Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
16.08.2009.
Ziyoda qiz Bilmam menga yoqib qolding nimang bilan, Arazingmi yoki achchiq ginang bilan, Qosh ostida qator turgan ignang bilan, Ko`ksim o`yib qasdingni ol Ziyoda qiz, Men uchun ham topilar bu dunyoda qiz. Menga qiyo boqmay kimni qidirasan, Ko`zingdan yosh oqmay atay sidirasan, Sim-sim og`rib turgan dilim sindirasan, Ishq deganni qilding uvol Ziyoda qiz. Men uchun ham topilar bu dunyoda qiz. Muattar bo`y sochingga gul qadadingmi?, Mening esa jonimga qil qadadingmi, Yolg`oningni yolg`iz menga atadingmi, Vasling yo`li bir xom xayol Ziyoda qiz, Men uchun ham topilar bu dunyoda qiz. Bildim bag`ring tosh qalbing ham qayroq ekan, Tanlaganing, tan olganing boyroq ekan, Menga nasib qilgani dard, firoqmikan, Nima derdim, xayr, xush qol Ziyoda qiz, Men uchun ham topilar bu dunyoda qiz. Suymaganga suykalib kim qadr topgan, Jalil Rahmat qirq yildir qir, adir chopgan, Bor-yo`g`i gul yonog`ingdan bitta o`pgan, Olganmiding dilga malol Ziyoda qiz, Men uchun ham topilar bu dunyoda qiz. Behuda Boychechaging yilda yo`qlab kelmasa, Qizg`aldog`ing qirni cho`g`lab kelmasa, Oshig`ini yo`qlab cho`g` lab kelmasa, Bahor sening bahorliging behuda. Torlaringdan taralganda “Tanovar”, Tebranmasa bog`da sarvu sanobar, Chayqalmasa gul va bulbul barobar, Dutor sening dutorliging behuda. Qalqimasa ko`zda mehr jolasi, Balqimasa yuzda oftob tolasi, Titratmasa qalblarni ishq nolasi, Dildor sening dildorliging behuda, Orzu qilib Sulaymon taxt, tojini, Bo`lolmasang ko`kning burgut, lochini, Silolmasang tunda hurlar sochini, Jalil Rahmat bedorliging behuda. Bo`lmagay Davring kelib davlating toshsin, Samo qadar savlating oshsin, Jamlasang-da javohir toshin, Hayoting bir kamsiz bo`lmagay. Osmondirsan, balki nur ham san, Shon shuhratdan shodu xurramsam, Payti kelib ko`ksi purg`amsan, Kipriklaring namsiz bo`lmagay. Buguncha sog` qo`l va oyog`ing, Yashnab turar yam-yashil bog`ing, So`ng uzilar bir-bir yaprog`ing, Bu dunyo dard g`amsiz bo`lmagay. G`aflatga g`arq aylab kishini, Taqdir nogoh qilar ishini, Oftob bilsang Olloh ishqini, Dil mehrobing shamsiz bo`lmagay. * * *
Erka gulim kel uxla,
Mehringdan ber bir tomchi, Shuning o`zi kifoya, Ishqing jonga ming qamchi, Vasling najot, himoya. Ro`moling oq bulutmi?, Oy nuridan to`qilgan, Armonmisan umidmi?, Olislardan tikilgan. * * *
Jon titar kipriging qotillarida,
Ma’yus nigohingga nur bo`lib qo`nsam, Diydangga bir qatra dur bo`lib qo`nsam, Ishqing chamanida gul bo`lib unsam, Uzib tashlamagin barmog`ing bilan. Ro`moling uchini qilib tuguncha, Jonimni tugib qo`y, ey guli g`uncha Sen uni asrab yur dunyo turguncha, Qirqib tashlamagin yarog`ing bilan. Bu kech
Ruh azobda, qalblar alamda qolib,
Sog’inch sohilida sarson ikkimiz, Majnuntol sochida marjon ikkimiz, Og’riqli dunyoda armon ikkimiz, Kipriklarda mehr jolasi bu kech. Lahzada betoqat aylagan bir his, Vujuding gulmidi, bu ne ajib is, Alloh kechirsa bas, gunoh bo’lsa ishq, Ko’kka ko’chdi ko’ngil nolasi bu kech. Taqdir bizga nelar tilab qo’yibdi, Barmog’im sochingni silab qo’yibdi, Jonlar rishtasini ulab qo’yibdi, Ipak kokillaring tolasi bu kech. Oxiriga etmay biz sevgan ertak, Qismat aro yo’lda qilsa xo’b ermak, Nochor qolsa, ikki o’t ichra yurak, Chidarmikan, odam bolasi hech, hech. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling