Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet18/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

19.03.2006.
Mashuqa qiz qo’shig’i
Sevar yorim boshim uzra qo’ngan humoy,
Yor ustiga sevilsa yor, holimga voy.

Zulflarim har tolasiga bir yigit zor,


Qaylarda bor men kabi oy, qoshlari yoy.

Aldamchi ishq ishvasiga ishonib yor,


Erib ketmang, jilmaysa bir yot erkatoy.

Oldingizdan oqar suvning qadri bo’lak,


Oqizmasin olisdagi begona soy.

Maylida may tutolmasam tilla jomda,


O’zim chinni piyolada uzatay choy.

Shoxdan-shoxga qo’nib yurmang, rashkim yomon,


Sizga ko’nglim koshonasi ko’shku saroy.
19.03.2006.

Kipriklar


Jodu ko’zlar jimirlab,


Mehrimni uyg’otadi,
Kipriklari qimirlab,
Ko’ksimga tig’ otadi.

Tashlab qo’yib ko’z qirin,


Jilmayadi ohista,
Yashagim bor yashirin,
Kipriklari ostida.

Mavjlanar ko’z ichida,


Oftobning zar tolasi,
Kipriklari uchida,
Qalqir jonim jolasi.

Titraganda kipriklar,


Jon uzilib tushadi,
Jalil Rahmat tiriklay,
Xoki poying quchadi.

Qator-qator kipriklar,


Jon oladi tiriklay.
11.09.2006.

Shuncha suluvmi


Chamanda gul yuzni tush ko’rdim,


Chamamda shu qizni xush ko’rdim,
Qanotlari zar, oqqush ko’rdim,
Shuncha go’zal, shuncha suluvmi,
Yo bir tomchi uzum suvimi.

Kokilini o’ynar shabboda,


Bo’ynida dur, marvarid shoda,
Qalqib turar labida boda,
Shuncha shirin, shuncha suluvmi,
Yo bir tomchi uzum suvimi.

Erkalasam, erib ketarmi,


Ekkan gulim terib ketarmi,
Men g’aribni sherik etarmi,
Osmondagi oydan suluvmi,
Yo bir tomchi uzum suvimi.

Meni devona deydi


O’q otdim yora tegdi,


Ko’ksini pora etdi,
Iziga boqmay ketdi,
Meni devona deydi.

Sho’xliklari jig’aday,


Kokillari tilladay,
Qaro ko’zi quralay,
Men sho’x jayrona deydi.

Suv sochib hovuchida,


O’ynaydi bog’ ichida,
Ming gul yonoq ichida,
O’zim bir dona deydi.

Yonib yonidan o’tsam,


Yonog’idan bir o’psam,
“Chindan devona bo’psan,
Xush yoqdi jona” deydi.

Gulpari biyo-biyo


1
Oh, gulpari biyo-biyo,
Kokillari siyo-siyo,
Har o’tganda qiyo-qiyo,
Boqishlari muncha shirin.
Muncha shirin, muncha shirin,
Birovga aytmaydi sirin.

U yon-bu yon o’tgan sayin,


Jon oladi tiriklayin,
Qator-qator kipriklarin
Qoqishlari muncha shirin.
Muncha shirin, muncha shirin,
Dudog’ida bol yashirin.

Men kuylasam bulbul bo’lib,


Bag’rim to’ldirsa gul bo’lib,
Sahnada parcha nur bo’lib,
Oqishlari muncha shirin.
Muncha shirin, muncha shirin,
Bulbulga gulg’uncha shirin.

Qarshingda shunday qiz turib,


Chakkasiga gul qistirib,
Vujuding asta qizdirib,
Yoqishlari muncha shirin.
Muncha shirin, muncha shirin,
Bu dunyo turguncha shirin.

2
Bir qiz Labi Hovuzda,


Suv o’ynaydi hovuchda,
Muhabbat qo’shig’ini,
Kuylar shirin tovushda.

Qomati zebo biram,


“Ibi” der ibo bilan,
Indamay jon oladi,
Birgina imo bilan,

Yuzi lolarang lobar,


So’zonda in dilo bar,
Hajringda mingta oshiq,
Kuyib ketdi barobar.

Egnida zar nimchasi,


Tovlanar har simchasi,
O’ldirsa, shu o’ldirar,
Yetar, nozlar shunchasi.

Gulpari biyo-biyo,


Zulflari siyo-siyo,
Mastman chashmi xumorro,
Ey, duxtari Buxoro.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling