Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet35/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

Hayajonlar, havaslar
3
Qahhorjon o’rta maktabni bitirgach, yoshlikdan o’zi orzu qilgan Toshkent Irrigatsiya oliygohiga o’qishga kirdi. Maktabda o’rtacha bahoda o’qigan bo’lsa-da, omadi chopib qoldi shekilli, imtihonlardan osongina o’tib ketdi. Uning qalbiga ilk bora sevgi cho’g’ini solgan qiz, sinfdoshi Gulnisa edi. Gulnisalar qo’shni Jo’bor qishlog’idan bo’lib, bu yerlik bolalar ham Toshrabotdagi maktabga qatnardi.
Mehriniso aya qazo qilganida Gulnisa besh yoshda edi. Abdunabi ota Gulnisani, uning bir opa va akasini tarbiyalab, voyaga yetkazib, vaqt o’tishi bilan kenja qiziga suyanib qoldi. Shuni hisobga olgan mehribon qiz yuqoriroq dargohlarga o’qish orzusidan voz kechdi. Qahhorjonning Toshkentdan turib, yuborgan ishqiy maktublariga Gulnisa ham javob yozib turar, shu orqali ikki qalb muhabbatning go’zal hayrati, yoqqimli hayajon va shirin havaslari og’ushida yayrab, orom olardi.
Ko’z ochib yumguncha to’rt yil o’tib, Qahhorjon o’qishni bitirdi. U qishloqqa qaytgach, tumandagi suv xo’jaligi idorasiga ishga joylashdi. Bu orada Qahhorjon tomonidan Gulnisalarnikiga yuborilgan sovchilar xushxabar bilan qaytishgach, Qo’ldosh ota va Qimmatoy ayalar yolg’iz farzandlari uchun bor bisotlarini sochib, to’y taraddudiga tushdilar.
Soy bo’yiga tushib har oqshom,
Muhabbatdan o’qildi baytlar.
Oyni tutmoq tuyuldi oson,
Tog’dan yuksak ko’rindi baxtlar.

Suvga tushib oymomo aksi,


Olqishladi olovli ishqni.
Chigitkalar chiroyli raqsi,
Hayratlarga soldi oshiqni.

Qayrag’ochdan yo’nib qalamlar,


Yaproqlardan yasashdi kitob.
Sadoqatdan ichib qasamlar,
Oqibatni oqlashdi shu tob.

Hayajondan hayqirib qalblar,


To’y rejasi tuzildi bir-bir.
Ko’zlar to’qnash, tutashdi lablar,
Visol yaqin, ko’ngil besabr.

Ikki yurak chin sevgisiga,


Toshlar guvoh, giyohlar guvoh.
Dur yog’ilmish dil dengiziga,
Dengizga loy sachratmoq gunoh.
* * *
Qahhorjon: Tog’dan esgan tong sabosi taratar anbar isin,
Senda jam Layli ibosi, Shirinda yo’q bu husn.

Oshiq Farhod oynasini so’rmagin men g’aribdan,


Qirning qirmiz lolasini suymaganman g’oyibdan.

Vale ko’ksimda o’nta Qays ishqi yonar dam-badam,


Bir jonimga nechun ming qasd aylaysan, ey gulbadan?.

Gulnisa: Qasd aylamoq niyat nechun?, joningizga ey yigit,


Siz qoyani quchgan lochin, ishq konida la’l, yoqut.

Ishq oynasi ko’ksimizga nur sochsin shams misoli,


Moviy gumbaz ko’shkimizga osilsin ko’k hiloli.

Laylining chin vafosini yurakka naqsh etayin,


Sevgining sayr safosini siz uchun baxsh etayin.

Qahhorjon: Xayollarim yig’ib subhda, xushro’y surating chizdim,


Sen gul yuzing yuvgan suvga, men dardlarim oqizdim.

Dardlarimni ayta-ayta, xasta bo’ldi tovushim,


Shifo tilab, qayta-qayta suvga tutdim hovuchim.

Gulnisa: Hovuchingizga o’ralsin kokillarim tolasi,


Yolg’iz xudodan so’ralsin ishqning shirin nolasi.

Kaftingizga ushlab qoling, oqib borar yuragim,


Ko’nlingizni xushlab qoling, tinglab ezgu tilagim.
4
Ikki qishloq azal-azaldan,
Quda-anda, qarindosh urug’.
Bahs boylashar qo’shiq, g’azaldan,
Tili shirin, tilagi yorug’.
Saratonning so’lim oqshomi,
Ko’zda hayrat, dilda hayajon.
Qo’lda ishqning lolarang jomi,
Chorlar visol vodiysi tomon.

Nog’oralar nag’masi bir yon,


Bir tomonda surnay sururi.
Qahhorjonning qalbi bir ummon,
Gulnisa shu ummonning duri.

Jo’borning sho’x, erka jayroni,


Asir tushmish sevgi sehriga.
Nurga to’lib ko’ngil ayvoni,
Oshno bo’ldi oshiq she’riga.

Bulbul xushxon, to’ti to’yboshi,


Xirom aylab tovus tovlandi.
Muhabbatning madhi kuy boshi,
Shaydoi zor dillar ovlandi.

O’lan aytdi qizlar, juvonlar,


Toshrabotga kelinchak keldi.
Yashnab ketdi qir, biyobonlar,
Chaman kuldi, gulchechak keldi.
5
Yangicha kun, yangi hayot oqimi,
Qahhorga xush, Gulnisaga yoqimli.

Kelinchakning ko’nglida yo’q g’ubori,


Kundek kulib boqdi kuyov iqboli.

Qalb qushlari qanot qoqib yuksakka,


Sig’may qoldi sevinchlari yurakka.

Go’yo, turmush tashvishlari yo’q endi,


Ikki ko’ngil bir-biridan to’q endi.

Orziqqan dil orzulari bir dunyo,


Chor tarafdan chorlab turar nur, ziyo.

Qurildi bir hashamatli imorat,


Hovli to’yi o’zbegimga xush odat.

Qir bag’rida qizarganda qizg’aldoq,


Xudo berdi xushro’ygina qizaloq.
Qiz ismini atadilar Munisa,
Suluvlikda oydan ortiq o’n hissa.

Yillar yeldek esib o’tdi shoshilinch,


Kurtak yozib, gullayverar bir ilinj.

Jalil Rahmat, es-hushingni yig’ib ol,


Tangrim berar so’zni qilma hech uvol.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling