Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet34/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

M U N I S A N I NG
M U N CH O G` I

Yaratgan egam, inson ko’ngli va ruhiyati uchun zarur bo’lgan barcha ne’matlardan bahramand etganing uchun, senga qay tarzda, qay so’z bilan shukronalik aytishga ojizman. Men ham sening yo’lingda biror arzirli ish qila olamanmi?. Loaqal, o’zing hadya etgan ilhom injulari ila odamlar ko’ngil ko’shkini sal bo’lsa-da bezashga yarab qolay. Bu uchun yolg’iz o’zingdan madad so’rab qolaman.


Bismillahir Rohmanir Rohiym 13.03.2005
Munisaning munchog’i
Muqaddima
1
Soy yoqalab ikki qishloq, so’l qirg’oqda yastangan,
Ko’klamda ko’k, qishda oppoq ko’ylak kiyib yasangan.

Yuqori qishloq Jo’boru quyi qishloq Toshrabot,


Odamlar oddiy, to’pori, qo’li ochiq, ko’ngli shod.

Qir bag’rida bitta yurak, go’yo o’ng-so’l bo’lakcha,


Atrofi pur maysa, chechak, o’rtasi gul yo’lakcha.

Tabiat bor tarovatin hadya etgandek bunda,


Quyosh kulib haroratin ulashib chiqar kunda.

Oy ham kumushrang sochini yoyib, sochar nurlarni,


Qayrag’ochlar qulochini yozib, tutar durlarni.

Tog’ning yuksak qoyalari qor qo’ynida ko’shk ekan,


Na’matak, zirk soyalari soy bo’yiga ko’rk ekan.

Sohilga bosh urar suvlar, o’t, yalpizlar yastanar,


Kokil yoyib sho’x suluvlar majnuntolga maqtanar.

Chiroy ochib chuchmomalar, yashnatar qir, adirni,


Diydortalab dilnomalar sarg’aytirar sabrni.

Boychechakka boylab umid, bu ko’ngil payg’om kutar,


Ko’kda turar soqiy bulut, qirda lola jom tutar.

Maynaning mayin nag’masi allalab qo’yar ruhni,


Tongning toza, xush nafasi uyg’otar his, shukuhni.
2
Har taqdir o’z tilsimi bor,
Toshrabotda kal jinni bor.

Bolalar quvib ergashar,


Telba deb tepib tergashar.

Birovga hech bermas ozor,


Bosh-panasi ochiq mozor.

Birda kulib, birda yig’lar,


Na qirg’oq, na qirda sig’ar.
Yarmi yamoq chopon kiygan,
Tang holidan zamon kuygan.

Bir oyoqda eski etik,


Birda kovush, yirtiq, teshik.

To’rdan salla o’rab boshga,


Aql berar keksa, yoshga.

Toshni teshib kovlaydi yer,


Bunda baliq ovlayman der.

Hovlisida o’chgan o’choq,


Bisoti bir shoda munchoq.

Yoshu qari yoqa tutar,


Savob deya chaqa tutar.

Chaqani u soyga sochar,


So’ng ortiga boqmay qochar.

Kimlarningdir nomin aytib,


Kezar dashtu dala daydib.

Goh tugib ikki mushtini,


Yig’ib olar es, hushini.

Ko’zga surtib munchog’ini,


So’roqlar dil mushtog’ini.

Taqdiriga taqab aybni,


Qimirlatib qo’yar labni.

Eshitganim shu bir qissa,


Anglaydi, kim sabr qilsa.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling