Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Government Accounting Office
litsenziya
olish uchun O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: • lombard faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish uchun ariza; • davlat ro‗yxatidan o‗tganlik to‗g‗risida ma‘lumotnoma nusxasi; • biznes-reja; • muassislar ro‗yxati; • lombard boshqaruv organlari tarkibi va strukturasi to‗g‗risida ma‘lumot; • lombard faoliyatini amalga oshirish uchun bino, qo‗riqlash tizimi va sharoitlari to‗g‗risida ma‘lumot; • lombard va baholovchi tashkilotlar o‗rtasida tuzilgan shartnoma; • litsenziya uchun to‗lovning kvitansiyasi. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentyabrdagi 402-sonli qaroriga asosan lombardlar faoliyatini litsenziyalash uchun eng kam ish haqi miqdorining 0,5 barobarida haq to‗lanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mijozning hujjatlari 30 kalendar kuni ichida ko‗rib chiqilishi lozim. Qabul qilingan qaror to‗g‗risidagi ma‘lumot qaror qabul qilingandan keyin 3 kun ichida mijozga yetkazilishi lozim. Hujjatlar talab darajasida rasmiylashtirilmagan, ularda xato va kamchiliklar mavjud bo‗lgan va boshqa kamchiliklarga yo‗l qo‗yilgan 55 hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‗lgan ko‗rsatmalar berish, mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o‗tkazishga doir talablarni belgilash, mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilash, mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy me‘yorlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undirish, mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‗tkazishni uch oygacha bo‗lgan muddatga cheklash, mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‗xtatib turish yoki tugatish yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtirish va bekor qilish orqali mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi. Mikrokredit tashkiloti faoliyatida kamchiliklar aniqlangan hollarda, masalan, mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan, litsenziya talablari va shartlari buzilganda, uning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda Markaziy bank tomonidan litsenziyaning amal qilishi to‗xtatib turilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti to‗lovga qobiliyatsiz bo‗lib qolganda, mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining, belgilangan iqtisodiy me‘yorlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot ma‘lumotlari buzib ko‗rsatilganda, mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e‘tiboran olti oydan ortiq kechikkanda, Markaziy bank litsenziyaning amal qilishini tugatish to‗g‗risidagi qaror qabul qilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishga, buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat ko‗rsatishni asoslantirilgan holda rad etishga, mikromoliyaviy xizmat ko‗rsatish va shartnoma bo‗yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‗lgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan so‗rab olishga, maqsadli mikrokredit o‗z vaqtida to‗lanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga, mijozlarga maslahat va axborot xizmatlari ko‗rsatishga, qarz oluvchilar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga, mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish uchun qonunga muvofiq mablag‗lar jalb etishga haqli. 56 Mikrokredit tashkiloti buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari to‗g‗risida, shu jumladan, shartnoma bo‗yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish bilan bog‗liq barcha xarajatlar to‗g‗risida, shuningdek, ko‗rsatiladigan mikromoliyaviy xizmat bo‗yicha foiz stavkasi haqida to‗g‗ri hamda to‗liq axborotni yozma shaklda xabar qilishi, shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishi, shartnoma bo‗yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga yetkazilgan zararning o‗rnini qoplashi, belgilangan eng kam miqdordan past bo‗lmagan ustav fondiga ega bo‗lishi, moliyaviy va kassa operatsiyalari o‗tkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi, qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa hujjatlarni yuritish va hisobotni belgilangan tartibda o‗z vaqtida taqdim etishi, tekshirish o‗tkazish uchun yuborilgan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati to‗g‗risidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta‘minlashi shart. Qonunning 13-moddasiga muvofiq mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish, qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring), mikrolizing (moliya ijarasi) bilan shug‗ullanishi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish, shu jumladan, iste‘mol kreditlari berishi, boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish bilan bog‗liq maslahat va axborot xizmatlari ko‗rsatishi bo‗yicha mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishi mumkin. Ammo mikrokredit tashkiloti tomonidan qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga, jismoniy shaxslardan qarz mablag‗larini jalb qilishga, o‗z muassislarining majburiyatlari bo‗yicha kafil bo‗lishga yoki kafolat beruvchi bo‗lishga, shuningdek, ularga o‗z majburiyatlari bajarilishini ta‘minlashning boshqa usullarini taqdim etishga ruxsat etilmaydi. Mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikromoliyaviy xizmatlar o‗z mablag‗lari, shu jumladan, olgan daromadlari, investorlar, shu jumladan, chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‗lar, banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‗armalarining mablag‗lari, xalqaro 57 moliya institutlari, nodavlat-notijorat tashkilotlarining, shu jumladan, chet el nodavlat-notijorat tashkilotlarining grantlari, qarz mablag‗lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‗mdan ortiq bo‗lgan mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbari va boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi. Ichki audit xizmati o‗z faoliyatini O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi. Mikrokredit tashkiloti O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishi mumkin. Filiallar o‗z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Bugungi kunda 27 mikrokredit tashkiloti o‗z faoliyatini amalga oshirib, mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatib kelmoqda. Lombard ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‗lib, mijozning ko‗char mulkini garovga olib, qisqa muddatli kreditlar berish va ularni saqlab berish bilan shug‗ullanadi. O‗z ixtisoslashuviga qarab lombardlar qimmatbaho buyumlar, avtotransport va boshqalar bilan ishlaydigan lombardlarga bo‗linadi. Qimmatliklar va buyumlarning bahosi tomonlar kelushuviga asosan belgilanadi va ular o‗rtasida tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Qarz oluvchi yoki mulk egasi o‗z mulkini garovga qo‗yib lombarddan kredit olgandan keyin shartnoma shartlarini lozim darajada bajarishi va o‗z mulkini o‗rnatilgan muddatlarda qayta sotib olishi mumkin. Bunda qayta sotib olish bahosi summasi lombardning mijozga bergan kredit summasi va lombardning xizmati uchun to‗lanadigan foiz stavkasidan iborat bo‗ladi. Lombard tomonidan berilgan kreditning muddati kelib garovga qo‗yilgan mulk mijoz tomonidan qayta sotib olinmasa, bu mulk lombard tomonidan sotuvga qo‗yilishi yoki auksion orqali sotilishi mumkin. Shuningdek, ba‘zi mamlakatlarda lombardlar qimmatli metallar, toshlar va boshqa qimmatliklarni faqatgina sotib olish bilan shug‗ullanadi. O‗zbekiston Respublikasida lombardlar faoliyati ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida‖gi, ―Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‗g‗risida‖gi qonunlar, O‗zbekiston Respublikasi 80 Bulardan tashqari, Markaziy bankka: bank kengashi a‘zolari ro‗yxati ularning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma‘lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to‗g‗risidagi nizomi, kredit siyosati to‗g‗risidagi ni- zomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish mo‗ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organ- lariga berilgan bildirishnomaning nusxasi ham topshirilishi lozim. Bank ustavida bankning to‗liq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili, bank operatsiyalarining ro‗yxati, maqsadi va faoliyat muddati, ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‗yxati, ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi, ustav kapitalini ko‗paytirish yoki kamaytirish tartibi, chiqarilayotgan aksiyalar turlari va soni, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati, sof foyda va dividendlarni taqsimlash hamda zararlarni qoplash tartibi, zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi, bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari, bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi a‘zolarining soni, vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma‘lumotlar, yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi, bank auditi, shu jumladan, buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari, bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi, bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi, shartlari va boshqa ma‘lumotlar bo‗lishi lozim. Tijorat bankining joylarda filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta‘sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi zarur bo‗ladi. Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan hujjatlarga qo‗shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi: - tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etilishida ishtirok qilishi haqidagi qarori; - norezident bankning O‗zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi; - bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, 65 FZTning yana bir muhim tarkibi Ochiq bozor bo‗yicha Federal qo‗mita( Federal Open Market Committee - FOMC), hisoblanadi. U FZT va FZBlar o‗rtasidagi muhim tashkilot bo‗lib u monitar siyosat uchun mas‘ul hisoblanadi. FOMCning barcha qarorlari va faoliyati pul muomalasi va baholar barqarorligini ta‘minlagan holda iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga qaratilgan. Nyu-York Federal zaxira banki mintaqaviy banklar ichida asosiy o‗rinni egallaydi va u ochiq bozor operatsiyalari va xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalar uchun mas‘ul hisoblanadi. Ochiq bozordagi operatsiyalarni FOMC ko‗rsatmasiga asosan, Nyu-york federal rezerv banki amalga oshiradi. Boshqa federal banklardan farqli ravishda bu bank ochiq bozor bo‗yicha Federal qo‗mitada doimiy ovozga ega hamda uning boshqaruv kengashi prezidenti FZTda ikkinchi rahbar hisoblanadi. Federal zaxira to‗g‗risidagi qonunga asosan FZT har yili AQSh Kongressi, va yilda 2 marta AQSh Kongressi Bank qo‗mitasi oldida hisob beradi. Shuningdek, FZT faoliyati AQSh Hisob palatasi (Government Accounting Office) tomonidan audit qilinadi va mustaqil auditorlik firmalari ham uning faoliyatini tekshiradi. FZT uch asosiy vosita orqali monitar siyosatni olib boradi. Bular Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling