Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
576 b o‗lgan foyda yo‗qotilishini minimallashtirish imkoniyatiga ega b o‗linganligidir. Tijorat banki moliyaviy barqarorligining yana bir komponenti bank faoliyatining foydaligidir. Bank foydasining o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, agar ishlab chiqarish sohasida xarajatlar o‗zgaruvchan kapital va qisman q o‗shimcha qiymat hisobidan qoplansa, banklarda esa muomala xarajatlari t o‗la, faqatgina qo‗shimcha qiymat qismidan qoplanadi. Foyda olish - bank faoliyati k o‗lamini kengaytirish manbalaridan biridir. Agar bank ishida kapitalga daromad boshqa tijorat tashkilotlariga nisbatan past b o‗lsa, kapital qo‗llash foydaliroq bo‗lgan boshqa sohalarga y o‗naltiriladi. Bundan tashqari, foyda rahbariyat faoliyatini ra g‗batlantiradi, chunki ular operatsiyalar hajmini oshirish va takomillashtirish, xarajatlarni kamaytirish va xizmatlar sifatini oshirganliklari uchun foydaning bir qismini mukofot shaklida olishlari mumkin. Bank foydasining eng muhim funksiyalaridan biri k o‗zda tutilmagan y o‗qotishlar holati uchun zaxiralar shakllantirishdir. Tijorat bankining zararsiz faoliyati uning moliyaviy asosini mustahkamlaydi va, aksincha, uzoq muddat mobaynida zarar bilan faoliyat k o‗rsatish bankni bankrotlikka olib borishi mumkin. Banklar muomala sohasi korxonasi sifatida o‗z foydasini bank operatsiyalarining natijasi b o‗lgan bank mahsulotini sotish asosida shakllantiradi. Bank faoliyatining foydalilik darajasi bank faoliyati harakteri, ixtisoslashuvi, uning kapitalining kattaligi, strukturasi va filiallarining mavjudligi hamda mustaqillik darajasiga bo g‗liq. Bank faoliyatining foydaliligi rentabellikning muhim k o‗rsatkichlari majmuyi bilan aniqlanadi. Bu k o‗rsatkichlarga: kapitalga foyda me‘yori, yalpi aktivlarning daromadliligi va foydaliligi, sof foiz marja, foizsiz yuk, aktivlar tizimi va ―ishlovchi‖ aktivlar salmog‗i, passivlar tizimi va t o‗planadigan passivlar salmog‗i, ishlovchi aktivlarning daromadliligi, foizli tashlanma kiradi. Ichki tahlil nuqtayi nazaridan faoliyatning moliyaviy ishonchliligi va rentabellik tahlili juda muhim ahamiyatga ega. O‗zbekiston iqtisodiyotida mavjud b o‗lib turgan ma‘lum darajadagi inflyatsiya sharoitida foydalilik tahlilining dolzarbligi yanada oshadi. Foydani kamaytirishga sabab b o‗luvchi omillar quyidagilardir: balansning nolikvidligi, bunda likvidlik kamomadini t o‗ldirish uchun q o‗shimcha kredit resurslarini jalb qilish zarurati tug‗iladi; 561 mijozlarning boyliklarini har xil y o‗llar bilan yo‗qotishlarining oldini oladi. -Menejment xizmati bo‗yicha daromadlar. -Tijorat banklari chet el valyutasida olib boradigan barcha oper- atsiyalardan, uning oldi-sotdisidan ham daromad oladi. Bunda tijorat banki ma‘lum bir kursda chet el valyutasini sotib oladi va uni yuqoriroq narxda sotadi, ya‘ni chet el valyutasidagi bank operatsiyalari bo‗yicha sotilmagan musbat kurs tafovutlari bank, jumladan, ochiq valyuta pozitsiyasi b o‗yicha sotilgan musbat kurs tafovutlari bank daromadlari safiga kiritiladi. Kafolatlar va kafilliklar b o‗yicha operatsiyalarni amalga oshirishda k o‗rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar; - bankning boshqa xususiy mulklarining ijarasidan olingan daromadlar; - bank mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda; - bank kassasidan chiqqan ortiqcha pullar, jumladan bank, kassasida turgan amaldagi mabla g‗ qoldig‗i bilan hisob hujjatlarida ko‗rsatilgan ma‘lumotlar orasidagi musbat tafovut; - qarzdor zimmasiga yuklangan yoki u tan olgan jarimalar, penyalar, turli t o‗lovlar hamda shartnoma shartlarini buzganlik uchun q o‗llaniladigan boshqa turdagi jazo choralari, shuningdek, bankka yetkazilgan zarar qoplamasi sifatidagi daromadlar hamda olingan boshqa jarima va penyalar. Mijoz shartnomada belgilangan t o‗lovni t o‗lay olmaganida har bir kechikkan kuni uchun bankka penyalar yoki jarimalar t o‗laydi. Bank xodimlari tomonidan ularning aybi bilan bank k o‗rgan zarar va chiqimlar o‗rnini qoplash uchun to‗lagan summalar ham bankning foizsiz daromadiga misol b o‗la oladi. Bankning avvalgi yillarda olingan, lekin hisobot yilida aniqlangan foydasi joriy yildagi operatsiyalarda tijorat banklari mijozlarga belgilangan summadan yuqori t o‗lasa bank kamchiliklarni topib uni qaytarib undirib olish, avvalgi yillardagi bajargan operatsiyalarga vositachilik haqi, bank foizlari joriy yilda undirib olinadi. Mijozlar ilgari bank k o‗rgan zarar hisobiga o‗tkazib yuborilgan qarzlarni qaytarishi va boshqa foizsiz daromadlar. Bu mabla g‗lar bankning foizsiz daromadlari safiga kiradi. Tijorat banklari omonat b o‗yicha to‗laydigan foizni o‗zlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va t o‗langan foizlarning summalari o‗rtasidagi farq banklarning 562 yalpi foydasini tashkil etadi. Unga boshqa har xil operatsiyalardan k o‗rilgan daromadlar ham kiradi. Bank yalpi foydasining bir qismini o‗z xarajatlarini qoplashga, soliqlarni t o‗lashga yo‗naltiriladi, qolgan qismi esa sof foydani tashkil qiladi. Tijorat bankining daromadlari manbalari ichida aktivlari asosiy o‗rinni egallaydi. Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari: daromad keltiruvchi aktivlar va daromad keltirmaydigan aktivlarga b o‗linadi. (oldingi mavzuda ham bu haqda ta‘kidlangan edi). Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling