Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy foizlar
- Ts = Bq * (1+k*fs).
- Mtf = Ds * Fs / 100/ 12 * Dm.
Nominal foiz
stavkasi joriy davrdagi bozor foiz stavkasi hisoblansa, real foiz stavkasi inflyatsiya jarayonlari ta‘sirida pulning qadrsizlanish darajasini inobatga olib, nominal stavkaning qayta k o‗rib chiqilgan salmo g‗i hisoblanadi. Bank amaliyotida foizlarni hisoblashning turli xil metod va usullari mavjud b o‗lib, ko‗proq oddiy va murakkab foiz stavkalar qo‗llanadi. Oddiy foizlar asosan qisqa muddatli kreditlashda foydalaniladi. Unda shartnoma b o‗yicha kelishilgan muddatlar, har chorak yoki boshqa aniq muddatda foizlar hisoblanadi va kreditorga t o‗lab boriladi. Hozirgi kunda tijorat banklari k o‗pincha oddiy usulda foiz stavkasini hisob-kitob qilishdan foydalaniladi. Bunda qarzning asosiy summasini hisobga olgan holda qarzdorning jami t o‗lovlari hajmini quyidagicha aniqlash mumkin: Ts = Bq * (1+k*fs). Bu yerda, Ts – boshlang‗ich qarzni hisobga olgan holda kredit b o‗yicha to‗lovlar summasi; Bq – boshlang‗ich qarz; fs – foiz stavkasi; k – ssudaning muddati, yillar (360 yoki 365 kun) yoki kunlar b o‗yicha kredit munosabatlarning davriyligi. Masalan, x o‗jalik subyektiga 200 mln so‗m kredit, yillik foiz stavkasi 12 foizdan, 6 oy muddatga berilgan b o‗lsa, kredit bo‗yicha t o‗lovlar summasi: Ts =200 000000*(1 + 0,12*180 kun/ 365 kun) =211 835 616,4 s o‗mni tashkil etadi. Mijozning bank kreditidan foydalanganligi uchun t o‗laydigan foiz summasi 11 835616,4 so‗mga teng bo‗ladi. Bankning mabla g‗larni jalb qilishi bilan bog‗liq foiz stavkasini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin. Mtf = Ds * Fs / 100/ 12 * Dm. Bu yerda, Mtf – mijozga to‗lanishi kerak bo‗lgan foiz miqdori; Ds – depozit summasi; Fs –foiz stavkasi; Dm – depozit muddati. Buni quyidagi misol orqali k o‗rishimiz mumkin. Masalan, tijorat banki mijoz – jismoniy shaxsdan 3 000000 so‗mni 20 foiz stavka bilan 3 418 oylik muddatli omonotga jalb qildi. Mijozga tegishli b o‗lgan foiz miqdori = 3 000000 * 20 / 100 / 12 *3 =150 000 s o‗mni tashkil qiladi. Bank amaliyotida murakkkab foizlar ham q o‗llanishi mumkin. Ular odatda uzoq muddatli kreditlashda q o‗llanilib, hisoblangan foiz summalari shartnoma muddati tugallanmaguncha kreditorga t o‗lanmaydi, balki qarzning asosiy summasini ko‗paytiradi. Bizning bank amaliyotimizda murakkab foiz hisoblash metodi asosan yuridik va jismoniy shaxslarning depozit va omonat schyotlari b o‗yicha qo‗llanadi. Bu usuldan foydalanganda hisoblangan mabla g‗lar hajmi qarzga q o‗shiladi va ularga nisbatan foiz hisoblanib boriladi. Foiz hisoblashning usullari k o‗p jihatdan berilgan kreditning muddatiga bo g‗liq bo‗ladi. Bularga muvofiq tarzda quyidagi murakkab foizlarni hisoblashning variantlari q o‗llanadi: Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling