Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet36/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

Gulnisaning ginasi
6
Qahhorjon kattalar ko’nglini topish, ular xizmati uchun chopish, qing’ir ishlarini yopish bilan ishonch qozonib, tuman suv xo’jaligida idorasida boshliq bo’lib oldi. U o’zi sezmagan holda o’zgara boshladi. Qahhor atrofiga o’ziga ishonchli kishilarni yig’ib, deyarli har kun bazm, tabiat qo’ynidagi ziyofatlardan bo’shamay qoldi. Ish bahonasida uyiga ham kam boradigan, duch kelgan joyga yotib qoladigan odat chiqardi. Xayol oynasida Gulnisa va jajji qizi Munisaning aksi xiralashib, ular o’rnini begona qiz-juvonlarning tiniq chehrasi, nozu ishvasi egalladi. Bu orada Gulnisa bedavo o’sma kasalligi bilan og’rib qoldi. To’g’ri, Qahhorjon uni shifoxonaga yotqizib, tez-tez davolatib turdi. Ammo...
Qahhorjonning qalbi qayroqqa aylanib ulgurgan, mehr taratishga ojiz, Gulnisa esa er mehridan bebahra edi. Qaynota, qanonasi bundan ikki-uch yil oldin ketma-ket qazo qilgan, otasi, aka va opasi esa bu tomoshalardan bexabar edilar. Chunki, Gulnisa o’z kishilariga Qahhorjonning yomonini yashirib, yaxshisini tilidan bol tomib, oshirib gapirardi.
Yoz oqshomlarining biri. Qahhorjon hovlisidagi chorbog’ida navbatdagi bazm davom etar, yetti-sakkiz nafar erkak-ayolning o’yin-kulgu, qiyqiriq-chinqirig’i Toshrabot toshlarini teshardi. Gulnisa esa ichkari uyda to’shakda beholgina yotar, kun sayin cho’kib borayotgan ko’zlarini dam xona shiftiga, dam o’ziga ma’yusgina jovdirab turgan qizalog’i Munisaga qadagan-cha, nimalarnidir xayol surar, ko’zlarida paydo bo’lgan tomchilar bir lahza kiprikka ilinib turar, so’ng za’faron yuzga dumalab tushardi. Uning tomog’idan hech narsa o’tmas, faqatgina vaqt-vaqti bilan qizalog’i yordamida bir-ikki qultum suv ichardi xolos.
Gulnisa, erining hisobchi ayol Zulfiya bilan bo’lgan ishqiy munosabati avjiga chiqib borayotganini yurak-yurakdan sezar, bu alam uning ruhini ezar, hayotdan bezdirardi. U, aynan shu chog’da Qahhorning yoniga borgisi, unga dilini yorgisi kelar, erining tungi ishrat og’ushida mast va masrur holda, o’zga ishq dunyosida kezib yurganini, endi bu uyda uning xaschalik qadri qolmaganini, bugun-erta ruhi, vujudi va hatto yodi ham qolmasligi muqarrarligini his etardi. Bu og’ir o’ylardan Gulnisaning esi og’ib, o’zini butunlay yo’qotib qo’ydi. Go’yo, u bu dunyoda yo’q edi. Bir mahal ko’ksidagi kuchli og’riqdan seskanib, o’ziga keldi. Munisasi uning jarohatli ko’ksiga bosh qo’ygan-cha, pishillab uxlardi. Og’riq zo’rayishiga chidolmagan Gulnisa, bemajol qo’llari bilan qizalog’i boshini beozorgina yonboshidagi yostiqqa olib qo’ydi. O’sma Gulnisaning ko’krak qismida paydo bo’lgan, shifokorlar aynan shu joydan jarrohlik operatsiyasini amalga oshirgan, bu kunga kelib kasallik nafaqat ko’krak qismini qoplagan, balki tomoq yo’liga ham o’ta boshlagan edi. Gulnisa, umr jomi to’lib-toshib turganini sezar, bevafo dunyo oqibatsiz odamlarga nisbatan achchiq ginasini yuragiga sig’dirolmay unsiz faryod chekar, yolg’iz Тangridan najot kutardi.

Hijron – muhabbatning mangu borligi,


Visol esa, uning xoru zorligi.

Xayol boshqa ekan, hayot, ishq boshqa,


Qaydan tushdi buncha g’am, tashvish boshga.

Sarobmidi, sarson izlab topganim,


Karbaloda karvon istab chopganim.

Yaxshi deb, yomonga sirlarim yoydim,


Toshrabotning toshloq yo’lida toydim.

Suymaganni suyib, sovurdim yilni,


Kuymaganga kuyib, qovurdim dilni.
Ishonib jilvagar his ishvasiga,
Aldandim hiylagar ishq kishvarida.

Ko’klamda za’faron gulga aylandim,


Qadr-qiymati bir pulga aylandim.

Alamlar yukini yurakka ortdim,


Quyoshga qo’l berib, zaminga botdim.

Quyosh kulib chiqar, tag’in erta tong,


Men-chi, unutilib bo’ldim, o’sha shom.
7
Gulnisa o’sha kechasi bilan uxlayolmay chiqdi.Saharga yaqin to’satdan tomog’iga nimadir tiqilib, talvasaga tushib qoldi. Holsiz qo’llari bilan atrofini paypaslab, suv qidira boshladi. Topolmagach, yonboshida yotgan qizalog’ni turtib uyg’otdi. Ammo, uyqusirab turgan Munisaga suv keltirishni so’z bilan ifoda etolmadi. Chunki, u tildan ham qolayotgan edi. Endigina yetti yoshga o’tgan ziyrak Munisa onasining fikrini ilg’ab, shosha-pisha xontaxta ustidagi idishdan piyolaga suv quyib, onasiga ichirmoqchi bo’ldi. Ammo, bolaligi, uyqusirab turgani, onasi boshini yostiqdan ko’tarib turishga jajji qo’llarining quvvati yetmagani pand berdi shekilli, piyola sirg’alib suv Gulnisaning bo’yni aralash yelkasiga oqib tushdi. U shundagina nasibasi tugaganini ich-ichdan his qilib, Munisaning bo’ynidan quchib, uning boshini jarohatli ko’ksiga bosgan-cha jim qoldi. Bu jimlik tobora mangulik qa’riga cho’kib borardi. Munisa esa bolaligiga borib, ona ko’ksiga bosh qo’ygan-cha, bemalol uxlab orom olar edi.

Taqdir meni taqir yo’lda yiqdi bolam,


Otang go’rga tiriklayin tiqdi bolam.

Sal shoshmasa, uchrab onang jasadiga,


Hali, yetib ulgurardi maqsadiga.

Bosh bolishga botgan sayin toshga tegar,


G’animlarim og’zi endi oshga tegar.

O’ttizga ham o’tmay, quruq o’tin bo’ldim,


Ajal degan ajdahoga yutum bo’ldim.

Munisginam, mungli boqib jovdiraysan,


Chora izlab chorrahada dovdiraysan.

Tomog’imga oqizolmay bir tomchi suv,


Yurakchangda uyg’ondimi vahm, g’uluv.

Tilab-tilab, topgan yolgiz tirnog’imsan,


So’nggi damda dilda so’ngan chirog’imsan.

G’aflat bosdi buvang, xolang, tog’angni ham,


Yotib qolsang, yotdir yaqin og’ayning ham.

Munisginam, mitti bir musht tengi bolam,


Umr bo’yi yetim, xomush endi bolam.

Ko’kdan nedir imlab meni yiltilladi,


Farishtalar nur to’shalgan yo’l tiladi.

Ko’kka uchib ortga boqdim, bir qayrilib,


Shaytonchalar yerda yurar qah-qah urib.

Huzur qilar, ezgulikni ezib ular,


Isqirtlikni istar, dunyo kezib ular.

Qizalog’im, yaqin yurma ularga hech,


Xudo o’zi asrab qolsin ertayu kech.


8
Qahhorjon tungi ayshu ishrat ta’sirida, choshgohga yaqin horg’in holatda uyg’ondi. Kecha kechqurungi voqealarni bir-bir eslashga harakat qilar ekan, ba’zilarini eslolmadi ham. Yonidagi to’shakda Zulya yarim yalang’och holatda yotar, qop-qora sochlari butun yostiq uzra yoyilib turardi. Qahhorjon Zulyadan nigohini uzmay ehtirosli xayollar ummoniga sho’ng’ib ketdi. “Chindanda go’zal, ertaklardagi afsonaviy malikalarga o’xshaydi”. Qahhorjon hirsini jilovlay olmay uxlab yotgan Zulyaning bilagidan ushlab o’ziga tordi-da, uning ochiq yelkasi, oppoq bo’ynidan o’pib erkalatdi. Ayni shu damda hovlining narigi burchagidagi uyda Gulnisaning vujudi allaqachonlar ruhidan ayri holda qolib ketganini xayoliga ham keltirmas edi. Qahhorjonning yuragi birdan bezovtalandi. U hovliga chiqdi-da, bog’ chetidan oqib o’tgan ariqdan qo’l-betini yuvdi. Muzdakkina soy suvi ta’sirida miyasi ochilib, fikri tiniqlashdi. Tez yurib borib, Gulnisa yotgan uy eshigini shoshilib ochdi-da, ostonada toshdek qotib qoldi. Munisa onasining ko’ksiga bosh qo’ygan-cha, bemalol uxlab yotar, Gulnisa esa saharda qizalog’ini quchgan kuyi jon bergan edi. Uning ko’zlari xonasidan chiqgudek, ochiq holda alamli boqib turardi. Qahhorjon qanchadir muddatdan so’ng o’ziga kelib, shu darajada baqirib yubordi-ki, o’z ovzidan o’zi dahshatga tushib ketdi. Go’yo, Gulnisaning jasadi ham bir qalqib tushdi. Munisa ham seskanib uyg’ondi, jasad qo’lidan bo’shalib, sabchib o’rnidan turdi. Hech narsaga tushunolmay, dam ostonada qaltirab turgan otasiga, dam ko’zlari baqraygan-cha qotib qolgan onasiga qarab qo’rqib ketdi va bor ovozi bilan chinqirib yubordi.
Chinqiriqdan chayqaldi osmon,
Tog’lar titrab, soy qalqdi shu on,
Yer tebrandi, tebrandi zamon,
Nega jimsiz, odam bolasi.

Sarosima qildi saraton,


Tortingandek xira otdi tong,
Yer betida yetildi “Shayton”,
Nega jimsiz, odam bolasi.

Bog’ingizda boshliq boyo’g’li,


O’rdangizda o’rgimchak o’g’ri,
Bu dunyoning qay ishi to’g’ri,
Nega jimsiz, odam bolasi.

Qismatimiz uzun bir qissa,


Umr qisqa, oh umr qisqa,
Qumdan qo’rg’on qurdi qumursqa,
Nega jimsiz, odam bolasi.

Xudo urgan xunuk manzara,


Maymunlarga bo’ldik masxara,
Yechim kutar ming bir masala,
Nega jimsiz, odam bolasi

Oqibat ham oqimga qarab,


Qololmaslar kuningga yarab,
Yalmog’izlar ketdi-ku yayrab,
Nega jimsiz, odam bolasi.

Qabohatning qadami ildam,


Oliftalar olisda eldan,
Farishtalar qochmoqda yerdan,
Nega jimsiz, odam bolasi.

Bunchalar sho’r ekan manglayi,


Tomchi suvga intiq tanglayi,
Sharob tutar shayton malayi,
Nega jimsiz, odam bolasi.

Dala, dashda dovdirar lola,


Najot istab, jovdirar lola,
Qonlar yutib, qovjirar lola,
Nega jimsiz odam bolasi.

Yetmish ikki tomir tortilib,


Jon halqumdan chiqdi otilib,
Qay banda so’z aytar botinib,
Nega jimsiz, odam bolasi.
* * *
Ota: Chirt uzildi yashil yaproq,
Haq oldida sabrim ko’proq.
O’zim qat-qat to’shakdaman,
Bolam o’rni qaro tuproq.

Tutun chiqar fig’onimdan,


Yotlar beka qo’rg’oningda,
O’t olmasin go’ring bolam,
Suv sepay o’z qumg’oningda.

Falak qildi zolimlikni,


Dodim buzar bor jimlikni.
Munisangga qoldirdingmi?,
Onameros yetimlikni.

Aka, opa: Tong yorishib, dilni yordi,


Dilni yorib, qonga qordi.
Tilanchiday mehr tilab,
Singlim qaro yerga bordi.

Yer ham unga ochib bag’ir,


Dedi: “Kelgin, dun bu dahr,
Yaxshilari yo’q, bori ham,
Yarmi g’arib, yarmi sag’ir”.

Sag’ir qoldik, g’arib qoldik,


Qirqqa kirmay qarib qoldik.
Sendan ajrab singiljonim,
Bir oyoqda qalqib qoldik.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling