Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiy tugatish
- Aksiyadorlar umumiy yig„ilishi
Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo‗lishi mumkin: ixtiyoriy
tugatish yoki majburiy tugatish. Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta‘minlash imkoniga ega bo‗lgan bank aksiyadorlari umumiy yig‗ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‗g‗risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Majburiy tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini olish to‗g‗risidagi qaroriga asosan amalga oshriladi. Markaziy bank quyidagi hollarda: a) bankning passivlari aktivlaridan oshib ketganda va bank to‗lovga layoqatsiz holga kelganda; b) litsenziya berish haqiqiy bo‗lmagan ma‘lumotlarga asoslangan bo‗lsa; d) bank o‗z omonotchilari va boshqa kreditorlari oldida o‗z majburiyatlarini bajara olmay qolganda; e) hisobotlarda doimiy ravishda xatolarga yo‗l qo‗yilganda; f) bank faoliyati va operatsiyalarini amalga oshirishda qonun talablari buzilganda; 85 Aksiyadorlar umumiy yig„ilishi bankning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Bank aksiyalariga ega bo‗lgan va bank aksiyadorlari reyestiriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar bankning aksiyadorlari hisoblanadi. Bankning aksiyadorlari bank aksiyadorlarining reyestriga kiritilishi, depozitlaridagi depo hisob varag‗idan o‗ziga taalluqli ko‗chirma olish, bank foydasidan dividend olish, bank tugatilgan taqdirda o‗ziga tegishli ulush olish, aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishida va ovoz berish orqali bank boshqaruvida ishtirok etish, bankning moliya xo‗jalik faoliyati to‗g‗risida axborot olish, o‗ziga yetkazilgan zararning qoplashini talab qilish, o‗ziga tegishli bo‗lgan aksiyalarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga sotish yo‗li bilan aksiyadorlar tarkibidan chiqish va boshqa huquqlarga ega. Odatda, har moliya yili tugagandan keyin olti oydan kechiktirmasdan bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‗ilishi o‗tkazilishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishiini o‗tkazish tartibi, vaqti, joyi aksiyadorlarga beriladigan materiallar bank kengashi tomonidan belgilanadi va aksiyadorlarga yig‗ilish to‗g‗risida xabar beriladi. Bank ustaviga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish yoki bankning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash, bankni qayta tashkil etish, bankni tugatish, tugatuv komissiyasini tayinlash, oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash, bank kengashi va aksiyadorlar qo‗mitasining son tarkibini belgilash, ularning a‘zolarini saylash va vakolatlarini muddatidan oldin tugatish, e‘lon qilingan aksiyalarning eng ko‗p miqdorini belgilash, bankning ustav kapitalini kamaytirish yoki ko‗paytirish, bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, Bank kengashi tomonidan tayinlangan bank boshqaruv raisini tasdiqlash aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishining vakolatlariga kiradi. Shuningdek, bankning taftish komissiyasi bilan bog‗liq masalalarni muvofiqlashtirish va uning xulosasini eshitish, yillik hisobotini tasdiqlash, foyda va zararni taqsimlash, aksiyalar, aksiyadorlar bilan bog‗liq boshqa masalalarni ko‗rib chiqish va qaror qabul qilish huquqiga ega. Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishi vakolatidagi masalalar bank kengashi va bank boshqaruvi tomonidan hal qilinishi mumkin emas. Agar ovoz berish huquqiga ega bo‗lgan aksiyadorlarning 50%dan ko‗prog‗i ro‗yxatdan o‗tgan bo‗lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi 86 vakolatli (kvorumga ega) bo‗ladi. Agar kvorum bo‗lmasa, aksiyadorlarning takroriy yig‗ilishini o‗tkazish sanasi belgilanadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling