Kredit shartnomasi va qarz shartnomasining farqli jihatlari
Kredit shartnomasi (Fuqarolik ko-
deksining 744-748-moddalari)
Qarz shartnomasi (Fuqarolik kodeksining
732-743-moddalari)
Asosan banklar, boshqa kredit tashkilotlari
kredit berishi mumkin
Barcha jismoniy va yuridik shaxslar boshqa
shaxslarga qarz berishi mumkin
Bankdan kredit sifatida faqat pul mabla
g‗lari
beriladi
Qarz sifatida esa pul mabla
g‗lari va boshqa
ashyolar berilishi mumkin
Doimo yozma shaklda tuzilishi kerak
Ba‘zi hollarda qarz shartnomasi og‗zaki
shaklda ham tuzilishi mumkin
Kredit shartnomasi konsensual shartnomadir Qarz shartnomasi real shartnomadir,
ya‘ni u
pul yoki ashyolar qarz oluvchiga topshirilishi
bilan tuzilgan hisoblanadi
Kreditor tomonidan qarz oluvchiga, hatto
shartnoma tuzilgandan keyin ham kredit
summasi butunlay yoki qisman berilmasligi
mumkin
Qarz beruvchi qarz oluvchiga qarz summasi-
ni berishdan bosh tortishga haqli emas,
chunki qarz summasi berilmagan taqdirda,
qarz shartnomasi tuzilmagan b
o‗lib qoladi
Bank bilan mijoz
o‗rtasida kredit shartnomasini tuzishda barcha
shartnomalar uchun zarur b
o‗lgan quyidagi asosiy talablar inobatga
olinsa, maqsadga muvofiq b
o‗lishi mumkin:
- barcha huquq va manfaatlarni t
o‗liq himoya qilish imkonini
beruvchi, barcha holat va vaziyatlar uchun t
o‗g‗ri keluvchi universal
shartnomalar shakli mavjud emas.
Barcha holat va vaziyatlarni
o‗z
ichiga qamrab oladigan shartnoma shaklini ishlab chiqishning imkoni
y
o‗q;
- shartnoma (bizning holatda kredit shartnomasi) individual
xarakterga ega b
o‗lgan rasmiy yuridik hujjatdir;
- aniq kredit shartnomasini tuzishda, kredit olish uchun murojaat
qilgan mijozlarga alohida (individual tarzda) yondashib, ularning
huquqiy maqomi, tashkiliy-huquqiy shakli va kreditlanayotgan
loyihaning xususiyatiga
e‘tibor berilishi maqsadga muvofiqdir.
Shartnoma tuzish jarayoniga yuridik va iqtisodiy jihatdan puxta,
aniq, talab darajasida ijodiy yondashish kerak.
370
Do'stlaringiz bilan baham: |