Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet50/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

08.09.2008.

Oq gulim

Xayol daryosida dovdirab oqsam,
Ko’ngil ko’zgusida jovdirab boqsam,
Oftobdan olisda, oydan yiroqsan,
Goh singlim, gohida sevgilimdaysan,
Orzuyim bog’ida oq gulimdaysan.

Kokil yoyib uxlar oy og’ushimda,


Bir pari jilmayar har kech tushimda,
Saharlarda qaytsam aqlu hushimga,
Goh singlim, gohida sevgilimdaysan,
Orzuyim bog’ida oq gulimdaysan.

Oftobdek orazing sochar shaffof rang,


Telbadek termulib oshiq holi tang,
Bahor chechagiday chiroyli chehrang,
Goh singlim, gohida sevgilimdaysan,
Orzuyim bog’ida oq gulimdaysan.

Bu dunyo yolg’onchi, biz ham yolg’onchi,


Izma-iz ekan ishq armon, quvonchi,
Har tong ko’zim ochsam kiprikda tomchi,
Goh singlim, gohida sevgilimdaysan,
Orzuyim bog’ida oq gulimdaysan.

Vujudim qartayib, ko’ngil qarimas,


Dil bog’idan gulu sunbul arimas,
Jalil Rahmat yarim hushyor, yarim mast,
Goh singlim, gohida sevgilimdaysan,
Orzuyim bog’ida oq gulimdaysan.
03.08.2008.

Subh salomi


Subh salomin sochdi sabolar,


Saharlarda sarafroz sayr.
Sevgi soldi sitam, savdolar,
Satrlarda sarg’aydi sabr.

Sohibjamol sayratganda soz,


Sadoqatning sadosi sirli.
Sevinch, selobin sepganda sof,
Saodatning sahni sururli.

Soy serjilo, sohillar sokin,


Suvda suzar suluv surati.
Silaganda sunbula sochin,
Safobaxshdir sanam suhbati.

Sarvu sanobarlar sarvari,


Suyanganim, suqsurvashim sen.
So’zim sehri, sozim sayqali,
Suyukligim, sururbaxshim sen.

Sitoralar saf-saf samoda,


Sog’inchimni sochmoqda serob.
Sarsonman, sarbasar sahroda,
Sarchashmaday sachraydi sarob.

Sarxush sog’ar so’rab soqiydan,


Sof sevgimga sarmast sig’indim.
Setor sehrin sezib subhidam,
Sarvinozim seni sog’indim.
Ey Buxoro, sen beqiyossan

Xudo o’zi xush nazar qilgan,


Tuprog’ingni tilla, zar qilgan,
Jamolingni jilvagar qilgan,
Sharif zamin, nomingga mossan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Osmoningda kezar farishta,


Bag’ring o’xshar Bog’i Behishtga,
Nur jimirlar har bitta gishtda,
Sharif zamin, shoningga xossan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Koshinkorlar, usta, kulollar,


Taqib yursa arzir tumolar,
Soya salqin toqlar, minorlar,
Bahosi yo’q oltin, olmossan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Hunarmandlar rastama-rasta,


Ark saroyi, masjid, madrasa,
Hayrat ichra sayyoh maqtasa,
Yolg’oni yo’q, haqiqat, rostsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Mehr to’la ko’ngil kosang bor,


Sehr to`la “Mohi Xossa”ng bor,
Tovlanguvchi tovuslar bisyor,
Parilarga xushro’y pardozsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Avliyolar qudug’i quddus,


“Labi hovuz”, “Boloyi hovuz”,
Tub-tubidan kelar bu tovush,
“Chashmayi Ayub”san, ixlossan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Ilmi buyuk Imom Buxoriy,


Oftobtal’at nurli ruxsori,
Chorlab turar hidoyat sari,
Shu’lalari so’nmas quyoshsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Shamchirog’in tutqazib qo’lga,


Yeti pirni yetkazding elga,
Duosi dur sochar har yerga,
Balolardan xoli, xalossan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.
Ibn Sino sir, sinoati,
Yaratganning bir inoyati,
Ibratlidir har rivoyati,
Amal qilganlarga ko’z, qoshsan
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Sahnasida mumtoz necha nom,


San’atiga gultoj “Shashmaqom”,
Hayajondan titragan makon,
Sayqal topgan sarafroz sozsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Qalam tutsa, adib, shoiri,


O’zgachadir so’zning sohiri,
Mavjlanadi ko’ngil sohili,
Ko’hnadirsan, navqiron yoshsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Bog’u dalang, sayhoning suydim,


Ifori xush rayhoning suydim,
Jovdiragan jayroning suydim,
Gulgun chehra bahorsan, yozsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Xalqing tanti, saxiy, fidoyi,


Hosil bersa paxta, bug’doyi,
Yurtga berar xayru xudoyi,
Qanoatsan, sabr, bardoshsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Bobolari nigohi nekbin,


Momolari so’z boshlar sekin,
Sira yerda qoldirmas yukin,
Olam ichra baland ovozsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

“Qizbibi”ga nabira qizi,


Yigitida arslon izi,
“Alhamdu lillah” islom so’zi,
El ichra e’tibor, e’zozsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.

Qadrli har qal’a, devori,


Zardo’z, zargar, usta me’mori,
Jalil Rahmat iftixor, ori,
Qalb qasrida mohir naqqoshsan,
Ey Buxoro, sen beqiyossan.
Yaqin do’st

Uzilib tushayotgan,


Yaproq menga yaqin do’st.
Yaproqni quchayotgan,
Tuproq menga yaqin do’st.

Egnimdagi o’sha qirq,


Yamoq menga yaqin do’st.
Qalamni yondirsa ishq,
Barmoq menga yaqin do’st.

Ko’ksim ohlari oqqan,


Irmoq menga yaqin do’st.
Parilarga xush yoqqan,
Qirg’oq menga yaqin do’st.

Og’ushiga chorlagan,


Firoq menga yaqin do’st.
Olislarda porlagan,
Chiroq menga yaqin do’st.

Qalbim har dam larzada,


Titroq menga yaqin do’st.
Rabbim har bir lahzada,
Ko’proq menga yaqin do’st.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling