Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb, tijorat bankla-
rining yirik pul bozorlaridan pul mablag‗larini jalb qilish, qimmatli qog‗ozlar, veksellarni, obligatsiyalar vositasini muomalaga qo‗yish yo‗li bilan mablag‗larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi. Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag‗larni jalb qilish- ning keng tarqalgan nodepozit shakllari ham mavjud bo‗lib, ularga quyidagilar kiradi: - banklararo bozordan qarz olish; - qimmatli qog‗ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish; - bank akseptlarini sotish; - tijorat qog‗ozlarini chiqarish; - evro-dollarlar bozoridan qarz olish; - kapital notalar va obligatsiyalar chiqarish v.b. 135 a) hukumat b) jismoniy shaxslar d) davlat korxonalari e) qo‗shma korxonalar f) xususiy korxonalar, korporatsiya va jamoalar g) boshqa talab qilib olinguncha depozitlar 0 10957 0 0 0 0 0 8,2 0 0 0 0 3. Muddatli depozitlar, jami 17159 12,9 Shu jumladan: a) hukumat b) jismoniy shaxslar d) davlat korxonalari e) qo‗shma korxonalar f) xususiy korxonalar, korporatsiya va jamoalar g) boshqa talab qilib olinguncha depozitlar 0 11659 5500 0 0 0 0 8,8 4,1 0 0 0 Jami depozitlar 133138 100 Jadval ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki, tijorat banki tomonidan jalb qilingan depozitlar ichida asosiy o‗rinni talab qilib olingungacha bo‗lgan depozitlar tashkil qilib, ular salmog‗iga 78,9 foiz depozitlar to‗g‗ri keladi. Muddatli depozitlar bankning barqaror kredit imkoniyatining asosi bo‗lsada, ularning hajmi barcha depozitlarning 12,9 foizini tashkil qiladi. Talab qilib olingunga qadar bo‗lgan depozitlar tarkibida asosiy o‗rinni korxona, korporatsiya va jamoalar, davlat korxonalari, hukumat mablag‗lari tashkil qilsa, muddatli depozitlar ichida asosiy o‗rinni jismoniy shaxslar mablag‗lari egallaydi. Tahlil qilinayotgan bankda aholi jamg‗armalari salmog‗i past bo‗lib, u jami depozitlarning 8,2 foizini tashkil qiladi. Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtayi nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb qilingan mablag‗lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi. Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlar- ning rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni chek- lanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o‗tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish im- koniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (ya‘ni mablag‗larning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon shaklda o‗tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nomlanadi. Markaziy bank tomonidan o‗rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo‗lib xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling