Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet2/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

N O SH U K R L I K
N O N I N I Y E M A
Nasibasi gulmi, tikanmi,
Har kim o’rar o’zi ekkanni,
Eling uchun tut bir yelkangni,
Bu dunyoga shunchaki kelma,
Noshukrlik nonini yema.


Ko’ngilni ko’z yoshingda yuvib,
Besh kun o’tmay ketarsan ivib,
Ne qilasan dunyoni quvib,
Umr o’zi tezoqar kema,
Noshukrlik nonini yema.

Shukr deyman


Umrimning har damiga,


Sho’x g’amzasi, g’amiga,
Ko’ngilning ko’p, kamiga,
Shukr deyman xudoyo.

Darvoza ochsa dardlar,


Zamona sochsa zarlar,
Ko’rsam-da foyda, zarar,
Shukr deyman xudoyo.

Omad kelsa yugurib,


Yo ketsa yuz o’girib,
Har nafasga ulgurib,
Shukr deyman xudoyo.

Taqdirim toj taqsa ham,


Qaroqda yosh qalqsa ham,
Dil goh hurram, goh pur g’am,
Shukr deyman xudoyo.

Ko’nglim kumush ko’zada,


Qo’lim sopol kosada,
Qo’nimim tor kozada,
Shukr deyman xudoyo.

Nonni yarimta tishlab ,


Yurarman ko’krak mushtlab,
Qalamni qiya ushlab,
Shukr deyman xudoyo.

Pulim yo’g’u boydayman,


Dilim cho’g’u soydayman,
Goho xokipoydayman,
Shukr deyman xudoyo.

Tun-kunim tinch osuda,


Oylar oqmoqda suvda,
Ko’z ocholsam har subhda,
Shukr deyman xudoyo.

O`zbekning o`zligi


Mehr toshgan yurakni ko`k o`pgan ko`ksida ko`r,


Kulib turgan kurtakni kun o`pgan ko`zida ko`r,
Eng samimiy tilakni tilida, so`zida ko`r,
Chiroy ochgan chechakni gulchehra yuzida ko`r,
O`zbekning o`zligini ko`rolsang o`zida ko`r.

Bag`riga qo`nib quyosh sharqqa shaffof nur sochgan,


Qadami qutlug` qardosh, do`st diydori dur sochgan,
Bariga berib bardosh, dovonlardan hur oshgan,
Hech kimga egmayin bosh, mardona mag`rur oshgan,
Oriyat oftobini yorishgan izida ko`r.

Piru ustozlar ruhi kezgan muqaddas zamin,


Shukronalik shukuhi kezgan xushnafas zamin,
Beklar ulug`-ulug`i o`tgan zabardast zamin,
Xayr-baraka urug`i, ildizi payvas zamin,
Farovonlik fayzini, nonida tuzida ko`r.

Qarab boqsang bo`yiga, dunyo bilan ham tengdir,


Sehr bor so`z, kuyida, duo bilan ham tengdir,
Yov yo`lamas uyiga, el bir yoqa, bir yengdir,
Yetkazsin ko`p to`yiga, Olloh karami kengdir,
Ezgulik ertasini o`g`lida, qizida ko`r.

Ayyomlar – Hayit, Navro`z azaldan urf, an’ana,


Yurtimga tegmasin ko`z, Istiqlol to`y-tantana,
Dovrug`i bekamu ko`st, har shodlik, shonli sana,
Quyilib kelar kuy, so`z, qo`lda qalam soz yana,
Bayramlari, bazmini bahor, yoz, kuzida ko`r.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling