Amerika 2 ta yirik siyosiy-geografik mintaqa — Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasiga bo‘linadi. Shimoliy Amerikada AQSH va Kanada joylashgan. Amerikadagi AQSHdan janubda joylashgan barcha davlatlar Lotin Amerikasi mintaqasini tashkil qiladi. Jahonning ushbu yirik mintaqasi Lotin Amerikasi deb atalishi ko‘p davlatlarida aholi qadimgi lotin tilidan kelib chiqqan ispan, portugal va fransuz tillarida so‘zlashishi bilan bog‘liq.
Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasi davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda aholining milliy-madaniy xususiyatlari bilan farq qiladi. AQSH va Kanada “Katta yettilik” guruhi tarkibiga kiruvchi rivojlangan davlatlar bo‘lsa, Lotin Amerikasi davlatlari rivojlanayotgan mamlakatlar turkumiga kiradi.
Lotin Amerikasi davlatlari
Maydoni – 21 mln. kv.km.dan ortiq
Aholisi – 596 mln. kishidan ortiq
Mustaqil davlatlar soni – 22 ta.
Shimoldan janubga 11000 km.ga cho‘zilgan.
Shimoliy Amerikaning janubiy qismida, Rio-Bravodel’ - Norte daryosidan janubida (Markaziy Amerika va Vest-Indiya bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan mamlakatlarning umumiy nomi. Umumiy mayd. 20,5 mln.km2. Lotin Amerikasida Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Niqaragua, Panama, Sal’vador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, CHili, Ekvador davlatlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSh mulklari joylashgan.
Lotin Amerikasi 3 ta subregionga ajratiladi:
Markaziy Amerika
And mamlakatlari
La-Plata davlatlari
JAHON MAMLAKATLARINING ENG MUHIM BELGILARIDAN BIRI ULARNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DARAJASI
Jahon mamlakatlarining eng muhim belgilaridan biri ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidir. Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganini baholash uchun bir qancha mezonlar qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |