Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
o„yicha foiz stavkalarini
shakllantirishda quyidagi omillarga, ya‘ni: - jalb qilingan resurslar b o‗yicha foiz stavkalari muddati, hajmi, mijoz tavsifi, pul mabla g‗lari qaysi valyutada jalb qilinganligi v.b; - Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va majburiy rezerv me‘yoriga; - jalb qilingan mabla g‗lar bo‗yicha real foiz stavka o‗rnatilganligiga, ya‘ni aktiv operatsiyalar bo‗yicha o‗rnatilishi mumkin b o‗lgan foiz stavkasi va marja miqdorini hisobga olgan holda o‗rnatilishiga bog‗liq bo‗ladi. Tijorat banklarining resurslarni jalb qilish b o‗yicha foiz siyosati ularning depozit siyosati singari quyidagi omillarga: - resurslarni jalb qilish borasida q o‗llaniladigan bank vositalari va usullariga; - depozit munosabatlarining subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar)ga; - resurslarni jalb qilish muddatlari (qisqa muddatli, o‗rta muddatli yoki uzoq muddatli foiz siyosati)ga; - mabla g‗larni jalb qilish maqsadlari (investitsiya uchun, kreditlash yoki joriy likvidlikni ta‘minlash va h.k.)ga; - jalb qilingan resurslar b o‗yicha baho siyosati va amalga oshirilgan operatsiyalarning risklilik darajasiga bo g‗liq bo‗ladi. Mabla g‗larni jalb qilish borasida tijorat banklarining foiz siyosati quyidagi tamoyillarga tayanadi: - bankka jalb qilingan mabla g‗larning miqdori va bankda saqlanish muddatiga qarab foiz stavkalarini differentsiatsiyalash tamoyili; - jam g‗armalar bo‗yicha foizlarni differentsiatsiyalashda ―ijtimoiylik‖ (bolalar, yoshlar, yosh oilalar, qariyalar uchun, davlat dasturlarida belgilangan y o‗nalishlar bo‗yicha imtiyozli jamg‗armalar) tamoyili; - bank faoliyatining rentabelligini ta‘minlash tamoyili; - jam g‗armachilar mablag‗larini saqlash va himoya qilish tamoyili v.b. Aholi jam g‗armalari bank resurslarining bir qismini tashkil etganligi bois ular bo ‗yicha foiz stavkalarini o‗rnatishda jamg‗armaning 406 miqdori va muddatiga e‘tibor berish lozim. Chunki depozitlar bo‗yicha foiz stavkalarining o‗zgarishi kredit bahosining ham o‗zgarishiga olib keladi. Banklarnig mabla g‗larni jalb qilish borasidagi foiz siyosatining asosiy prinsipi-minimum xarajatlar bilan bank faoliyatini samarali olib borish uchun zarur b o‗lgan optimal miqdor va muddatdagi passivlar tarkibini ta‘minlashdan iborat. Bankning foiz siyosatida mabla g‗larni jalb qilishda ularning qiymatiga o‗z ta‘sirini o‗tkazuvchi boshqa omillar ham mavjud. Bular: 1. Markaziy bankning majburiy zaxiralariga ajratmalar normasi miqdori va ba‘zi jalb qilingan mablag‗larning turiga qarab bu normalarning turlichaligi. 2. Mijozlarni jalb qilish va ularga xizmat k o‗rsatish bilan bog‗liq bankning operatsion xarajatlari darajasi. 3. Bank reklamasiga sarflanadigan xarajatlar. 4. Bank mabla g‗larining oborotdan chetlashtirilishi va daromad keltirmaydigan operatsiyalarga jalb qilinishi. 5. Jalb qilingan mabla g‗larning miqdori va muddati, ular bo‗yicha foiz hisoblash va t o‗lash tartibi v.b. Bank resurslarini joylashtirish sohasida bankning foiz siyosatida: - O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorini; - resurslarni aniq vositalar (tijorat krediti, iste‘mol krediti, banklararo kredit, majburiyatlarni t o‗lash v.b.)ga joylashtirishning bozor shartlariga rioya qilish; - aktiv operatsiyalarning muddati, hajmi, qiymati, valyutasidan kelib q o‗shimcha resurslarni jalb qilish bo‗yicha bankning imkoniyatlari; - bankning o‗z mijozlari, yuridik va jismoniy shaxslar hamda boshqa banklar bilan hamkorlik munosabatlarini inobatga olish lozim. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari b Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling