Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet10/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

04.02.2007.

Noshukrlik nonini yema


Nasibasi gulmi, tikanmi,


Har kim o’rar o’zi ekkanni,
Eling uchun tut bir yelkangni,
Bu dunyoga shunchaki kelma,
Noshukrlik nonini yema.

Tishni bergan risqni ham berar,


Birda ortiq, birda kam berar,
Bandasi taqdirga tan berar,
Boring bozor, yo’qchilik dema,
Noshukrlik nonini yema.

Ko’ngilni ko’z yoshingda yuvib,


Besh kun o’tmay ketarsan ivib,
Ne qilasan dunyoni quvib,
Umr o’zi tezoqar kema,
Noshukrlik nonini yema.

Joning tandan yiroq qilsalar,


Losh tanangni tuproq qilsalar,
Qiyomatda so’roq qilsalar,
Jalil Rahmat javobing nima,
Noshukrlik nonini yema.
19.07.2008.

Nurafshon tongim


Erksevar elimning qalbi o’zgacha,


Mag’rur tuta olgan qaddi o’zgacha,
Har qatra shabnaming qadri o’zgacha,
Poklikka qorishgan hurafshon tongim,
Tolei yorishgan O’zbekistonim.

Keksa-yu yoshingda ezgu niyat bor,


Har giyoh, toshingda nek xosiyat bor,
Senda ro’shnolik bor, xush kayfiyat bor,
Dur kabi jilvagar nurafshon tongim,
Gul kabi jilmayar O’zbekistonim.

Yuksakka talpingan tayring muborak,


Saharda sarafroz sayring muborak,
Xalqqa hadya etar xayring muborak,
Duoga kaft ochgan nurafshon tongim,
Dunyoga taft sochgan O’zbekistonim.
08.09.2008.
Men seni deb

Arzimadim, ajab lutfingga,


Yurak yutib qaqshayveraman.
Jonim qadab kajak zulfingga,
Men seni deb yashayveraman.

Izing qolgan tuproqni o`pib,


Sarg`aygan gul, yaproqni o`pib,
Mayli ketsin jonimdan o`tib,
Men seni deb yashayveraman.

Ko`nglim chinni kosasi sinsin,


Tuyg`ularim tozasi tinsin,
Ishq – bu asror, taqdir – bu tilsim,
Men seni deb yashayveraman.

Yillar sochga oq sepaversin,


Dilginamga dog` sepaversin,
Kim sevilib, kim sevaversin,
Men seni deb yashayveraman.

Kam dunyoda bir kam o`zing deb,


Es-xayolim, erkam o`zing deb,
Bugunim, ham ertam o`zing deb,
Men seni deb yashayveraman.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling