Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet11/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

23.12.2006.

Bir oz

Chehrangizda gullar chiroyi,
Tegrangizda osmonning oyi,
Sizga ko`nglim ko`shku saroyi,
Tor keldimi, yo gulim bir oz.

Yomon deysiz, meni yotsirab,


Ne qilasiz, so`ng holim so`rab,
Xayolimda chizilgan surat,
Sehrlabdi, sevgilim bir oz.

Sizni suyib parichehra moh,


Mayli, bizdan o`tibdi gunoh,
Araz qilmang, sochingizga goh,
Tegib ketsa, bu qo`lim bir oz.

Ishonmadim sizni hechkimga,


Ishonmaysiz siz ham ishqimga,
Mehringizga qonsam tushimda,
Orom olar, oh o`ngim bir oz.

Halqa aylab kajak zulfingiz,


Ko`ksim uzra qadang qulfingiz,
Ayamang bir shirin lutfingiz,
Taskin topsin, zor ko`nglim bir oz.

Jalil Rahmat, yuragi og`rir,


Ishqi tengsiz duru javohir,
Bag`ringizda bexavf-xavotir,
Topa olsam bas, qo`nim bir oz.

Azoblarga ko`nikdim


Toma-toma to`kilmoqda yuragim,
Hovuchingni to`ldirib ol keragin,
Men o`sha, sho`r peshonang, g`o`r ermaging,
Azoblayver, azoblarga ko`nikdim.

Suygan oshiq bag`ri kuyuk bo`libdi,


Suymagan, sen uchun suyuk bo`libdi,
Bir makring qirq tuyaga yuk bo`libdi,
Azoblayver, azoblarga ko`nikdim.

Oq bulutlar bolish bo`ldi boshingga,


Alp yigitlar xomush turar qoshingda,
Noz, arazlar yarashar shu yoshingda,
Azoblayver, azoblarga ko`nikdim.

Boylab olib sochingga jon ipimni,


Har yon sudrab, ezg`ilayver etimni,
Kim ham so`rab kelardi men yetimni,
Azoblayver, azoblarga ko`nikdim.

Eshik chertgan mehmon tuzdan qaytmagay,


Yigit so`zdan, arslon izdan qaytmagay,
Jalil Rahmat sendek qizdan qaytmagay,
Azoblayver, azoblarga ko`nikdim.

Muhabbat chiroyli


Ko’ngilning ko’shkida tovlangan durday,


Bulbulni ishqida kuydirgan gulday,
Bir boqsang pariday, bir boqsang hurday,
Muhabbat chiroyli bo’lsa, baxt o’sha,
Mehrdan yaralgan qaynoq taft o’sha.

Oshiqlar qalbida yongan oftobday,


Ma’shuqa labidan tomgan gulobday,
Mastona chertilgan dilkash rubobday,
Muhabbat chiroyli bo’lsa, baxt o’sha,
Vafodan yaralgan go’zal bayt o’sha.

Qumri gul shoxiga qo’nganda bir zum,


Guncha dudog’ida mayin tabassum,
Entikkan dillarda ajib bir mavsum,
Muhabbat chiroyli bo’lsa, baxt o’sha,
Visoldan yaralgan shirin shahd o’sha.

Farhod oynasida aks etgan oyday,


Sohili mavjlanib raqs etgan soyday,
May ichib yayragan bir erkatoyday,
Muhabbat chiroyli bo’lsa, baxt o’sha,
Toleing taqqan toj, tutgan taxt o’sha.

Shudring chechaklarga taqqan sirg’aday,


Saharda sarafroz oqqan jilg’aday,
Ishq sharobi yanglig’ shaffof, jilvagar,
Muhabbat chiroyli bo’lsa, baxt o’sha,
Baxting butun bo’lsa, muhabbat o’sha.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling