Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet23/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

08.02.2009.

Bu kecha

Sog`inib gul-g`unchaning noz kulgusin,
Bulbuldan bayt tinglab chiqdim bu kecha.
Nogohim-la silab sarvigul yuzin,
Toledan taxt tilab chiqdim bu kecha.

Yor kiprigin qator qadab ko`ksimga,


Yurak-bag`rim tig`lab chiqdim bu kecha.
Yosh boladek yosh aylandi ko`zimda,
Ko`ngil seni yo`qlab chiqdim bu kecha.

Kapalakning qanotiga bosh qo`yib,


Gul poyida uxlab chiqdim bu kecha.
Ilk sevgimning qabriga bir tosh qo`yib,
Tushlarimda yig`lab chiqdim bu kecha.
26.02.2009.
Ayol

Har bazmu to`y, bayram, ayyomning,


Qaldirg`och in qurgan ayvonning,
Gul xiyobon, dala, sayhonning,
Farishtasi fayzisan ayol,
Umrning gul faslisan ayol.

Dil tubidan mehr ulashgan,


Izlariga iffat ilashgan,
Oqshomda oy bilan tillashgan,
Ishqning latif lafzisan ayol,
Latofatda Laylisan ayol.

Maysalarga qo`ngan dur shabnam,


Kiprigingdan tushganmi sanam?,
Bag`ring bahor chehrang gulchaman,
Go`zallikning ramzisan ayol,
Sof tuyg`ular rangisan ayol.

Muhabbat ozori


Mehringdan bir tomchini tilab,


Sarhush yursam sochingni silab,
Armon bo`lib kelmoqda yillab,
Gul vujuding mayin ifori.

Nay sozida mahzun nolalar,


Kipriklarda titrar jolalar,
Zulflaringdan qirqib tolalar,
Tugilganmi ishqim tumori.

Umr go`yo esgan shabboda,


Istayman gul labingdan boda,
Rayhon isin yioyganda bog`da,
Tutib ketar vasling xumori.

Arazlaring adog`i yo`qdir,


Qarashlaring qadalgan o`qdir,
Muhabbat – bu olovdir, cho`g`dir,
Ko`ksimni kuydirar ozori.
03.03.2009.

Xayr deb bo`lmas


Gunoh kimda, ayb nimada?,


Telbalarga o`xshab qoldim,
Suzib omonat kemada,
Yo`l yarmida to`xtab qoldim.
Endi ortga qaytib bo`lmas,
Xayr deb ham aytib bo`lmas.

O`ralib yor kokillari,


G`arq ayladi ishq girdobi,
Talpinaman sohil sari,
Dilda sog`inch iztirobi.
Endi ortga qaytib bo`lmas,
Xayr deb ham aytib bo`lmas.

Unutib g`am, anduhlarni,


Kelolmasman hushlarimga,
Tohir oqqan sandiqlarni,
Ko`rib chiqdim tushlarimda.
Endi ortga qaytib bo`lmas,
Xayr deb ham aytib bo`lmas.

Jalil Rahmat ko`nglim yarim,


Yetarmanmi muddaoga?,
Yo`l boshladim yo`lim yarim,
Tavakkal qildim Xudoga.
Endi ortga qaytib bo`lmas,
Xayr deb ham aytib bo`lmas.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling