Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
15.07.2006
U M R U Y G` O Q K E CH A R Gulim boshqalarga o`xshamaymiz biz, Sevib sevilishdan to`xtamaymiz biz, Umr uyg`oq kechar uxlamaymiz biz, Sertashvish dunyoda sergak ikkimiz. Armon nima o`zi baxt nima o`zi, U – bitta uzun ip, bir igna ko`zi, Rayhon islariga qonib kunduzi, Tunda oy qoshida ertak ikkimiz. Iltijo
Bu dunyo bir sayrgoh,
Kuydir kulfat kuyasin, Cho’ktir tuhmat tuyasin, Buzib ig’vo uyasin, Tilni yolg’ondan asra. Elu yurtga fayzni ber, Haq so’z, halol lafzni ber, Qanoatli nafsni ber, Dilni shaytondan asra. Ajal o’z so’zin aytar, Kim erta, kim kech qaytar, Qish qahrli, kuz qaysar, Gulni xazondan asra. Har yilda oy o’n ikki, Charxi falak seniki, Ol, shu yurak seniki, Yerni osmondan asra. Vatan boshlanadi Daryolar shiddati boshlanar soydan, Hazrat Odam Ato yaralmish loydan, Tun bo’yi daydima, dog’ izlab oydan, Ertasi el uchun tegsin bir foydang, Vatan boshlanadi tug’ilgan joydan. Bir kaft tuproq hidlab mehrini tuygin, Bitta yaproq silab sehrini tuygin, Kuysang, ona zamin taftida kuygin, Yor-do’sting asrab qol, yov tutgan yoydan, Vatan boshlanadi tug’ilgan joydan. Terakka termulib bo’yingni teng qil, Maysaga tiz cho’kib fe’lingni keng qil, Shabnam suvini ich, qonsin bu ko’ngil, Muruvvat kutmagin begona boydan, Vatan boshlanadi tug’ilgan joydan. Mayli, tovoningga qadalsin toshi, Tillarda tillo deb atalsin toshi, Kelgan har oshnoga maqtalsin oshi, Qancha qo’nim topma karvonsaroydan, Vatan boshlanadi tug’ilgan joydan. Sanam sanamligi gul yuzi bilan, Daraxt ko’rkamligi ildizi bilan, Samolar sayqali yulduzi bilan, Toleing tilab tur, simurg’, humoydan, Vatan boshlanadi tug’ilgan joydan. Qadim gap, bog’ qilsang boqiysan do’stim, Bulbullar bazmida soqiysan do’stim, Gulni o’p, ko’ngilni sog’insang do’stim, Nur chehrang chirsillab tursin chiroydan, Vatan boshlanadi tug’ilgan joydan. Tilimizda xudo deb Tilimizda xudo deb, dilda allanimalar, Oshnolar oshini yeb, izda achchiq ginalar. Yayrab, mamnun boqmoqda shaytonchalar bolasi, Qonimizda oqmoqda ming bir nayrang, nag’malar. Saharda ko’z ochamiz, shukrmas shubha bilan, Savobdan so’z ochamiz, ko’ngil tilar ta’malar. Kezarmiz keng osmonda, yulduz urib benarvon, Umr degan ummonda cho’kib borar kemalar. Yurak xavotir, xavfda, ichda ilon to’lg’onar, Sirtimizni har hafta bezar namozjumalar Jalil Rahmat, es-hushing yig’ib ol imkon borda, Oxiratda jon qushing qilma sarosimalar. Non, kulchalar kulib tursa bas Saharda qush sayrab uyg’otar, Kunlari dasht, dalada botar, Ekkan donlari ildiz otar, Bobodehqon umidi bo’lib. Maysa unib, yomg’ir siylaydi, Mayin esgan yellar silaydi, Momolari mehr tilaydi, Ona zamin vujudi bo’lib. O’zniki o’zingga tatirkan, Tandir xushhol kulcha, patirdan, Rizq oqmoqda dala, adirdan, Elning baraka, quti bo’lib. Xirmonlari to’lib tursa bas, Ne bo’lsa ham, bo’lib tursa bas, Non, kulchalar kulib tursa bas, O’zbegimning o’z, xudi bo’lib. Ey odam
Dardli dunyo dahmazasi uch kundir,
O’t ketsa bir quchoq o’tin o’rmoning, To’zg’ib ketar bo’ronda qum qo’rg’oning, Oyatini oftob bilib, qur’onning Kitobidan adashmagin, ey odam. Ho’l qo’lingni ushlaguvchi ko’p bo’lar, Quruq qo’lni tishlaguvchi ko’p bo’lar, Muhammadning etagini o’p, bo’lar, Xitobidan adashmagin, ey odam. Til uchida tilaganing bir tiyin, Yo’qlayverib yo’qotasan kun sayin, Haq yo’lida halol xizmat xo’p qiyin, Savobidan adashmagin, ey odam. Ahli savlat chaqa ushlab Tangrim der, Jalil Rahmat yoqa ushlab Tangrim der, Kimlar butun, tag’in kimdir yarim yer, Javobidan adashmagin, ey odam. Telba dunyo teskarisan Ko’сhna dunyo borar bilmam nimaga o’xshab, Umr go’yo cho’kayotir kemaga o’xshab, Sahrodagi saf-saf karvon сhor-nochor to’xtab, Akkillagan daydi itga itoat qilsa. Tulporlari tuyoq bosmay, yarim yo’ldalar, Toshbaqalar tog’dan oshib, ildam yo’rg’alar, Bog’da “Bazmi jamshid” qurib zog’u qarg’alar, Gunohsiz bir musichadan shikoyat qilsa. Donolari dovdirasa dorning boshida, Jayronlari jovdirasa sayyod qoshida, Bu ne sinov ?, kuni qolib minnat oshiga, Xudobinlar xudbinlarga xushomad qilsa. Ko’kka ko’chib onaizor ohu nolasi, Bulut qalqib qarog’idan quyar jolasin, Tuproqqa o’z qo’li bilan qo’yib bolasin, Sho’rlik ota titray-titray tilovat qilsa. Telba dunyo teskarisan kim kelar tenging, Goh yoqangga yopishi, goh tortamiz yenging, Jalil Rahmat, shukr, garchi qirq yamoq egning, Haq qo’llar qo’l ochib quli qanoat qilsa. Ey banda kerilma Ey banda kerilma, Alloh qoshida Bilsang, chumolicha qudrating yo’qdir. Qaltirab turib, qil ko’prik boshida, Bir qadam qo’ymoqqa jur’ating yo’qdir. Shoh bo’lsang-da, yuz ming lashkarni to’plab, Qarog’ingdan oqqan ashklarni ho’plab, Ayt-chi, qay bir ishni qo’ygansan eplab, Pashshani quvmoqqa quvvating yo’qdir. Nafing tegsa, yeti mahalla hovling, Kunda yuz bor so’rab turishar holing, Qo’ldan ketar bo’lsa mansabu moling, O’z uyingda uch pul qiymating yo’qdir. Taqdir boshda qilar yarim tabassum, So’ngra o’z qadringga yig’latar yum-yum, Oyoq cho’zib, orom olmoqqa bir zum, Bu dunyoda aslo fursating yo’qdir. Ming orzuga yetib, ming bir istaysan, Qabr sari o’zni o’zing qistaysan, To’zonda to’zg’igan tungi izdaysan, Kunduz chiroq yoqsa, surating yo’qdir. Jalil Rahmat, rizqing yig’sang-da zo’rg’a, Kuning qolmasin hech, o’zicha zo’rga, Osh kelganda, bugun oshiqsang to’rga, Erta poygohda ham hurmating yo’qdir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling