Jahonning regional tavsifi


Aholisi (kishi) YaIM


Download 0.6 Mb.
bet3/5
Sana01.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1317939
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-М. Жахон регионал тавсифи

Aholisi (kishi)

YaIM (mln $)

Aholi jon boshiga YaIM ($)

1

Papua-Yangi Gvineya

462840

9122994

23590

2691

2

Yangi Zelandiya

268680

4882949

21100

39870

3

Solomon orollari

40400

704000

1570

2661

4

Fiji

18274

906377

4380

4717

5

Yangi Kaledoniya

18519

290000

10000

38896

6

Vanuatu

12190

292680

930

3118

7

Samoa

3030

202000

850

6516

8

Kiribati

812,34

122881

200

2291

9

Tonga

748

106000

510

6378

10

Mikroneziya

702

104000

402

3928

Manba:Worldometers” tashkiloti ma’lumotlari, 2022.
Okeaniyaning tarkibiy tuzilishi
Okeaniya tarkibiy jihatdan Mikroneziya, Melaneziya va Polineziyadan tashkil topadi. Federativ davlatlar: Avstraliya Ittifoqi, Mikroneziya Federativ Shtatlari.
Monarxiya davlatlar: Tongo, Samoa. Mustamlaka hududlar: Ame-rika Samoasi, Guam, Miduey, Ueyk, Kingmen rifi (AQSh), Pitkern (Buyuk Britaniya), Norfolk, Rojdestvo, Kokos, Ash-mor va Karte orollari (Avstra-liya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya).
Polineziya tarkibiga kiruvchi davlatlar: 5 ta mustaqil davlat,9 ta AQSh hududi,3 ta Yangi Zellandiya,2 ta Fransiya, 1 tadan Buyuk Britaniya va Chiliga tegishli hududlar bor.
Mikroneziya tarkibiga kiruvchi davlatlar: 4 ta mustaqil davlat,2 ta AQSh hududi,1 ta Kiribati hududi mavjud.
Melaneziya tarkibiga kiruvchi davlatlar: 5 ta davlat mavjud.


AMERIKA
Amerikaning zamonaviy siyosiy xaritasida 35 ta mustaqil davlat mavjud (149-a, 149-b-rasmlar). Ular o‘z hududiy kattaligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Qit’adagi 4 ta mamlakat dunyoning 10 ta eng yirik davlatlari qatoridan joy olgan — Kanada, AQSH, Braziliya va Argentina. Ulardan tashqari, Boliviya, Kolumbiya, Peru va Meksikaning maydoni 1 mln km2 dan oshadi. Venesuela va Chili davlatlarining hududi esa 500 ming km2 dan ortiq. Shu bilan birga, Amerikadagi 7 ta davlat maydoni 1 ming km2 dan kam. Ularning barchasi Karib dengizidagi orollarda joylashgan. Qit’ada faqatgina 2 ta davlat — Boliviya va Paragvay dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas. Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama va Kolumbiya qirg‘oqlari ikkita, ya’ni Atlantika va Tinch okean suvlari bilan yuviladi. AQSH va Kanada esa uchta — Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeanlariga chegaradosh. Karib dengizi va Atlantika okeanining unga tutash qismida jami 13 ta orol davlatlar joylashgan (150-rasm). Ulardan maydoni jihatidan eng kattasi Kubadir. Amerikadagi 35 ta davlatdan 26 tasi respublika, 9 tasi Britaniya Hamdo‘stligi qirolliklari, ya’ni konstitutsion monarxiyalar hisoblanadi. Konstitutsion monarxiyalardan 2 tasi — Kanada va Beliz Shimoliy Amerika materigida joylashgan bo‘lsa, qolgan 7 tasi Karib dengizidagi orol mamlakatlardir.
Amerikada 7 ta federativ davlat joylashgan — AQSH, Argentina, Braziliya, Kanada, Meksika, Venesuela hamda Sent Kits va Nevis. Sent Kits va Nevis davlati 2 ta mayda oroldan iborat bo‘lib, Amerika qit’asidagi eng kichik davlat, shuningdek, jahondagi eng kichik federativ davlat hisoblanadi.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling