Afrika materigi davlatlari haqida tushuncha.
|
Maydoni – 30,3 mln km²
Aholisi – 1mlrd 136 mln kishi
Davlatlar va mamlakatlar soni – 62 ta. Ulardan 10 tasi orol, 15 tasi quruqlik ichkarisidagi, 37 tasi dengiz chegaralariga ega davlatlar va mamlakatlar hisoblanadilar.
Mustaqil davlatlar soni – 54 ta
|
Afrika hududi 5 ta subregionga ajratiladi (34-jadval). Bular Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika subregionlaridir.Ular bir-birlaridan geografik o‘rin xususiyatlari, tabiiy resruslar bilan ta’minlanganlik darajasi, maydon o‘lchamlari, joylashgan davlatlar soni kabi ko‘rsatkichlariga ko‘ra farq qiladi.
25-rasm. Afrika hududining subregionlarga ajratilishi
Manba: “Worldometers” tashkiloti ma’lumotlari,2021.
1-jadval
Afrika subregionlari haqida umumiy ma’lumotlar
Subregionlar
|
Maydoni, mln. km2
|
Aholisi soni, mln. kishi
|
Davlatlar soni
|
Shimoliy
|
8,5
|
218
|
7
|
G‘arbiy
|
6,0
|
341
|
16
|
Sharqiy
|
6,3
|
379
|
17
|
Markaziy
|
6,6
|
142
|
9
|
Janubiy
|
2,7
|
61
|
5
|
Manba: “Worldometers” tashkiloti ma’lumotlari, 2022.
42 - jadval
Afrika subregionlarining xalqaro geografik mehnat taqsimotidagi o‘rni
Afrika subregionlari
|
Sanoat ixtisoslashuvi
|
Qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvi
|
Shimoliy Afrika
|
Asosiy sanoat markazlarining O‘rta yer dengizibo‘yi va unga yaqin yerlarda hamda neft va fosforit konlari yaqinida shakllanganligi
|
Paxta, zaytun, uzum, tsitrus mevalar, vohalarda xurmo yetishtirish. Qo‘ychilik, tuyachilik.
|
G‘arbiy Afrika
|
Olmos, boqsit, neft, qalayi, temir rudalari qazib olish
|
Yog‘ beruvchi pal’ma, yeryong‘oq, paxta, kakao-dukkaklari, qahva
|
Sharqiy Afrika
|
Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari rivojlanmagan
|
Qahva, choy, tamaki, shakarqamish
|
Markaziy Afrika
|
Mis, kobal’t, uran, olmos qazib olish. Rangli metallurgiya, o‘rmon sanoati
|
Paxta, yog‘ beruvchi pal’ma
|
Janubiy Afrika
|
Ko‘p tarmoqli iqtisodiyoti
|
Bug‘doy, makkajo‘xori, jun
|
Manba: “Worldometers” tashkiloti ma’lumotlari, 2022.
AVSTRALIYA VA OKEANIYA
Avstraliyaning geografik o‘rni, shakllanish bosqichlari va davlat tuzumi. Maydoni – 7692,0 ming km.kv.
Aholisi – 23 mln. kishi.
Hamdo‘stlik tarkibidagi davlat.
1901 yil 1 yanvaridan dominion davlat hisoblanadi.
Mustaqillik kuni – 11 sentyabr 1931 y. (3mart 1986 y)
Davlat tuzumi – parlamentar konstitutsion monarxiya davlati.
Davlat tili – ingliz tili.
Davlat dini – xristian dini.
Okeaniyaning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti, resurslari
Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan.
Umumiy maydoni – 1,26 mln. km².
Aholisining soni – 11 mln. kishi. 16 ta davlatlar va hududlardan tashkil topgan.
Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy maydoni – 1,26 mln. km²ni tashkil etadi. Mazkur mintaqada 11 mln. kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi.
40 – jadval
Okeaniya mamlakatlari
№
|
Davlatlar
|
Maydoni (kv.km)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |