Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

1. Tayyorgarlik bosqichi 
Bu davrda bank muassislari o‗rtasida bank tashkil etishga 
kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav 
kapitaliga qo‗shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta‘sis 
hujjatlari majmuyi tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta‘sischilar 
o‗rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi
uning asosida ta‘sis shartnomasi tuziladi. Aksiyadorlik tijorat 
banklarining muassislari bank davlat ro‗yxatiga olinganiga qadar yuzaga 
kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‗ladilar (FKning 
43-moddasi, O‗zbekiston Respublikasi «Xo‗jalik jamiyatlari va 
shirkatlari haqida»gi qonunning 3-moddasi).
―Banklar va bank faoliyati to‗risida‖gi qonunga asosan banklar
qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik 
jamiyati tarzida tashkil etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet ellik yuridik va 
jismoniy shaxslar bank muassislari bo‗lishi mumkin.
Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng ko‗p 
ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bank muassislari bank 
aksiyadorlari tarkibidan u ro‗yxatga olingan kundan boshlab bir yil 
mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
2. Bankni davlat ro„yxatidan o„tkazish bosqichi 
Bu bosqichda bank ochish haqidagi ariza bilan O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi. Bunda arizaga 
quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: 
- yangi tashkil etilayotgan bankni ta‘sis etish bo‗yicha hujjat; 
- muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan 
hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta‘sis shartnomasi. Ta‘sis etuvchilar 
jismoniy shaxs bo‗lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi; 
- aksiyadorlar yig‗ilishida tasdiqlangan va muassislar tomonidan 
imzolangan bank ustavi (uch nusxada); 
- bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va 
ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini 
saylash haqidagi qarorlarni o‗z ichiga olgan bank kengashi raisi tomoni-
dan tasdiqlangan ta‘sis yig‗ilishining bayonnomasi. 
Qayd etib o‗tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning 
banklarni litsenziyalash departamenti tomondan ko‗rib chiqiladi va 
mazkur departament hujjatlarni ma‘qullaganidan keyingina ular imzola-
nadi va tasdiqlanadi. 


78

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling