Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Talab qilib olinadigan qo„yilmalar
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Talab qilib olinadigan qo„yilmalar, shuningdek, joriy hisob
varag‗idan mablag‗lar omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Muddatli omonatlar – mijoz tomonidan bankka ma‘lum muddatga qo‗yiladigan qo‗yilmalar bo‗lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan yuqori foizlar to‗lanadi. Bankning foiz stavkalari qo‗yilmaning muddati va miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Jalb qilingan mablag‗lar bankning real holatini ko‗rsatib uning salohiyati to‗g‗risida xulosa qilishga zamin yaratadi. Real majburiyatlar bank balansida talab qilingunga qadar depozitlar, muddatli depozitlar, jalb qilingan banklararo kreditlar sifatida aks ettirilsa, balansdan tashqari majburiyatlar bank tomonidan beriladigan kafolatlar, mijozlarga ochilgan kredit liniyalarda namoyon bo‗ladi. Majburiyatlarni bajarish manbasi bo‗lib g‗aznadagi mablag‗lar, vakillik hisob varag‗idagi qoldiqlar, likvid aktivlar, banklararo resurslar bozori yoki Markaziy bankdan olingan kreditlar xizmat qiladi. Bank resurslari nafaqat kredit berish uchun, balki bankning boshqa aktiv va vositachilik operatsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‗yilmalari to‗liq summada yoki bo‗lib-bo‗lib qo‗yiladi va berilishi mumkin. Banklar to‗lovlilik asosida turli xil maqsadli qo‗yilmalarni, muddatli yoki talab qilib olish mumkin bo‗lgan jamg‗armalarni qabul qiladilar. Ular bank uchun qimmatga tushsada, ular kredit potensialini mustahkamlash manbasi hisoblanadi. Banklar uchun muddatli qo‗yilmalar juda qulaydir. Banklar mijozlar mablag‗laridan yetarli darajada uzoqroq foydala- nishni amalga oshirishdan manfaatdordirlar. Shu sababli banklar obli- gatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo‗li bilan o‗z resurslarining miqdorini ko‗paytirib boradilar. Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar ko‗rinishida emitentlashadi. Hozirgi davrda chet el amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uch- raydi. Bu obligatsiyalar bo‗yicha daromadlar obligatsiya egasi ixtiyoriga 113 Bank kapitali operatsion xarajatlarni moliyaviy bozorlarga erkin kirib borishini ta‘minlash orqali kamaytiradi. Katta miqdordagi kapital bankning barqaror obro‗sini va omonatchilar ishonchini ta‘minlaydi. Bank kapitalining aktivlarga nisbati, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‗rnatilgan me‘yorlar bilan yaqindan o‗zaro bog‗liq. Ya‘ni kapital qarz olish bilan yangi aktivlar jalb qilinishini chegaralash orqali riskning oshib ketishini to‗xtatadi yoki uni kamaytiradi. Agar banklar ssuda miqdorini oshirmoqchi yoki boshqa aktivlarni sotib olmoqchi bo‗lsalar, yuqorida keltirilgan yo‗llar bilan ular aksioner kapitalini qo‗shimcha moliyalashtirishni ta‘minlashlari kerak. Bu aktivlarning spekulyativ o‗sishining oldini oladi va banklar o‗z aktivlarini samarali boshqarish imkoniyatlarini saqlab qoladi. Bankning o‗z kapitali hissasining kamayishi ba‘zi hollarda banklarning bankrot bo‗lishiga, ayniqsa, iqtisodiy yoki bank inqirozlari davrida passivlar va ularni joylashtirish sohasida yetarli darajada o‗ylab chiqilmagan siyosat banklaring sinishiga sabab bo‗lishi mumkin. AQShda kattaligi bo‗yicha yigirmanchi o‗rinda turuvchi ―Franklin neshnl bank‖ni sinishining sabablaridan biri – bankning o‗z kapitali hissasining bank balansida keskin qisqarishi bo‗lgan. Xuddi shu sabab, 1979-yil aktivida 250 mln AQSh dollari va 44 ming omonatchisiga ega bo‗lgan AQShdagi ―Dnuverz neshnl benk of Chikago‖ bankining sinishining asosi hisoblanadi. 1980-yillarning ikkinchi yarmida AQShda banklarning bankrotlik soni o‗sdi. 1984-yilda AQShda birinchi o‗nlikda turuvchi yirik banklardan biri bo‗lgan ―Kontinental Illinoys‖ banki sinish holatining, hukumatning maxsus dasturi orqali oldi olindi. Tijorat banklari sinishlarining eng ko‗pi 1988-yilga to‗g‗ri kelgan. 1994-yilda 13 ta tijorat banklari singan. 2008-yilda keng yoyilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining asosiy sababi ham tijorat banklari kapitali va ularning amalga oshiradigan operatsiyalari orasida mutanosiblikga rioya qilinmaganligidadir. Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi (7-jadval). Jadvaldan ko‗rinadiki, 1996-yilda rivojlangan mamlakatlar hissasi- ga 46,2 mlrd dollar hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosi to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, 2007 yilga kelib bu ko‗rsatkich 798,8 mlrd dollar hajmdagi sal- biy saldoni, ya‘ni taqchillikni tashkil qilgan. Bu davrda rivojlanayotgan 114 mamlakatlarning 87,5 mlrd dollar hajmdagi salbiy tashqi savdo saldosi 509,7 mlrd dollar hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosiga aylangan. 7-jadval Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling