Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

1.01.2018 yil
13,5
10,5
8,5
1.01.2019 yil
14,5
11
9,5
 
• 
2015 – 2019 yillarda tijorat banklari sof foydadan ajratmalar 
ajratish hisobiga yuqorida keltirilgan ko‗rsatkichlardan kam bo‗lmagan 
miqdorda kapitallarini ko‗paytirishlari lozim. Bu borada tijorat banklari: 
• 
o‗z faoliyatida yuqori samara beruvchi va kam riskga moyil 
bo‗lgan operatsiyalar ko‗lamini kengaytirishlari; 
• 
o‗z qimmatli qog‗ozlarini chiqarish va joylashtirish bo‗yicha 
siyosatini qayta ko‗rib chiqishi va uni takomillashtirishi; 
• 
bank aksiyadorlarining salmog‗i va sifatini oshirishi va o‗zining 
divident siyosatini takomillashtirishi; 
• 
depozit 
siyosatini 
takomillashtirishi, 
bank 
resurslarining 
barqarorligini ta‘minlash va jozibador depozitlar jalb qilish choralarini 
ko‗rishi; 
• 
tijorat banklarining turli zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko‗rsatish 
borasidagi faoliyatini kengaytirish borasidagi ishlarini kengaytirishi 
lozim. 
Yuqorida aytilgan bank kapitalining funksiyalaridan xulosa qilib 
aytsak, bankning o‗z kapitali – bank tijorat faoliyatining asosidir. U 
bank mustaqilligini va turli risklar bo‗yicha salbiy oqibatlarni oldini 
olish manbai bo‗lib, uning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda tijorat banklari kapitalining yuqori 
sur‘atlar bilan o‗sish jarayoni kechmoqda. Bunday o‗sishga nafaqat 
davlat ulushi bor banklar, balki boshqa tijorat banklarining ham 
erishayotgani bank biznesi uchun mamlakatimizda qulay muhit 
yaratilganligini ko‗rsatadi. 
115
yoki kapitalning yetarliligi aktivlarning investitsion sifatlari va ularni 
risk darajasi bo‗yicha guruhlashni ko‗zda tutadi. Natijada Bazel II bank 
kapitallarini reyting agentliklari xulosalariga asoslangan holda yuqori 
riskli aktivlarni sekyuritizatsiyalab, qimmatli qog‗ozlarga aylantirishni 
rag‗batlantirgan. 
Shu bilan bir qatorda, asosan, yetakchi rivojlangan mamlakatlarda 
kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga 
kelishiga asosiy sabablardan hisoblanadi: 
- noratsional pul-kredit siyosatini hamda qayta moliyalash 
stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida 
qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;
- moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‗lari 
o‗rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
- qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta 
xulosalar berilishi; 
- moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va 
soxta audit xulosalari taqdim etilishi; 
- moliyaviy rag‗batlantirish uslubi sifat ko‗rsatkichlariga emas, 
balki miqdoriy ko‗rsatkichlarga asoslanganligi; 
- yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatli qog‗ozlarning 
vujudga kelishi va h.k.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling