Jalil rahmat
Opamning hasrati I
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
27.06.2009
Opamning hasrati I Bu dunyo g’am, tashvishlari bitmas ekan, Bolang, also onang joyin tutmas ekan, Qayga bormay, kimni ko’rmay ko’ngli birkam, Men haqda ham bitta she’r yoz, shoir ukam. Har kitobing olib, bir-bir varaqladim, Ota-onam ruhin bundan darakladim, Ko’z yosh to’kib, goh quyoshdek charaqladim, Men haqda ham bitta she’r yoz, shoir ukam. Bildim, yarim ko’ngling butun armon ekan, Qismatingdan qisilib ko’p sarson ekan, Misralaring menga misli marjon ekan, Men haqda ham bitta she’r yoz, shoir ukam. Birin singlim, yana birin sevgilim deb, Kimlargadir she’r yozibsan, kel gulim deb, Qirqdan oshib kuymoq nechun, ey dilim deb, Men haqda ham bitta she’r yoz, shoir ukam. Qaro ko’zu qamar yuzlar qasidangdir, Vafo bayti, vafoli yor vaslidandir, Nazokatli nazm bog’i nasibangdir, Men haqda ham bitta she’r yoz, shoir ukam. Xohlasang gul, yoki qo’yay pul qistirib, Dilga yaqin, dilkash so’zlar top qidirib, Maqtalgan u “singillar”ni bir sindirib, Men haqda ham bitta she’r yoz, shoir ukam. II Chehrangizni bog’u chamanday ko’rdim, Mehringizni toza shabnamday ko’rdim, Sayri gulzoraro sanamday ko’rdim, Opajon, men sizni onamday ko’rdim. Sururingiz sarxush sabodan so’rdim, Saodatni sirli samodan so’rdim, Diydor durlarini duoda so’rdim, Gul umringiz, yolg’iz xudodan so’rdim. Opajon, men sizni onamday ko’rdim. Kuning qolsa bolalaringga Ota-onang ko`ngliga qarab, Qololmasang kuniga yarab, Erta seni ne kutar, yo Rab, Kuning qolsa bolalaringga, Oq tushar soch tolalaringga. Taqdir kunda gul taqavermas, Ostonangga nur oqavermas, Nasihating ham yoqavermas, Kuning qolsa bolalaringga, Qaltiraysan qal’alaringda. Xijolatga botasan bot-bot, O`z uyingda mehmonsan hayhot, Ming bir o`yin ko`rsatar hayot, Kuning qolsa bolalaringga, Lol boqasan lolalaringga. Ta’na toshi tanangga botar, Minnat oshi bo`g`zingda qotar, Yo`g`ing yo`qlab, boring yo`qotar, Kuning qolsa bolalaringga, Qadring qatra jolalaringda. Og`rib qolgan jonga malhaming, Yolg`iz o`sha tani mahraming, Hadik ila kechar har daming, Kuning qolsa bolalaringga, Kim jo`r bo`lar yallalaringga. Darding dilda chiqmaydi sirtga, Maqtanasan tag`in el-yurtga, Mato yetmay qolar tobutga, Qaytar bo`lsang dalalaringga, Kuning qolsa bolalaringga. Ummatingga rahm ayla Rasul, Umr go`zal, go`zal har fasl, Jalil Rahmat gavhar bo`l asl, Kuning qolsa bolalaringga, Xudo shohid nolalaringga. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling