Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Buyuk Britaniya bank tizimi jahondagi eng qadimiy va 
rivojlangan bank tizimlardan biridir. Ingliz banklarning o‗ziga xos 
xususiyati ularning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok 
etishidadir. Eng yirik valyuta bozori, ko‗p sonli banklar Londonda 
faoliyat ko‗rsatadi.  
Britaniya bank tizimining tuzilishi ko‗p bo‗g‗inli bo‗lib, u quyidagi 
moliya institutlarini o‗z ichiga oladi: Angliya Banki; depozit banklar
savdo (aksept va emission) uylar; chet el banklari; qurilish jamoalari; 
hisob-kitob va moliya uylari; trast-jamg‗arma banklari; Milliy 
jamg‗arma banki; xalqaro bank konsorsiumlari. 
Yuqorida keltirilgan bank tashkilotlari klassifikatsiyasi bilan bir 
qatorda Buyuk Britaniya banklarini boshqacha qilib guruhlashtirish 
mumkin, ya‘ni chakana va ulgurji banklar. 
Chakana banklar – tijorat (asosan depozit) banklar bo‗lib, ular 
barcha mijozlarga xizmat ko‗rsatadi va bo‗limlarning kengroq 
tarmog‗iga ega. Ulgurji banklar esa yirik shartnomalar asosida ish 
yuritib, odatda, alohida shaxslar bilan emas, balki savdo-sanoat 
korxonalari va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qiladi. XX asr 70-
yillarigacha Buyuk Britaniyada bank ochish uchun Markaziy bank yoki 
boshqa bir nazorat qilib turuvchi tashkilotning alohida ruxsatnomasi 
shart emas edi. Banklarning tashkil qilinishi va faoliyatini tartiblab 
turishda barcha sohalar uchun umumiy bo‗lgan 1948-yilda qabul 
75
1) Doyche Bundesbank (Markaziy bank); 
2) tijorat banklar; 
3) jamg‗arma banklar; 
4) kooperativ markaziy banklar; 
5) kredit kooperativlar; 
6) ixtisoslashgan banklar (davlat va xususiy ipoteka banklari); 
7) Pochta, kommunal, jamg‗arma banklar; 
8) turli boshqa ixtisoslashgan banklar. 
Doyche Bundesbank Germaniyaning Markaziy banki bo‗lib 9 ta 
yerlar markaziy banklari va ularning 200 ta bosh bo‗linmalari va 
filiallariga ega. Nemis Federal banki nazorat funksiyasini bajaradi, 
uning pul va kredit siyosati bankning Markaziy Kengashi tomonidan 
belgilab beriladi. Bankning Markaziy Kengashi tarkibiga yerlar 
markaziy banklari prezidentlari kiradi. Nemis Federal banki Federal 
qonunchilik bo‗yicha o‗z faoliyatida mustaqil hisoblanib u federal 
hukumat tomonidan qo‗yilgan topshiriqlarni bajarishga o‗zini majbur 
deb hisoblamaydi, u faqat mamlakatning iqtisodiy siyosatini olib 
borishda hukumatni qo‗llab-quvvatlaydi va bu borada hukumat bilan 
hamkorlik qiladi. Federal bank Markaziy kengashi faoliyatida hukumat 
ovozga ega emas, lekin u bank Markaziy kengashining ba‘zi bir 
qarorlarining kuchga kirishini 2 haftaga kechiktirish bo‗yicha murojaat 
qilishi yoki talab qilishi mumkin. Mamlakatda cheklar va veksellar bilan 
o‗tkaziladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarning asosiy qismi Bundesbank 
va uning filiallari orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari , Germaniyada universal banklar bo‗lib quyidagi 
operatsiyalarni bajaradi: 
- turli depozitlarni qabul qilish; 
- mahalliy, federal hukumat tashkilotlariga, kichik va o‗rta biznes 
sohasiga, yirik korporatsiyalarga qisqa, o‗rta va uzoq muddatli kreditlar 
berish; 
- moliyaviy va trast xizmatlar ko‗rsatish; 
- mijozlarga elektron va brokerlik xizmatlari ko‗rsatish; 
- yo‗l cheklari bilan xizmatlar ko‗rsatish; 
- mijozlarga hisob-kassa xizmatlarini ko‗rsatish va boshqalar. 


74
Bunday ipoteka ssudalarning hajmi uy-joy qiymatining 100%ini tashkil 
etishi mumkin. 
Ssudalarning qaytarish ikki usulda olib borilishi mumkin: 
1. An‘anaviy usul (har oy to‗lovlarini to‗lash yo‗li bilan); 
2. Foizlarni o‗z vaqtida (har oyda) va qarz summasini bir vaqtda 
to‗lash yo‗li bilan. 
Angliya Banki, boshqa davlatlarning markaziy banklari singari, 
davlatga xizmat qiladi. Birinchidan, u davlat hisob raqamlarini olib bo-
radi, ulardan eng ko‗zga ko‗rinadigani bu g‗azna hisob raqamidir. 
Yevropaning ko‗pgina mamlakatlarida (Fransiya, Germaniya, Italiya, 
Ispaniya) hisob raqamiga tushadigan mablag‗lar hamda xarajatlar g‗azna 
tomonidan olib boriladi, Markaziy bank esa ularni ro‗yxatdan o‗tkazadi 
xolos. Buyuk Britaniyada, boshqa davlatlar singari, g‗azna o‗z hisob 
raqamlariga ega, ammo ularga tushumlar va xarajatlar Markaziy bank 
tomonidan ta‘minlanadi va olib boriladi. Ikkinchidan, Markaziy bank 
davlat va hukumat organlarini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirib 
turadi. 
Buyuk Britaniyada yaqin davrga qadar banklar faoliyatini nazorat 
qilish to‗g‗risida qonun mavjud bo‗lmagan. Kredit muassasalari ustidan 
amalga oshirib kelingan nazorat esa norasmiy xarakterga ega edi. 
Nazorat tadbirlari bankning kerakli darajada kapitalga nisbatan eng kam 
operativ xavfsizligini, rezerv mablag‗lar, likvidlik, buxgalteriya hisobi 
va boshqaruv xodimlari bilan suhbat o‗tkazish orqali amalga oshirildi. 
Shuningdek, 
asosiy e‘tibor bank kredit portfelining sifati, 
boshqaruvchining kompetentlik darajasi, bank tomonidan amalga 
oshirilgan barcha operatsiyalarning qonuniyligi kabilarga qaratiladi.
Buyuk Britaniyada kredit institutlari ustidan nazorat boshqa 
mamlakatlarga nisbatan birmuncha engil holda olib boriladi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling