Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
09.08.2006.
Muhabbat
Yarmi g`amdan yaralgan tuyg`u,
Qayslar qaqshab, layli qiz yongan, Iztirobda izma-iz yongan, Tilangandan mehr qizg`ongan, Sen emasmi, baxil muhabbat. Ayamay ishq telba, sog`ini, Har biriga tutib og`uni, Yutaverib hijron ohini, Sen emasmi, taxir muhabbat. Tilsizlarga yolvorib kuygan, Dilsizlarga dil yorib kuygan, Gul berib ham gul olib kuygan, Sen emasmi, faqir muhabbat. Qay ko`ngilga sho`x, erka kelgan, Qay birga kech yo erta kelgan, Ko`kda tug`ilib yerga kelgan, Yo`llari tosh, taqir muhabbat. His hiylagar yo ishq aldoqchi, Sahrosida saf qirq qaroqchi, Jalil Rahmat, bir so`rab boq-chi, Bunchalar shum taqdir muhabbat. Siz boshqacha Qirlar oshib, qidirdim qirq kokil qizni, Qoshi qunduz, qirmiz yuzni qirq yoshgacha. Ko`zga surtdim gul yog`ilgan ming bir izni, Go`zallar ko`p, ammo gulim siz boshqacha. O`zim yerda xokisorman, xoru zorman, Dil rishtasi tutash oyu quyoshgacha. Ko`nglingizdan xabar topgan xaridorman, Go`zallar ko`p, ammo gulim siz boshqacha. Qaysni izlab daydidim dasht, biyobonda, Farhodlarni so`roqlab tog`u toshgacha. Xumor ko`zlar xushnud boqar xiyobonda, Go`zallar ko`p, ammo gulim siz boshqacha. Telba oshiq tilanchiday mehr tilab, Dunyo kezdim, bu boshdan, to u boshgacha. Ne suluvlar suyib o`tdi sochim silab, Go`zallar ko`p, ammo gulim siz boshqacha. Jalil Rahmat, o`z qalbimga sig`inaman, Vujud aylangunga qadar bir loshgacha. Yonimdasiz, tag`in yonib sog`inaman, Go`zallar ko`p, ammo gulim siz boshqacha. * * *
Yuzi osmonning oyi,
Labi latif, gulg’uncha, Noz ham bo’larmi shuncha, Xumor-xumor bu ko’zlar, Asiriman o’lguncha. May to’la gulpiyola, Qo’l uzatar uyola, Qay bir oshiqni izlar, Nozi shirin qiz bola. Eslatadi sizni azizim Sarhush damlar, sarafroz damlar, Subhdagi zar tomchi shabnamlar, Ajib gullar, bog`u chamanlar, Eslatadi sizni azizim. Oq atirgul mayin ifori, Oshiq bulbul sog`inch izhori, Devona ishq shirin ozori, Eslatadi sizni azizim. Anglab bo`lmas sirli bir tuyg`u, Jamlab bo`lmas javohir inju, Tong orzusi, tunlar ilinji, Eslatadi sizni azizim. Iltijoim Allohga ayon, Jalil Rahmat ko`ksi pur armon, Mahzun qo`shiq, baytlarim har on, Eslatadi sizni azizim. O`sha kecha Sim-sim yig`lab to`ydi osmon, o`sha kecha, Ko`ksim tig`lab qo`ydi armon, o`sha kecha, Alamidan kuydi bir jon, o`sha kecha, Siz boshqasiz, men boshqaman unutmang yor, Shunchaki bir ko`nglim uchun gul tutmang yor. Og`rib turgan yurakka yuk ortdim yana, Cho`g`dan olib, olovlarga otdim yana, Daryo sizga, menga sahro, qum boshpana, Siz boshqasiz, men boshqaman unutmang yor, Boshi berk, tor ko`chalarda yo`l kutmang yor. Ayb kimda, yo nimada, dil uzib bo`lmas, Oyoq ikki kemada, hech suzib bo`lmas, Toleimiz taomi talx, tuzi bo`lmas, Siz boshqasiz, men boshqaman unutmang yor, O`z holimga qo`ying, ortiq ovutmang yor. Gulim, balki ko`ngil birdir, taqdir bo`lak, Umr bo`lak, manzil bo`lak, qabr bo`lak, Allohdan bu azoblarga sabr kerak, Siz boshqasiz, men boshqaman unutmang yor, Faqat, mendan ko`nglingizni sovutmang yor. Ko`ngil bersam Dunyo boqar teskari, Daryo oqar teskari, Og`ib qolar eslari, Men sizga ko`ngil bersam. Turar to`fon, ko`chkilar, Oy fonusin o`chirar, Falak bizni ko`chirar, Men sizga ko`ngil bersam. Uzilib tushar osmon, Qay oshiq qolar omon, Zaynab, Kumushlar sarson, Men sizga ko`ngil bersam. Jalil Rahmat yetim bosh, Telbalikda tepdim tosh, To`qnashar zamin, quyosh, Men sizga ko`ngil bersam. * * *
Kulib-kulib boqadi,
Qadami mayda-mayda, Borar manzili qayda, Chiroyli ko’z qarashi, Jon olar qayta-qayta. Bunchalar sho’x bo’lmasa, Nigohi o’q bo’lmasa, Tog’ning go’zal jayroni, Aqlim qildi hayrone. Uzatib bo`pman Men uchun dunyoda bir dona dursiz, Mayliga siz uchun men juda ko`pman, Bog`imda atirgul, bag`rimda hursiz, Sizni birovlarga uzatib bo`pman. Bir tomchi joningiz zimdan yashirdim, Kiprigim ostida chindan yashirdim, Oyga etak tutib, kundan yashirdim, Sizni birovlarga uzatib bo`pman. Sochingiz silasam qo`lim sinarmi, Mehringiz tilasam ko`nglim tinarmi, Mayli, puch yong`oqqa qo`ynim to`larmi, Sizni birovlarga uzatib bo`pman. Osuda oqshomlar tongi otganda, Umr chopqir ulov tengi chopganda, Qirq yilcha qidirib endi topganda, Sizni birovlarga uzatib bo`pman. Qaysar qiz Qovoq uyib, qosh chimirmang qaysar qiz, Mendan kechib, qay birini suyasiz. Kulib turib, devona deb aytarsiz, Ko’p kuydirmang, kula-kula kuyasiz. Tunda kaftga qo’ndirib oqqushimni, Ohularga ochibman og’ushimni, Suvga emas, sizga aytsam tushimni, Yoqib turib, yoqa ushlab qo’yasiz. Besh ketaman belga tushgan o’ramga, Shum yangalar shosha qolsin o’langa, Ko’ksingizga tutashib o’t, alanga, Olov ishqim har qadamda tuyasiz. Qaysar bo’lib qayongacha borasiz, Do’st deb Jalil Rahmatga dil yorasiz, Chorbog’ingiz aro chorlab chorasiz, Vaslingiz xush mayin kam-kam quyasiz. Gavhar tanla, ko’z tanla Har kim umr shomini tong otar paytdan bilsin, Ilohiy ishq jomini xush, gulrang maydan bilsin, Ruhga rohatbaxsh qo’shiq, nolani naydan bilsin, Xudoni tanimagan, bandani qaydan bilsin. Do’stim, azaldan shunday yaralgan bu dahri dun, Xushnud yurar xudbinlar, xudobinlar bag’ri xun, Xasisdan xas so’rolmay, hotamlar holi zabun, Xudoni tanimagan, bandani qaydan bilsin. Soxta obro’si ortib, otasidan or qilar, Tirigida qadrini, so’ng qabrini xor qilar, Nafs yo’lida yo’rg’alab, iymonni inkor qilar, Xudoni tanimagan, bandani qaydan bilsin. Yaratgandan yarim baxt, donolardan duo ol, Duo ololmaganlar, ikki dunyosi uvol, Qadring yo’qotib, qalbi so’qirdan so’rma savol, Xudoni tanimagan, bandani qaydan bilsin. Daryo bo’lib oqqanning dardli she’ri nur, iymon, Maysaga mast boqqanning manglay teri dur, marjon, Kim otda, kim piyoda, borar yeri bir makon, Xudoni tanimagan, bandani qaydan bilsin. Jalil Rahmat diydor xush, dil eritib do’st tanla, Chehrasi oy dildor xush, chertib-chertib so’z tanla, Ko’ngil tubiga cho’kib, gavhar tanla, ko’z tanla, Xudoni tanimagan, bandani qaydan bilsin. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling