Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Kontokorrent hisob vara
g„i ochilganda mijozning boshqa hisob varaqlari yopiladi. Kontokorrent hisob vara g‗ining debet qoldig‗i bo‗yicha mijoz bankka shartnomada kelishilgan stavkada foizlar t o‗laydi, kredit qoldig‗i b o‗yicha bank mijozga shartnomaga muvofiq foiz to‗laydi. Kontokorrent hisob vara g‗ining amal qilish muddati 12 oydan oshmasligi lozim. Muddat tugashi bilan mijoz kredit saldosini ta‘minlashi kerak. Aks holda, muddat tugagach uni to‗la so‗ndirgunga qadar kredit berish t o‗xtatiladi. Overdraft kontokorrent kreditning maxsus shakli hisoblanadi. Uning alohida xususiyati shundaki, bank mijozga uning hisob raqamida qisqa davr ichida debet saldoga ega b o‗lishga ruxsat beradi. Odatda, overdraftdan juda ishonchli mijozlarga foydalanishga ruxsat etiladi. Overdraftda overdraft hisob varaqqa kelib tushayotgan barcha summalar qarzdorlikni s o‗ndirish uchun yo‗naltiriladi, natijada kreditning hajmi kelib tushayotgan mabla g‗lar hajmiga qarab o‗zgarishi mumkin. Overdraftda qarzdor har oyning oxiriga overdraft qoldi g‗i b o‗yicha kredit saldosini ta‘minlanishi kerak. Agar mijozning shu bankda depozit hisob vara g‗i bo‗lsa, undagi mablag‗lar doirasida doimiy debet saldoga ega b o‗lishiga ruxsat beriladi. Aksincha bo‗lsa, mablag‗lar berish kredit t o‗la so‗ndirilgunga qadar to‗xtatiladi. Tovar moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, k o‗rsatilgan xizmatlar (asosiy faoliyatga tegishli b o‗lgan)ni to‗lash uchun alohida ssuda hisob varaqdan qimmatli qo g‗ozlar garovi ostida qisqa muddatli kredit 272 cheklarning tez-tez qaytib kelishiga inspektorlar katta e‘tibor beradi. Bunday dalillar asosida mijozning haqiqiy moliyaviy ahvoli va uning pul mabla g‗larini boshqarish qobiliyati haqida xulosa qilinadi. Kredit mexanizmining muhim elementlaridan biri b o‗lgan - kreditga layoqatlilikdir. Korxonalarning kreditga layoqatliligini hisobga olgan holda kredit berish, kreditni o‗z vaqtida qaytarishning muhim shartidir. Davlat mulkchiligiga asoslangan jamiyatda kreditga layoqatlilik k o‗rsatkichi kredit mexanizmda muhim o‗rinni egallay olmaydi. Banklar faoliyatiga davlat yakka hukmronligi ularning mustaqil subyekt sifatida faoliyat k o‗rsatishiga to‗sqinlik qiladi va kredit resurslari markazlashgan tarzda, reja asosida tasdiqlanadi hamda taqsimlanadi. Eng xususiyatli tomoni shundaki, banklar beradigan kreditlari b o‗yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilay olmaganlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa kreditga layoqatlilik k o‗rsatkichi kredit berishda e‘tibor qilinadigan asosiy ko‗rsatkichlardan hisoblanali. Chunki tijorat banki o‗z faoliyati natijasi uchun to‗liq javobgar hisoblanadi. Kredit uchun foizni tijorat banklari o‗z faoliyatidan kelib chiqib o‗zlari belgilaydi hamda u banklarning asosiy daromad manbayi b o‗lib qoladi. Korxonaning kreditga layoqatliligini o‗rganish tijorat bankiga kredit berish mumkinligini aniqlashga, uning miqdorini, foiz stavkasining darajasini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari, kreditga layoqatliligini aniqlash kreditni o‗z vaqtida qaytarish ehtimolini, eng asosiysi bank riskini kamaytirishga imkon beradi. Kreditga layoqatlilikni baholash korxonaning o‗zi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu k o‗rsatkichlarning tahliliga asoslanib, ular mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va boshqa banklar bilan o‗zaro munosabatlarni o‗rnatishlari mumkin. Ijobiy kreditga layoqatlilik k o‗rsatkichga ega bo‗lgan korxonalar hech qanday t o‗siqlarsiz kredit olishlari va uning hisobidan tovar moddiy boyliklarni sotib olishi, salmoqli mabla g‗larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, oldindan olingan kreditlar b o‗yicha turli to‗lovlarni amalga oshirishi mumkin. Salbiy kreditga layoqatlilik k o‗rsatkichiga ega b o‗lgan korxonalar bankdan kredit ololmasada, o‗z moliyaviy ahvolini yaxshilash, ishlab chiqarish, sotuv hajmini, o‗z mablag‗lari miqdorini, rentabellilik k o‗rsatkichlarini oshirish bo‗yicha choralar ishlab chiqish lozimligi t o‗g‗risidagi axborotga ega bo‗lishi shart. Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishda ma‘lumotlarning har xil manbalaridan foydalaniladi: 257 Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling