Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
03.10.2006.
Qizg`ondim Ming bir azob ichra azizim sizni, Ko`klarga ishonmay, yerdan qizg`ondim. Yonoqlari yonib turgan gul yuzni, Sekin silab, o`pgan yeldan qizg`ondim. Tola sochingizga toleim boylab, Muattar bo`yini guldan qizg`ondim. Jonim jolasiga joningiz joylab, Yashirdim, bir yetim dildan qizg`ondim. Osmonga talpindim, oftob, nur deya, Bulutga ishonmay, seldan qizg`ondim. Shoirlar maqtabdi mohtob, hur deya, Men sizni o`sha so`z, she’rdan qizg`ondim. Sizni kutib Sizni kutib yashardim, Kun o`tardi osuda. Suratingiz yashirdim, Kipriklarim ostida. Sizni kutib yashardim, Telbalarcha ba’zida. Ishqingizni asradim, Bir tomchi jon mag`zida. Sizni kutib yashardim, Yashnardi ko`zga olam. Ko`hi Qofdan oshardim, Sizni quchib xayolan. Sizni kutib yashardim, Gohi kulib, goh kuyib. Yurakka dard qo`shardim, Qoq o`rtasidan o`yib. Sizni kutib yashadim, Kim bilmadi, kim bildi. Devonaga o`xshadim, Bu ne balo kun bo`ldi. Sizni kutib yashadim, Yasholmadim kutmasdan. Vido ayta boshladim, Kelmaysiz, men ketmasdan. Kam qilmasa bas Esar Bog`i Eram nasimi, Dilda ishqning iliq mavsumi, Chehralarda gul tabassumi, Xudo shundan kam qilmasa bas. Xush yoqadi visol shukuhi, Yayrasin chin oshiqlar ruhi, Muhabbatning mungi, anduhi, Kipriklarni nam qilmasa bas. Ko`ngling to`q tut, to`q bo`lsin ko`zing, Mayli, uchrab tursa kam ko`sting. O`zing suyib, suyangan do`sting, Mag`rur boshing xam qilmasa bas. Mehr tilab, nur tilab yasha, Diydor tilab, dur tilab yasha, Ko`ngil tilab, gul tilab yasha, Xudo shundan kam qilmasa bas. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling