Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

«Kredit liniyasini ochish» yo‗li bilan ssudalar berish bankning 
kafolatli majburiyatnomasi bilan rasmiylashtirilishi lozim. Bunda bank 
vakillik hisob vara
g‗ining holatidan qat‘i nazar, kredit shartnomasida 
belgilangan doiralarda kredit miqdori, muddati va limitida qarz 
oluvchiga hech qanday t
o‗siqlarsiz kredit berilishini kafolatlovchi 
majburiyatlarni 
o‗z zimmasiga oladi. 
Bankning kafolat majburiyatnomasi ikki nusxada tuziladi, ulardan 
biri kredit xodimining farmoyishiga k
o‗ra hisob yuritilishi uchun 
buxgalteriyaga beriladi va buxgalteriya b
o‗limida ―91809-bank bergan 
majburiyatnoma
‖ hisob varag‗ida o‗z ifodasini topadi, ikkinchisi qarz 
oluvchining kreditga doir hujjatlarida saqlanadi. 
«Kredit liniyasini 
ochish
» kreditning miqdori, undan foydalanish muddati va uni to‗lash 
davriyligi qarz oluvchining tovar yetkazib beruvchilar va xaridorlar 
bilan tuzgan shartnoma-bitimni tahlil qilish asosida belgilanadi, bu 
kredit shartnomasida aks ettirilishi lozim. 
«Kredit liniyasini ochish»ga xizmat ko‗rsatganlik uchun qarz 
oluvchi bankka foizlarni t
o‗laydi. Foizlar kreditdan foydalanish 
darajasidan 
qat‘i nazar kreditlash limitining barcha summasiga 
hisoblanadi. Bunda limitlashtirilgan summaning barchasini yoki bir 
qismini ishlatsa ham umumiy summaga nisbatan foiz t
o‗laydi. 
Kreditning qaytarilishi bank tomonidan belgilab beriladigan maxsus 
grafik b
o‗yicha mijozning hisob varag‗idagi mablag‗lardan amalga 
oshiriladi. Hisoblangan foizlar har oyda yoki belgilangan muddatlarda 
o‗tkazib boriladi va shartnoma muddati tugaganda asosiy qarz summasi 
bankka qaytariladi. Agar kreditni muddatdan oldin qaytarish istagi 
b
o‗lsa, to‗lov topshiriqnomasi orqali amalga oshiriladi. Agar ssuda o‗z 
muddatida qaytarilmasa, unda hisob raqamga tushayotgan barcha 
mabla
g‗lar ssudani qoplash uchun foydalaniladi. 
Ochiq kredit liniyalari bank va mijoz 
o‗rtasida o‗tkazilgan kredit 
shartnomasida k
o‗rsatilgan barcha hisoblangan pul hujjatlarini kredit 
hisobidan t
o‗lash imkoniyatini beradi.
Kredit liniyasi, asosan, bir yilga ochiladi, 
ba‘zi hollarda undan qisqa 
muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida 


430
amal qilish muddati 30 kun b
o‗lgan akkreditivlarni ochish uchun pul 
hisob-kitob hujjatlarini t
o‗lashda kredit berishlari mumkin.
X
o‗jalik yurituvchi subyektlarga «kredit liniyasini ochmasdan» 
degan alohida ssuda hisob vara
g‗idan kredit berish bir martalik ssuda 
berish y
o‗li bilan amalga oshiriladi. Bir marta ssuda berish to‗g‗risidagi 
qaror mavjud qoidalarda k
o‗zda tutilgan hujjatlar paketi asosida bank 
tomonidan har bir ssuda b
o‗yicha alohida qabul qilinadi. Kredit liniyasi 
ochilmasdan turib kreditlanayotgan b
o‗lsa, ularning obyekti tovar 
moddiy qimmatliklar uchun t
o‗lovlar, akkreditiv ochish va boshqa 
hisob-kitoblarni amalga oshirish hisoblanadi. Bunda har bir t
o‗lov 
maqsadli bajarish nuqtayi nazaridan tekshiriladi va kredit shartnomasi 
tuziladi. 
Kreditga b
o‗lgan talab bank tomonidan xo‗jalik yurituvchi subyekt 
bilan birgalikda kredit shartnomasi va paketdagi boshqa hujjatlardan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Kredit liniyasi ochilmaydigan qarz hisob varag
‗i bo‗yicha 
kreditlanganda, qarzning butun summasi 
ma‘lum kunda o‗tkaziladi va 
shu paytdan boshlab qarzning t
o‗la hajmi asosida foizlar hisoblana 
boshlaydi. Kredit: 
• majburiyatlarni qaytarish muddati kelishiga qarab qarz oluv-
chining hisob-kitob vara
g‗idan ssudalar bo‗yicha qarzlarni undirib olish 
y
o‗li bilan; 
• qarz oluvchining hisob-kitob varag‗idagi pul mablag‗larining 
b
o‗sh qoldiqlarini to‗lov topshiriqnomasi asosida ssuda hisob varag‗iga 
o‗tkazish yo‗li bilan muddatidan ilgari; 
• bank tomonidan kafolat, kafilliklar bo‗yicha olingan majbu-
riyatlardan, shuningdek, garov huquqini amalga oshirishdan tushgan 
mabla
g‗lardan foydalanish yo‗li bilan to‗lanadi. 
X
o‗jalik yurituvchi subyektlarga «kredit liniyasini ochish» yo‗li 
bilan kredit berish, kreditlashning oldindan belgilangan miqdori 
doirasida alohida ssuda hisob vara
g‗idan amalga oshiriladi. Mazkur 
hisob vara
g‗iga qarz olishning tovar moddiy boyliklar, asosiy faoliyatiga 
tegishli ishlarni bajarish va xizmatlar k
o‗rsatish uchun pul hisob-kitob 
hujjatlari bo
‗yicha haq to‗lanadi. Kredit liniyasi ochilganda esa kredit 
summasi t
o‗lov turi, vaqtiga qarab, to‗lov hujjatlariga ko‗ra ma‘lum 
muddat orali
g‗ida bo‗lib-bo‗lib o‗tkazib boriladi. Bunda qarz foizi 
faqatgina qarzdor hisobiga t
o‗langan summa bo‗yicha hisoblab boriladi, 
ssudani rasmiylashtirish shartnomalarini har gal bank bilan 
muvofiqlashtirishga ehtiyoj qolmaydi. 
419
4. Asosiy summani qaytarish yoki uning foizini t
o‗lash muddati 90 
kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir 
yildan k
o‗p bo‗lgan foizli aktivlar bo‗yicha). 
Aktivlarga foiz 
―o‗stirmaslik‖ maqomini bergan paytdan boshlab, 
banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim: 
1.
Foizli daromadlarni balans hisob varaqlarida hisoblash 
t
o‗xtatiladi. 
2. Barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans 
hisob varaqlaridan k
o‗zda tutilmagan holatlar hisob varaqlariga 
o‗tkazilishi lozim va aktivga «o‗stirmaslik» maqomi berilgandan so‗ng 
keyingi foizlar hisoblanishi k
o‗zda tutilmagan holatlar hisob varaqlarida 
amalga oshiriladi. 
3. Ushbu aktivlar b
o‗yicha barcha keyingi to‗lovlar, birinchi 
navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa 
kreditning asosiy summasini qoplashga y
o‗naltiriladi. 
Muddati 
o‗tgan foizlarni kapitalizatsiyalash orqali asosiy qarz 
summasiga q
o‗shib hisoblashga yo‗l qo‗yilmaydi.

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling