Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Forvard» kurs
Norezident jismoniy shaxslar
hisob raqamiga quyidagilar kirim qilinadi: - hisob raqam egasi nomiga xorijdan yuborilgan yoki O‗zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisob varaqlaridan o‗tkazilgan xorijiy valyuta, xorijdan hisob varaq egasining nomiga yuborilgan chet el valyutasidagi t o‗lov hujjatlari aks ettirilgan mabla g‗, hisob varaq egasi chet eldan olib kelgan chet el valyutasidagi t o‗lov hujjatlari plastik to‗lov va kredit kartochkalaridagi mablag‗lar, O‗zbekiston Respublikasi hududida o‗tkazma yozuv kiritilmagan, chet el valyutasida yuritiladigan hamda egasining nomi yozilgan holda bankka taqdim etilgan t o‗lov hujjatlaridagi mablag‗lar, vakolatli banklar ruxsati bilan chet el valyutasida yozib berilgan boshqa t o‗lov hujjatlari asosida t o‗lanishi lozim bo‗lgan chet el valyutasi, hisob varaq egasi chet eldan 179 Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs – bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir. Forvard kursi kelajakda valyutani aniq bir kunga yyetkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o‗zida ifoda etadi. Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o‗zgarishi natijasida yuzaga keladigan risklarni su g‗urtalash orqali bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs b o‗yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda valyuta kursi shartnomada k o‗rsatilgan kursdan farq qilsa, unda bir tomon foyda k o‗radi va ikkinchi tomon zarar ko‗radi. Masalan, siz joriy yil 1-yanvarda yilning 1-iyun kuni 1$ = 2200 s o‗m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo joriy yilning 1-iyun kuni 1$=2210 s o‗mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 10 so‗m miqdorida q o‗shimcha foyda ko‗rasiz. Agar 1-iyun kuni 1$=2195 s o‗mni tashkil etsa, unda har bir dollar- dan 5 s o‗mdan zarar ko‗rasiz. Forvard va spot kurslari valyuta bitimlarini amalga oshirish vaqti bilan bir-biridan farq qiladi.. Nazariy jihatdan forvard kursi spot kursiga teng b o‗lishi mumkin, lekin amaliyotda u doimo past yoki yuqori b o‗ladi. Agar forvard kursi spot kursidan yuqori b o‗lsa, valyuta forvard bitimida mukofot bilan kotirovka qilinadi. Agar forvard kurs spot kursidan past b o‗lsa, valyuta forvard bitimlarida diskont bilan kotirovka qilinadi. Odatda, forvard bitimlarida mukofot va diskontni umumiy tarzda ifodalash uchun Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling