Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
30.11.2008.
Hayrat va hasrat Taajjub va hayrat bilan, Borliqqa bir boqgim keldi. Ko’ksim to’la hasrat bilan, Oy ortidan oqgim keldi. Hayratim bor kapalakka, Gulga umr tilab o’lar. Hasratim bor, kimdir, yakka O’z og’asin tig’lab o’zar. Hayrat oshar, don tashigan Chumolining chidamiga. Hasrat oshar, bosh qashigan Qaysar odam qadamiga. Hayrat bilan tikilaman, Gulga qo’ngan bolariga. Hasrat bilan to’kilaman, Xazondek, ishq bog’lariga. Hayratim bor, toshni yorgan Giyohlarning jur’atiga. Hasratim bor, boshni yorgan Gunohlarning g’urbatiga. Hayrat oshar, ko’k maysalar Uzra qo’ngan jolalarga, Hasrat oshar, ko’paysalar, Boshdagi oq tolalarga. Hayratlanib sirlashaman, Shivirlashib yaproq bilan, Hasrat chekib birlashaman, Bir kun qaro tuproq bilan. Hayratdaman, shukr Olloh, Yayrab, bulbul dalasida. Hasratdaman, qolib goh-goh, Ola qarg’a qal’asida. Yig`lay olsang... (Buxorolik dardli xonanda Murodjon Sharopovga) Uzilgan har yaproqni ko`rib, Ezilgan gul, giyohni ko`rib, Gullayotgan gunohni ko`rib, Yig`lay olsang, Ollohga do`stsan, El alqagan bir qorako`zsan. Kapalakning qanotin silab, Bir kungina hayotin tilab, O`z qalbing ishq bayotin tinglab, Yig`lay olsang, Ollohga do`stsan, El alqagan bir qorako`zsan. Hidlab turib bir kaft tuproqni, Tinglab turib “Cho`li iroq”ni, Dil tubida tuyib titroqni, Yig`lay olsang, Ollohga do`stsan, El alqagan bir qorako`zsan. Do`st bo`lsa-yu diling og`ritsa, Yot bo`lsa-yu ko`ksing tog` etsa, Chumoliga bir ozor yetsa, Yig`lay olsang, Ollohga do`stsan, El alqagan bir qorako`zsan. Tolbeshikdan tobutgacha yo`l, Kim uchun o`ng kelar, kimga so`l, Boshing silab turganda bir qo`l, Yig`lay olsang, Ollohga do`stsan, El alqagan bir qorako`zsan. Qadamingda xudodan qo`rqib, Kunda yuz bor kalimang o`qib, Jalil Rahmat dardini uqib, Yig`lay olsang, Ollohga do`stsan, El alqagan bir qorako`zsan. Foyda uchun, manfaat uchun Chetdan qaray olsa o`ziga, Ishonmaydi, u o`z ko`ziga, Yolg`onlar ko`p gapu so`zida, Foyda uchun, manfaat uchun. Tesha urar o`ziga qarab, Qolmas birov kuniga yarab, To`ymas ilon yog`ini yalab, Foyda uchun, manfaat uchun. To`lg`onadi tunlar bezovta, Uyquda ham qulog`i ovda, Vijdon esa kuyar olovda, Foyda uchun, manfaat uchun. Ko`chasida qizg`indir bayram, Uzangida oyoq mustahkam, Kira olar ming bir tusga ham, Foyda uchun, manfaat uchun. Xudoyisi “xo`ja ko`rsin”ga, Es xayoli “ko`za to`lsin”ga, Aylangan bu dunyo tilsimga, Foyda uchun, manfaat uchun. Na sabr, na qanoat qilar, Iblis bilan ibodat qilar, Goh itga ham itoat qilar, Foyda uchun, manfaat uchun. Ber deganda “astag`firulloh”, Ol deganda “qani bismilloh”, Bir savobning izi o`n gunoh, Foyda uchun, manfaat uchun. Besh barmog`ing birin ochib qo`y, Saxovatning sirin sochib qo`y, Xudoga xush yoqmas, cho`zsang bo`y, Foyda uchun, manfaat uchun. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling