Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
01.10.2006.
G’animat
Yigit bo’lsang, yiqilib qolma,
Tongda qatra namdan umid qil, Shohmda xira shamdan umid qil, Ko’pni ko’zlab, kamdan umid qil, Dunyoning bir kami g’animat. Fikr qilsang, fursat toparsan, Shukr qilsang, shuhrat toparsan, Gohda kulib, kulfat toparsan, Kipriklaring nami g’animat. Mayli, boshdan zar do’ppingni yech, Dunyo sirin bilolmaysan hech, Rizqing berib tursa erta-kech, Taxir taom ta’mi g’animat. Jalil Rahmat, qo’y ertagingni, Vaqt borida yig’ etagingni, Haqqa hadya et yuragingni, Oxiratning g’ami g’animat. 07.01.2007. * * *
Gulyuzning gulgun sharob quygani yaxshi,
Baland dorga osilib, qo’ling maqtama, Manzil sari shoshilib, yo’ling maqtama, O’z bahoing oshirib, yo’g’ing maqtama, Chumchuq so’ysa ham, qassob so’ygani yaxshi. Bo’lar-bo’lmas har ishga ishqing tushmasin, Urib ko’r avval tishga, tishing tushmasin, O’tkinchi har olqishga hushing uchmasin, Chumchuq so’ysa ham, qassob so’ygani yaxshi. Jalil Rahmat, joningni jabborga berma, Jilvagar xush jomingni behuda chertma, Ko’z-ko’z qilib shoningni, ko’krakni kerma, Chumchuq so’ysa ham, qassob so’ygani yaxshi. Unsizgina sasdayman Kimlar uchun guli rayhon, kimlar uchun xasdayman, Kimlar uchun taxtiravon, kimlar uchun pastdayman. Kimlar uchun har dam hushyor, kimlar uchun mastdayman, Ishq azobi ila xushhol, telba yurgan Qaysdayman. Kimlar uchun hasad cho’g’i, kim uchun havasdayman, Goh noayon boru yo’g’i, shunchaki bir kasdayman. Kimga yaxshi, kimga yomon, munozara, bahsdayman, Goh yulduz urib benarvon, goho yakkadastdayman. Jonim qushi ko’p betoqat, torgina qafasdayman, Yolg’on dunyoda bir soat, birgina nafasdayman. Hech kim, hech yerda etmas yod, unutilgan darsdayman, Jalil Rahmat cheksam faryod, unsizgina sasdayman. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling