Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-§. Boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish asoslari
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100 ming yevro ekvivalenti
5-§. Boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish asoslari
O‗zbekiston iqtisodiyoti, respublika hududida faoliyat olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan tashqari boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ham moliyaviy xizmatlar ko‗rsatish uchun huquqiy va me‘yoriy asoslar yaratilgan. Boshqa kredit tashkilotlari qatoriga bugungi kunda O‗zbekistonda faoliyat yuritayotgan mikrokredit tashkilotlari, lombardlarni kiritishimiz mumkin. Mazkur kredit tashkilotlarining faoliyati ―Mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risida‖gi, ―Mikromoliyalash to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tashkil qilish va yuritishga oid me‘yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‗zbekiston Respublikasida mikrokredit tashkilotlari faoliyati 2006-yil 20-sentyabrdan kuchga kirgan ―Mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni asosida olib boriladi. Mazkur qonunning 3-moddasida mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‗rsatish bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi, O‗zbekiston Respublikasi hududida bank hisob varaqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli bo‗lgan yuridik shaxs mikrokredit tashkilot deb yuritilishi belgilab qo‗yilgan. Mikrokredit tashkiloti o‗z faoliyatini amalga oshirishi uchun O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‗lishi va talab qilingan ustav fondini shakllantirishi lozim. Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori 100 ming yevro ekvivalenti miqdorida belgilangan. 54 Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori mikrokredit tashkiloti davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan sanada Markaziy bankning valyuta operatsiyalari bo‗yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun e‘lon qilingan yevro kursi bo‗yicha yuqorida belgilangan miqdordan kam bo‗lmasligi kerak. Ustav fondi ta‘sischilar tomonidan pul mablag‗laridan, shuningdek, ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol- mulkdan shakllantiriladi, bunda kredit, garovga olingan mablag‗lardan va boshqa jalb qilingan mablag‗lar foydalanishga yo‗l qo‗yilmaydi. Ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‗laridan shakllantirilgan bo‗lishi kerak. Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun ro‗yxatdan o‗tkazilganidan so‗ng bir oydan kechiktirmasdan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga litsenziya berish haqidagi ariza, mikrokredit tashkilotining ta‘sis hujjatlari, mikrokredit tashkiloti davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjatini taqdim etishi kerak. Shuningdek, mikrokredit tashkiloti joylashgan binodagi kassa xonalari texnik jihatdan mustahkamlanishi va qo‗riqlash – yong‗indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi va bu to‗g‗risida Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi lozim. Markaziy bank tomonidan ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‗ttiz kun mobaynida ko‗rib chiqiladi. Litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mikrokredit tashkiloti o‗z faoliyatini amalga oshirishga kirishishi lozim. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta‘minlash maqsadida mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari o‗tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek, iqtisodiy me‘yorlarni belgilash, ko‗rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlash, mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshirish va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risidagi qonun 59 hollarda Markaziy bank litsenziya berishni rad qilishi mumkin. Bu to‗g‗risida rad etishning sabablari aniq ko‗rsatilgan holda mijozga yozma ravishda raddiya xati yuboriladi. Ko‗rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgandan keyin subyekt hujjatlarini takroran Markaziy bankka taqdim etishi mumkin. Hujjatlar 10 kun ichida qayta ko‗rib chiqilishi lozim. Litsenziya beruvchi organ litsenziya talablariga rioya qilinmagan, faoliyatida ko‗rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilmagan hollarda lombard faoliyatini to‗xtatib turish to‗g‗risida qaror qabul qiladi. Lombard faoliyatini to‗xtatib turish muddati olti oydan oshmasligi lozim. Lombard tashkiloti faoliyatini to‗xtatish to‗g‗risida ariza bilan murojaat qilganda, u bankrot bo‗lganda yoki tugatilganda, boshqa faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha qayta tashkil etilganda, litsenziya talablariga doimiy va tizimli rioya qilmaganda, qonun talablarini buzgan hollarda litsenziyaning amal qilishi to‗xtatiladi. Shuningdek, sud talablariga asosan ham litsenziyaning amal qilishi to‗xtatilishi mumkin. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki lombardlar faoliyatini nazorat qilish, lombardlarning faoliyati, operatsiyalari to‗g‗risida ma‘lumot, hisobot olish, ular faoliyatini tekshirish, litsenziya talablariga rioya qilinmagan hollarda ularni ogohlantirish, ularga bajarilishi lozim bo‗lgan talablarni yuborish va ular bajarilishini talab qilish huquqiga ega. Bu faoliyat Markaziy bank tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-mayda 2209-son bilan ro‗yxatdan o‗tgan ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi to‗g‗risidagi nizom‖ga asosan amalga oshiriladi. Bugungi kunda respublikamizda 45 dan ortiq lombardlar faoliyat olib bormoqda. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi ―2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‗rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‗nalishlari to‗g‗risidagi‖ PQ- 134-sonli qaroriga asosan mamlakatimizda moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o‗zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‗rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta‘minlash bo‗yicha vazifalar belgilab olingan. Bu vazifalar quyidagi yo‗nalishlarni o‗zida mujassamlashtirgan. Bular: 58 Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-dekabrda 1291-son bilan ro‗yxatdan ―Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‗g‗risida‖gi nizomga asosan tartibga solinadi. O‗zbekiston Respublikasida lombardlar ixtisoslashgan yuridik shaxs sifatida fuqarolardan o‗z ehtiyojida bo‗lgan ko‗char mulkini garovga olgan holda qisqa muddatli kreditlar berish faoliyatini amalga oshiradi. Lombardlar o‗z faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‗lishi lozim. Lombardlar faoliyati O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan litsenziyalanadi. Yuridik shaxs litsenziya olgan kunidan boshlab lomard sifatida faoliyatini boshlaydi. Litsenziya olish uchun yuridik shaxs lombard sifatida o‗rnatilgan tartibda ro‗yxatdan o‗tishi, zarur bo‗lgan ustav fondining minimal miqdorini shakllantirishi lozim. Lombard tashkilotining ustav fondi muassislarining faqat pul mablag‗lari hisobidan shakllanadi. Ustav fondini kredit, garov mablag‗lari va boshqa jalb qilingan mablag‗lar hisobidan shakllantirishga ruxsat etilmaydi. Lombard tashkilotlari faoliyatiga Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling