Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet14/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

10.02.2008.

Ko’ngil

Adashdim adoqsiz adirda,
Sarsonman Sahroyi Kabirda,
Bir butun jon yarmi jabrda,
Besh kunlikda bechora ko’ngil.

Zulf-kokiling tolasi ichra,


Jodu ko’zlar jolasi ichra,
Ishqning unsiz nolasi ichra,
Sarosima, sadpora ko’ngil.

Isming aytib, uyg’ondim subhda,


Tushim aytdim tezoqar suvga,
Dil yorib, ko’kdagi suluvga,
Samolarda sayyora ko’ngil.

Mehr tilab bir bag’ritoshdan,


Dardim oshgan, ham sabrim toshgan,
O’sha, o’smir o’n yeti yoshdan,
Aro yo’lda ovora ko’ngil.

Alam yoshlariga cho’milib,


Taqdir toshlariga ko’milib,
To ketgancha ko’zi yumilib,
Vasling istar, bir bora ko’ngil.
09.03.2008

Mehri giyoh


Mehr berib, nur ber bir oz,


Ko’ngil yorib, sir ber bir oz,
Uyg’otib shirin ehtiros,
Gulim, yo’qlab turgin goh-goh,
Mehri giyoh, mehri giyoh.

Boshim qo’yay, tutgin bag’ring,


Silab qo’ygim keldi barging,
Menda ham bor sening darding,
Tashlab qo’y bir shirin nigoh,
Mehri giyoh, mehri giyoh.

Lahza borsan, lahza yo’qsan,


Birda ma’yus, birda sho’xsan,
Quyoshdan sachragan cho’g’san,
Alloh o’zi bunga guvoh,
Mehri giyoh, mehri giyoh.

Yashirinib yashil bog’da,


Ko’ksimni kuydirma dog’da,
Men firoqda, sen ardoqda,
Yot yerlardan topma panoh,
Mehri giyoh, mehri giyoh.

Jalil Rahmat, kuzatib yo’l,


Tutolmasman uzatib qo’l,
Kel, ko’nglimni yupatib qo’y,
Kuygan dilim qilma siyoh,
Mehri giyoh, mehri giyoh.
04.04.2008.

Menga keraksan


Gulim, seni yeru ko’kdan so’rayman,


O’tdan sachrab tushgan cho’g’dan so’rayman,
Borliqdan so’rayman, yo’qdan so’rayman,
G’ussaga ko’milgan uyg’oq yuraksan,
Boshqani bilmadim, menga keraksan.

Hali g’unchalari ochilmagan gul,


Ifori atrofga sochilmagan gul,
Lovullab yonmoqqa shoshilma kangul,
Ko’ksimda ko’z ochib, kulgan kurtaksan,
Boshqani bilmadim, menga keraksan.

Oy husningni ko’rar ko’zdan qizg’ondim,


Gul ismingni so’rar so’zdan qizg’ondim,
Hammadan qizg’ondim, o’zdan qizg’ondim,
Falak eshitmagan sirli ertaksan,
Boshqani bilmadim, menga keraksan.

Uzr, noming qalbdan o’chirolmasman,


Zinhor xayolimdan ko’chirolmasman,
Seni, o’zimni ham kechirolmasman,
Jalil Rahmat umid qilgan chechaksan,
Boshqani bilmadim, menga keraksan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling