Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet6/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

09.03.2008.

Omonlik tilab


Ko’kda bulut. Ko’k ko’ylakli go’zal ko’rindi,


Gulchechakka o’ralgan kuy, g’azal ko’rindi,
Navrasta qad Navro’zoyim yal-yal ko’rindi,
Kela qolgin, boshginangni qo’yay bir silab,
Ona yerga, ona elga omonlik tilab.

Yeru ko`kka ko`z-ko`z qilib gul jamolingni,


Keng dalangga kengroq yoygin ko’k ro’molingni,
Yayratib qo’y, har kapalak, har chumolingni,
Kela qolgin, boshginangni qo’yay bir silab,
Ona yerga, ona elga omonlik tilab.

Qushning quvnoq ohangi bor oqqan jilg’ada,


Ro’shnolik bor, subhda shudring taqqan sirg’ada,
Poylaringga piru javon joni sadag’a,
Kela qolgin, boshginangni qo’yay bir silab,
Ona yerga, ona elga omonlik tilab.

Maysa sochlarini tarab, o’ynar shabboda,


Mayda yomg’ir shoxga qo’ngan dur, shoda-shoda,
Borliq toza, gul ozoda, ko’ngil ozoda,
Kela qolgin, boshginangni qo’yay bir silab,
Ona yerga, ona elga omonlik tilab.

Ko’zginangga ko’zim tushib shukrona aytdim,


Yil o’tib, gul quchog’ingga shohono qaytdim,
Yo’qlab kelibsan, mehrga zoriqqan paytim,
Kela qolgin, boshginangni qo’yay bir silab,
Ona yerga, ona elga omonlik tilab.
18.03.2007.
Telba dunyo, tutma yoqamdan

Telba dunyo tutma yoqamdan,


Ha deb toshlar otma orqamdan,
O’z o’zanim ichra oqqanman,
Dard oqizgan daryolar kabi.

Karvon mingta, rizqi bo’lakdir,


Har oshiqning ishqi bo’lakdir,
Taqdirimda shu tor yo’lakdir,
Garchi tegram sahrolar kabi.

Tog’ bo’lsamda, bag’rim tosh emas,


Och bo’lsamda, dardim osh emas,
Kez kelganda keksa, yosh demas,
Umr, oniy sabolar kabi.

Jalil Rahmat, nasibam naqddir,


Shukronalik yarimta baxtdir,
Yod olganim to’rt-beshta baytdir,
Ishq elida gadolar kabi.

Ko’ztumor yarashar


Tolei yorishgan yulduzsan, vatan,


Nurlarga qorishgan kunduzsan, vatan,
Qalbimga qadalgan ildizsan, vatan,
Ko’ksimda yashnagan gulday azizsan,
Vatanim.

Ko’z ochgan lahzadan mehringni tuydim,


Har giyoh, maysada sehringni tuydim,
Shabnamga chayilgan chehrangni suydim,
Qaroqda asragan durday azizsan,
Vatanim.

Kamolingni ko’rib, g’ayratim oshar,


Jamolingni ko’rib, hayratim oshar,
Quvonchim to’lqini ko’nglimdan toshar,
Nigohda chaqnagan nurday azizsan,
Vatanim.

Qo’shiq, tor yarashar bazmu to’yingga,


Ko’ztumor yarashar bugun bo’yningga,
Jalil Rahmat yashar, yayrab qo’yningda,
Onamu bolamday, birday azizsan,
Vatanim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling