Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Aylanma aktivlarni tashkil etish manbalari (foiz hisobida)
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- qarz oluvchi nuqtayi nazaridan kreditga layoqatlilik
Aylanma aktivlarni tashkil etish manbalari (foiz hisobida)
№ Manbalar 1.01.2010 1.01.2012 1.01.2014 1.01.2015 1 O‗z aylanma mabla g‗lari 31 43 59 68 2 Bank kreditlari 45 38 30 20 3 Kreditor qarzlar 14 10 15 9 4 Boshqa manbalar 10 9 6 3 Jami 100 100 100 100 Jadval ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki, oxirgi yillarda aylanma aktivlarni tashkil qilish manbalari ichida korxonaning o‗z aylanma mabla g‗lari salmog‗i oshib bormoqda. XX asrning 90-yillarida korxonalar aylanma mabla g‗larining 50-60 foizidan ortig‗i bank krediti hisobidan tashkil qilingan b o‗lsa, 2014-2015-yilga kelib korxonaning o‗z mablag‗lari miqdori qariyib 60-70 foizni tashkil etmoqda. Bu k o‗rsatkich xo‗jalik faoliyatini olib borish mustaqilligidan dalolat beradi. X o‗jalik subyektlarining aylanma aktivlarini tashkil qilishda kreditning rolini quyidagilar bilan ifodalash mumkin: 267 Iqtisodiy adabiyotlarda bu k o‗rsatkichning mohiyati to‗g‗risida turli ta‘riflarni uchratish mumkin. Ko‗pgina mualliflar tomonidan kreditga layoqatlilikka, korxonalarning qarz majburiyatlarini o‗z vaqtida va to‗liq bajara olish imkoniyati sifatida ta‘rif beriladi. Bizning fikrimizcha, bu ta‘rif ko‗proq korxonaning to‗lovga layoqatliligiga berilgan ta‘rifdir. Amaliyotda kreditga layoqatlilik k o‗rsatkichi ko‗proq bankdan qarz oluvchi korxona faoliyatini ifoda qiladi. Kreditga layoqatlilik k o‗rsatkichlarini ikki tomonlama ko‗rib chiqish mumkin: - qarz oluvchi nuqtayi nazaridan kreditga layoqatlilik - bunda kredit shartnomasini tuzish imkoniyati, olingan kreditlarni o‗z vaqtida qaytara olish qobiliyatini ifodalasa; - bank nuqtayi nazaridan – bu ko‗rsatkich korxonaga beriladigan kreditning hajmini t o‗g‗ri aniqlay olish mas‘uliyatini bildiradi. Ba‘zi iqtisodchilar qarz oluvchining kreditga layoqatlilik k o‗rsatgichini baholashda birinchi o‗ringa korxonaning daromad olish imkoniyatini q o‗yishadi. Bizning fikrimizcha, daromad olish - korxonaning ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat turining natijasi hisoblanib, shu natijaga erishish maqsadida korxona kreditga muhtojlik sezadi. Agar qarzlarni t o‗lash miqyosida qaraydigan bo‗lsak, kreditga layoqatlilikka nisbatan t o‗lovga layoqatlilik tushunchasi kengroqdir. Chunki t o‗lovga layoqatlilik jismoniy va yuridik shaxslarning barcha qarz va majburiyatlarini o‗z vaqtida to‗lay olish imkoniyatini ifodalaydi. Kreditga layoqatlilik t o‗lovga layoqatlilikdan farq qilib, ssuda bo‗yicha qarzlarni o‗z vaqtida to‗lash imkoniyatini ko‗rsatadi. Undan tashqari kreditga layoqatlilik t o‗lovga layoqatlilikdan to‗lash manbalari bilan ham farq qiladi. Korxona, tashkilotlar o‗z qarz, majburiyatlarini sotishdan tushgan tushum yoki boshqa har xil tushumlar hisobidan amalga oshirsa, kredit b o‗yicha qarzlarni to‗lash, birinchi navbatda, mahsulotni sotish hisobidan tushgan tushumdan amalga oshirilishi belgilanadi. Bank kreditini t o‗lash bo‗yicha muammolar yuzaga kelganda, ssudani t o‗lashning kafolatlik manbalari qo‗l kelishi mumkin. Bular: - ssuda bo‗yicha garov sifatida olingan mulk; - boshqa bank yoki korxonalarning kafolati; - sug‗urtalash hisobidan qoplash v.b. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, t o‗g‗ri kredit bergan bank, korxona t o‗lovga layoqatli bo‗lmagan holda ham bergan kreditni, t o‗liq yoki qisman qaytib olishni mo‗ljallashi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling