Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
30.12.2007.
Yorimiz Xudo endi Nachora, ishq yo’lining chap-o’ngi bo’lsa, Ul sanamning birovlarga ko’ngli bo’lsa, Vujudimni yoqqan, o’sha so’nggi bo’sa, Eh, o’rtada ehtiroslar ado endi, Ikkimizning ham, yorimiz Xudo endi. Kerakmidi, kuygan dilga o’t qalashlar, Ayyorona ko’z yosh to’kib, o’pkalashlar, Jon yarmini uzib oldi, u qarashlar, Yurakkinam o’z ko’ksidan judo endi, Ikkimizning ham, yorimiz Xudo endi. Kuyib-kuyib qolib ketdim chekkalarda, Mening sevgim ermak ekan erkalarga, Bugun o’tar, nima bo’lar ertalarga, To qiyomat tuzalmas bu xato endi, Ikkimizning ham, yorimiz Xudo endi. Xayr deya, pichirlagan lablar yondi, Bu gunohni kechirmagan qalblar yondi, Holim ko’rib, kim kuyundi, kim quvondi, Sen malika, men esa bir gado tengi, Ikkimizning ham, yorimiz Xudo endi. Muhabbat ham, qoldi o’sha kun hayqirib, Ortimizga boqolmasmiz bir qayrilib, Ayriliq bu, ayriliq bu, oh ayriliq, Jalil Rahmat, jonim yarmi fido endi, Ikkimizning ham, yorimiz Xudo endi. Buxoro qizlari Kokilingiz tarab, o’ynar shabbodalar, Parizoda, Shahrizoda, Shaxzodalar, Bo’yningizda qator marvarid shodalar, Bulutga bosh qo’ygan Buxoro qizlari. Subhidamda suhbat qurib oy suluvlar, “Labi hovuz”da hovuchlab separ suvlar, Yonib turgan yonog’ini yomg’ir yuvar, Bulutga bosh qo’ygan Buxoro qizlari. Toleyida kulib turgan quyoshi bor, Qirdagi qirmiz lolaga qiyosi bor, Oshig’iga zulm aylar, zulf siyosi bor, Bulutga bosh qo’ygan Buxoro qizlari. Dilga yaqin Diloromi, Dilovari, Jilmaysa, gul yuzida nur jilolari, Uzun barmog’ida uzuk tillolari, Bulutga bosh qo’ygan Buxoro qizlari. Yerga boqib, “Ibi” deydi, ibo bilan, “Onamiz Qizbibi” deydi, ibo bilan, Istasa, jon oladi bir imo bilan, Bulutga bosh qo’ygan Buxoro qizlari. Jon tomirim Jondorim, ko’rk, jozibasi, Sochi sunbul Sohibasi, Sojidasi, Jalil Rahmat sog’inchi, dil sozidasiz, Bulutga bosh qo’ygan Buxoro qizlari. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling