Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet24/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

04.04.2009.
Xudo bizni sinayveradi

Kuygan ko`ngil kemtiklarida,


Junun sahro kengliklarida,
Umrning qirq, elliklarida,
Xudo bizni sinayveradi.

Sovurib gulg`uncha tozasin,


Sarg`aytirib sabr kosasin,
Dilga solib g`uluv soyasin,
Xudo bizni sinayveradi.

Garchi taqdir yo`llari ayri,


Xayollarda saodat sayri,
Sevdim degan bir so`z tufayli,
Xudo bizni sinayveradi.

Subhning sarxush salomin yo`llab,


Ishqning iliq kalomin yo`llab,
Birda qiynab birida qo`llab,
Xudo bizni sinayveradi.

Sirim endi sirtimdadir


Xayolimda hali o`sha kechagisiz,


Muhabbatim chamani gulchechagisiz,
Ishqim ganji dur, gavhari, bezagisiz,
Sinfdosh qiz sirim endi sirtimdadir,
G`aribingiz g`am-g`ussalar yurtindadir.

Singlim desam bir jilmayib jim turgansiz,


Sim-sim og`rib turgan dilim sindirgansiz,
Ko`z ostiga olib kimni qidirgansiz,
Sinfdosh qiz sirim endi sirtimdadir,
Farhodingiz faqirlarning yurtindadir.

Tushimda gul vaslingizni tilab chiqdim,


Qo`rqa-pisa sochingizni silab chiqdim,
Boda ichmay bor sabrimni sinab chiqdim,
Sinfdosh qiz sirim endi sirtimdadir,
Majnuningiz mayparastlar yurtindadir,

Umr shamol kabi shoshib yelayotir,


Elagida ellikni ham elayotir,
Jalil Rahmat sochin qorga belayotir,
Sinfdosh qiz sirim endi sirtimdadir,
Oshig`ingiz osiylarning yurtindadir.
23.05.2009.

Seni sevdim shundayligingcha


Chinnigulim chindayligingcha,


Kulib turgan kundayligingcha,
Seni sevdim ey gulig`uncha,
Qanday bo`lsang shundayligingcha.

Bosh qo`yilmay turib bag`ringga,


Bitta barmoq tegmay bargingga,
Yarim sherik bo`lib dardingga,
Seni sevdim shundayligingcha.

Ko`k toqiga ro`moling osib,


Jilmaysang har tong chiroy ochib,
Hislarimni shabnamday sochib,
Seni sevdim shundayligingcha.

Ostonangga boshim sig`dirmay,


Ketding ko`zdan yoshim sidirmay,
Men boshqa hech kimni qidirmay,
Seni sevdim shundayligingcha.

Oy bo`lib boq, oynam ortida,


Sel bo`lib oq siynam ostida,
Seni sevdim gapning rostida,
Qanday bo`lsang shundayligingcha.

Mohina

Oydin xayol og`ushida,
Qo`zg`adim oy rashkini,
Bir oyjamol orzusida,
Sochdim sog`inch ashkini.
Mohi gulim Mohina,
Qalbim yonar sog`ina.

Tun qo`ynida sarson kezdim,


O`sha junun dashtini,
Yurakka ming armon sezdim,
Qumsab visol gashtini.
Mohi gulim Mohina,
Kuydim hajring dog`ina.

Tushlarimda ko`rdim ajab,


Yuzingda oy aksini,
Har lahzada qo`yar aldab,
Ko`zingda ishq afsuni.
Mohi gulim Mohina,
Quloq tut dil ohina.

Qiyos qildim kuy, ohangga,


Gul va bulbul bahsini,
Ko`rgim keldi gul yoqangda,
Kapalaklar raqsini.
Mohi gulim Mohina,
Yo`qlab kel shom chog`ina.

Yonoqlaring yoqutmidi,


Yo qizil gul naqshimi?,
Vujuding gul, yo o`tmidi?,
Sen shunchalar yaxshimi.
Mohi gulim Mohina,
Nur yog`dir ishq bog`ina.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling