish aks 
ettiriladi. 
Overdraftning zamonaviy shakli bo‗lib, byudjet hisob raqami 
hisoblanadi. Qarz oluvchi hisob raqamiga ma‘lum bir summalarni 
qo‗yish majburiyatini olib, bank muntazam ravishda to‗lovlarni olib 
boradi va kerak paytda kredit beradi. Kreditlashning limiti hisob 
raqamiga qo‗yilgan mablag‗ miqdoriga bog‗liq bo‗lib, odatda, limit 
qo‗yilgan mablag‗ miqdoridan 30 marta ko‗p bo‗ladi. 
Uy-joy sotib olish uchun ingliz qarz oluvchilari qurilish jamiyatlari 
tomonidan 20-25 yil muddatga beriladigan ssudalardan foydalanishadi. 


96
e) omonotchilar mablag‗lari saqlanishi va ular manfaatlariga ziyon 
keltirishi mumkin bo‗lgan boshqa hollarda Markaziy bank banklarga 
vasiy tayinlash to‗g‗risida qaror qabul qiladi. Vasiy tayinlash to‗g‗risida 
qaror qabul qilishda Markaziy vasiylik mexanizmi orqali bankning 
moliyaviy holatini zarur ijobiy holatga olib chiqish, bank aktiv va 
passivlarini saqlab qolishga e‘tibor qaratadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling